29
4-Amaliy ish
Kabel liniyalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Mazkur qoidalar kuchlanishi 220 kV va undan past bo‗lgan kuch KL ga
taalluqlidir.
Barcha KL EQE talablarini qondirishi shart.
2. Yangi qurilayotgan KL ni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, EQTX
talablariga muvofiq sinashlar o‗tkazilishi shart.
3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan
barcha kuchlanishli KL yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik
nazoratni olib borishlari shart.
Shlang qoplamali zirxsiz kabellar yotqizilishini nazorat qilganda va
ekspluatatsiya qilishda asosiy e‘tibor Shlangning holatiga qaritilishi shart. Teshib
o‗tgan o‗zilishlari, Yorliqlari va tirnalgan joylari bo‗lgan shlanpli kabellar
ta‘mirlanishi yoki almashtirilishi shart.
4. Har bir KL, mazkur Qoidalarning 155- bandida ko‗rsatilgan xujjatlarni o‗z
ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‗lishi shart.
Ochiq yotqizilgan kabellar, shuningdek barcha kabel muftalari Yorliqlar bilan
ta‘minlangan bo‗lishi shart. Liniya boshidagi va oxiridagi kabel Yorliqlarida
liniyaning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi ko‗rsatilgan bo‗lishi,
ulash muftasi yorligida esa - mufta raqami, montaj sanasi ko‗rsatilishi shart.
Yorliqlar agrof-muxit ta‘siriga chidamli bo‗lishi shart. Yorliqlar ochiq
yotqizilgan kabellarda liniyaning o‗zunligi bo‘yicha har 50 m oraliqda, shuningdek
trassa burilishlarida va olovga chidamli tusiqlardan va yopmalardan kabellarning
o‗tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart.
5. Har bir KL uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari
belgilanishi shart. YUklamalar, eng yomon issiqlik sharoitidagi, o‗zunligi 10 m
dan kam bo‗lmagan trassa uchastkasi bo‘yicha belgilanishi kerak. Ushbu
yuklamalarni oshirishga, issiqlik sinovlari asosida, kabel tolalarining harorati
davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan XL holatdan
ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish
sharoitiga ega bo‗lgan uchastkada, tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan kabelning urniga kuchlanishi 1000 V dan
Yuqori bo‗lgan kabeldan foydalanish man etiladi.
6. Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‗lgan
shimdirilgan qog‗oz izolyatsiyali kabellarni tok bo‘yicha 30% ga, 5 sutka
maboynida, sutkada 6 soatdan ko‗p bo‗lmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq
bo‗lmagan davrda uta yuklanishiga ruxsat beriladi, agar sutkaning kolgan davrida
30
yuklama ruxsat etilganidan oshmagan bo‗lsa. 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada
bo‗lgan kabellar uchun uta yuklanish 10% gacha kamaytirilishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV bo‗lgan qog‗oz izolyatsiyali KL uta yuklanishiga ruxsat
berilmaydi.
7. Kuchlanishi 110-220 kV bo‗lgan moy tuldirilgan kabellar uchun tolalarning
haroratini 80 °S dan oshirmay uta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda o‗zluksiz
yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yigindisi esa
yilda 500 soatdan, uta yuklanishlar orasidagi tanaffus - 10 sutkadan kam
bo‗lmasdigi kerak. X,avoda o‗tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‗lgan KL uchun
tolalarini 80 °S harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan.
8. Moy tuldirilgan kuchlanishi 110 - 220 kV bo‗lgan har bir KL yoki uning
seksiyalari uchun liniyaning profiliga boglik ravishda mahalliy yuriqnomalar bilan
moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan bo‗lishi shart,
ulardan chetga chikkanda KL uchirilishi va faqatgina buzilish sabablari
aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KL uchun
kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 - 300 kPa (1-3 kgs/sm
2
)
chegarasida bo‗lishi kerak.
9. Moy tuldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan Yuqori bo‗lgan kabellardan
moy va plastmassa izolyatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuklik
sinash uchun Yangi liniya ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan sung, keyin
3 yildan sung va keyinchalik
- har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuklikning tekshirilayotgan qiymatlari
Elektr uskunalarni SNvaM talablariga mos kelishi shart.
10. Neytrali izolyatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga
bir fazali tutashuvda, xodim bu haqida zudlik bilan ta‘minlovchi podstansiya
navbatchisiga yoki elektr bilan ta‘minlovchi tashkilotning tarmoq bo‘yicha
navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‗rsatmasi bo‘yicha harakat
qilishi shart.
Generator kuchlanishi tarmoqlarida, shuningdek kuchlanishi 35 kV bo‗lgan KL
da ko‗rsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan ko‗p bo‗lmagan vaqtga ruxsat beriladi.
Alohida xollarda energiya bilan ta‘minlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6
soatgacha o‗zaytirilishi mumkin.
11. KL dagi yuklamalar Elektr uskunalarni SNvaM talab- lariga mos ravishda
belgilangan muddatlarda davriy ulchanishi shart. Ushbu o‘lchovlar asosida KL
rejimlari va ishlash sxemalari belgilanishi kerak.
12. Kuchlanishi 35 kV gacha bo‗lgan KL ni ko‗zdan kechirish quyidagi
muddatlarda o‗tkazilishi kerak:
31
yerda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari
bo‘ylab o‗tkazilgan kabel trassalari - mahalliy yuriqnoma bo‘yicha, lekin kamida 3
oyda 1 marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lgan KL ning tugallovchi muftalari —6 oyda
1 marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KL ning tugallovchi muftalari — 1
yilda 1 marta;
transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda
joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda ko‗rikdan o‗tkaziladi:
kabel quduqlari — 1 yilda 2 marta;
suv osti kabellari — mahalliy yo‗riqnomalariga mos ravishda.
Muhandis-texnik xodimlar KL tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1
marta ko‗rikdan o‗tkazilishi shart.
Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yriqnomalar
bo‘yicha ko‗rikdan o‗tkaziladi (doimiy tezkor xizmat ko‗rsatuvda oyda kamida 1
marta ko‗rik o‗tkazilishi shart). Ko‗rikda aniqlangan nosozliklar haqida ma‘lumot
nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart.
Navbatdan tashqari ko‗riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‗tkaziladi.
Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda
kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilyasiya qurilmalari ishi ustidan
nazorat tashqil qilinishi shart.
Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati
tashqi havo haroratidan 10 °S dan ortiq bo‗lmasligi shart.
13. Kuchlanishi 110-220 kV bo‗lgan KL quyidagi muddatlarda ko‗rikdan
o‗tkazilishlari shart:
yerda o‗tkazilgan kabel trassalari — 1 oyda kamida 1 marta;
kollektorlarda va tunnellarda o‗tkazilgan kabel trassalari -kamida 3 oyda 1
marta;
stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari — 3 oyda 1
marta;
moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‗lgan kushimcha moy bilan
ta‘minlovchi punktlar — kamida 1 oyda 1 marta;
kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‗lgan kabel muftalarining ko‗rigi elektr
uskunaning har bir kurigida o‗tkazilishi shart.
14. Mahalliy yuriqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong‘in
signalizatsiyasi va yonginni uchirish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish
muddatlari belgilanishi shart.
15. Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlaniishi shart.
Kabel inshootlarida o‗tkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari, va
32
kabellar yotqizilgan nometall koplamali metall konstruktsiyalar davriy ravishda
yonmaydigan korroziyaga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart.
Kabel inshootlarida biron bir materiallarni saqlash man etiladi.
Suv tushadigan kabel inshootlari er osti va yomgir suvlarini chiqarib tashlash
vositalari bilan jixozlangan bo‗lishi shart.
16. Doimiy navbatchi xodimlari bor podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar),
shaxtalar va kanallarning ko‗riklari oyda kamida bir marta o‗tkazilishi shart,
doimiy navbatchi xodimlari yo‗q podstansiyalarda bu inshootlarning ko‗riklari —
mahalliy yuriqnomalar bo‘yicha, korxonaning elektr xo‗jaligiga javobgar
belgilagan muddatlarda, o‗tkaziladi.
17. KL da metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy korroziya tufayli
buzilish xavfi tarqalganda, uni bartaraf qilish choralari kurilishi shart.
KL ning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yuriqnomalarga muvofiq kuzatish
bajarilish shart.
18. Yerda handakdarni qazish vaqtida sxemada ko‗rsatilmagan quvurlar,
noma‘lum kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni tuxtatish
va bu xaqda elektr xo‗jaligiga javobgarga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi
xandaklar va chuqurliklar va er osti inshootlarini o‗ta extiyotkorlik bilan, 0,4 m va
undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak.
19. Qishda kabellar utgan joylarida 0,4 m dan ortiq chukurlik kazish, tuproqni
qizdirish bilan o‗tkazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan
kabelgacha 0,3 m dan kam bo‗lmagan qkalinlikda tuproq qatlami saqlanishini
kuzatish zarur. Erigan tuprokni belkurak bilan olib tashlash kerak.
Lom va shunga uxshagan asboblarni qo‗llash man etiladi.
20. Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada er kovlovchi mashinalar bilan qazishni
amalga oshirish, shuningdek normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni
yumshatish uchun uruvchi bolgalardan, lomlardan va chukichlardan 0,3 m dan
ortiq chukurlikda foydalanish man qilinadi.
Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‗llashni kabellardan 5 m dan kam
bo‗lmagan masofada ruxsat beriladi.
Ishlar boshlanmasdan oldin, KL ni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning
elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellarni joylashishini va
chukurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‗tkazilishi kerak.
Portlash ishlarini o‗tkazish uchun qo‗shimcha texnik shartlar berilishi shart.
21. Kuchlanishi 20-35 kV bo‗lgan kabellarning vertikal uchastkalarida
izolyatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishini oldini olish uchun ularni
vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar o‗rnatish zarur.
Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolyatsiyaga ega bo‗lgan, yoki
gaz bilan tuldirilgan 20-35 kV kuchlanishli KL vertikal uchastkalarining
33
izolyatsiya holatini qo‗shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab
qilinmaydi.
22. Ishlashda izolyatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda
shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya
tadkikotlariga, shikastlanish sabablarini o‗rganish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha
tadbirlarni ishlab chiqish uchun, berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga
e‘tiroznoma bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan
namunalar, ekspertlar kurigi uchun, saqlaniishi shart.
23. Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo‘yicha, galereyalarda,
kanallarda joylashgan shikastlangan KL larni quydirishda, kabel inshootlaridagi
kabellarni kuzatish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan xolda olib
boriladi.
24. Kuchlanish ostidagi ekskavator va Shlang kabellarini, xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlar tomonidan rezinali qo‗lqoplarda va etiklarda, yoki dielektrik dastakli
tutkichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi.
Bu xolda, kuchlanishi 10 kV gacha bo‗lgan tarmoqlar, shikastlangan KL ni bir
fazali yerga tutatish holatida uchirib quyuvchi himoya bilan jixozlangan bo‗lishlari
shart.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |