46
7-Amaliy ish
O‗ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda
texnik talablar va havfsizlik
1. Ushbu Qoidalar iste‘molchilarga tegishli bo‗lgan 220 kV va undan past
kuchlanishli o‗zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‗ta kuchlanishlardan x,imoya
qiluvchi barcha qurilmalarga taalluklidir.
Himoya qurilmalari amaldagi EKTK va o‗ta kuchlanishdan himoya qilish
bo‘yicha rax,bariy xujjatlar talablarini kondirishi shart.
2. Iste‘molchilarning binolari va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib
chikib tegishli yashindan himoya qiluvchi qurilmalar bilan ta‘minlanadilar.
Yashinning to‗g‗ridan-to‗g‗ri urishidan himoya o‗zakli yoki trosli yashin
qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‗lishi mumkin.
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek yerga ulangan metall tom
va metalldan bo‗lmagan tomga taShlangan metall tur ham kiradi.
3. Alohida o‗rnatilgan yashin qaytargichlar yoki ularni ushlab turuvchi
konstruktsiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar,
ushbu yashin qaytargichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‗lishi shart.
Rekonstruktsiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini
aniqlashtirish zarur.
4. OTQkonstruktsiyalariga, alohida turgan o‗zakli yashin qaytargichlarga,
projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha
kuchlanishli XL simlarini (yorituvchi, telefon va sh.u.) osish va ushbu liniyalarni
mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi.
Ko‗rsatilgan liniyalar - kabel liniyalari bo‗lishi shart.
5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma‘lumotlar saqlanishi shart:
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‗rnatilishi haqida
(razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek
quvurli (naysimon) razryadlagichdan liniya ajratgichlarigacha va ventilli
razryadlagichlargacha bo‗lgan masofalar haqida;
yashindan himoya qilish vositalari o‗rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining,
shu jumladan troslarning qarshiligi haqida;
elektr uzatish liniyalarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuprokning
qarshiligi haqida;
elektr uzatish liniyalarining boshqa elektr uzatish, aloka va avtoblokirovka
liniyalari bilan kesishishi, XL dan shoxobchalanishlar, liniyadagi kabel
uchastkalari va boshqa izolyatsiyasi zaif bo‗lgan joylar haqida.
6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‗lishi
shart. OTK, da kishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar
47
bo‗ladigan, mo‗zlaydigan, harorat keskin o‗zgaradigan va intensiv ifloslanadigan
tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun muljallangan ventilli
zaryadsizlagichlarni uchirib kuyishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi
ventilli razryadlagichlarni uchirib quyish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod
bilan kelishiladi.
Barcha kuchlanishni XL da quvurli razryadlagichlarning va himoya
oraliqlarining uchkun oraliqlarini qishki davrda o‗zaytirmasdan qoldirishga ijozat
beriladi.
7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SNvaMga
muvofiq sinashlari o‗tkaziladi.
8. Podstansiyalarda o‗ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda
ko‗rikdan o‗tkazilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor qurilmalarda — navbatdagi ko‗rik vaqtida,
shuningdek chiqib ketuvchi XL ning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib
chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin;
doimiy navbatchi xodimlari yo‗q qurilmalarda — barcha uskunalarni ko‗rikdan
o‗tkazishda.
9. XL da o‗rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‗riklari
yyerdan turib ko‗rik o‗tkazuvchi tomonidan quyidagi xollarda o‗tkaziladi:
XL ni har bir navbatdagi ko‗rikdan o‗tkazishda;
Momaqaldiroqdan keyin XL uchganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar
izolyatsiya bo‗zilishiga (yerga tutashishga) shubha bo‗lsa.
10. Podstansiyaga kirishda o‗rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi
xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek podstansiya
joylashgan xududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish liniyasi uchastkalarida
sodir bo‗lgan momaqaldyroqdan keyin, ko‗rikdan o‗tkazadi.
11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan HL
ning temir beton tayanchlariga o‗rnatilgan izolyatorlar ilgaklarini va shtirlarini,
shuningdek ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida
(elektr xo‗jaligiga javobgar hohishiga kura) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‗lgan
taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi.
12. Yoy sundiruvchi reaktorlar bilan yerga to‗tashishning sig‗im tokini
kompensatsiyalash, sig‗im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‗llaniladi:
Tarmoqning nominal
kuchlanishi, kV
6
10 15-20 35
Yerga to‗tashuvning sigim
toki, A
30
20
15
10
48
Tarmoq kuchlanishi 6-35 kV bo‗lgan XJI dagi temir-beton va metall
tayanchlarda, yerga to‗tashishning sig‗im toki 10 A dan Yuqori bo‗lganda yoy
sundiruvchi apparatlar qo‗llaniladi.
Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‗im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni
avtomatik yoki qo‗l bilan rostlovchi yerga ulovchi yoy sundiruvchi reaktorlar
qo‗llanilishi kerak.
Sigim toklarini, yoy sundiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va
neytral siljishi kuchlanishlarini ulchashlar, yoy sundiruvchi reaktorlarni
ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‗zgarganda, lekin
kamida 6 yilda 1 marta o‗tkazilishi kerak.
13. Sigim tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish
nosimmetriyaliligi faza kuchlanishining 0,75% dan ortmasligi shart.
Tarmoqda yerga tutashish bo‗lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza
kuchlanishidan 15% dan Yuqori bo‗lmasligiga o‗zoq muddat, 30 % dan Yuqori
bo‗lmasligiga-1 soat davomida ruxsat beriladi.
Kuchlanish nosimmetriyaliligini pasaytirish va neytralni
ko‗rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sigimini rostlash bilan
amalga oshiriladi (faza simlarini o‗zaro joylashishini o‗zgartirish, shuningdek
liniyalar fazalari orasida Yuqori chastotali aloka kondensatorlarini taqsimlash
bilan).
Tarmoqqa
Yuqori
chastotali
aloka
kondensatorlari
va
aylanuvchi
mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan
fazalar sig‗imlarining nosimmetriyasiga yul quyilishi mumkinligi tekshirilishi
shart.
Neytralda ko‗rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi
mumkin bo‗lgan elektr o‗zatuvchi havo va kabel liniyalarini fazalar bo‘yicha ulash
va uchirish man qilinadi.
14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‗lsa, yoy sundiruvchi apparatlarni
uchirib quyishga ijozat berilmaydi.
15. Sig‗im
tokini
kompensatsiyasi
bilan
ishlayotgan
tarmoqdan
ta‘minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste‘molchi
tarmog‗i sxemasidagi o‗zgarishlar haqida, yoy sundiruvchi reaktorlarni qayta
qurish (sozlash) uchun, o‗z vaqtida ogoxlantirishi shart.
16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishla- tilmayotgan past
(o‗rta) kuchlanish cho‗lg‗amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‗ta
kuchlanishdan himoya qilingan bo‗lishi shart.
17. Har yili, momaqaldirok mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish
sxemalarini, ularning qurilmalarida va elektr zanji- ri sxemalaridagi bo‗lib utgan
yoki bo‗ladigan o‗zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish
49
vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun, tekshirish
zarur.
18. Kuchlanishi 110-220 kV bo‗lgan podstansiyalarda neytralni o‗zidan-o‗zi
siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarni oldini olish uchun, tezkor
harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari bo‗lgan
yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash
bilan boshlanishi kerak.
19.
Kuchlanishi 110-220kV bo‗lgan tarmoqdarda, transformatorlarning 110-
220 kV kuchlanishli chulgamlari neytralini yyerdan ajratish, shuningdek releli
himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki,
bunda turli tezkor va avtomatik uchirishlarda neytrallari yerga ulangan
transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib kolmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |