24
2-Amaliy ish
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uzatish havo liniyalarini
ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va xavfsizlik
1. XL trassasi davriy ravishda novdalar va daraxtlardan tozalanib turishi va
yonginga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.
Simlarga bevosita yaqin usayotgan daraxtlarlarning kesilishini XL ni
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi.
Daraxt shoxlarini XL simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
2.
XL ni ekspluatatsiya qilish, uning ishonchli ishlashini ta‘minlashga
qaratilgan texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashlarni (kapital va joriy) ko‗zda
tutadi. Texnik xizmat ko‗rsatishda, XL ni ko‗rikdan o‗tkazishlar, profilaktik
tekshiruvlar va o»lchovlar o‗tkazilishi, kichik shikastlanishlar va nosozliklar
bartaraf qilinishi va boshqalar kerak.
3. XL ni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari ko‗rikdan
o‗tkazishlar amalga oshiriladi. Davriy ko‗riklar ish jadvalini elektr xo‗jaligiga
javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Ko‗riklar kamida 6 oyda 1 marta, odatda bahor va kuz oylarida o‗tkazilishi
kerak.
Yuqorida ko‗rikdan o‗tkazish zarurat bo‘yicha o‗tkaziladi.
XL ni navbatdan tashqari ko‗rikdan o‗tkazshpni, daryolarda muz ko‗chish va
suv toshish davrida, trassa zonasida yongin bo‗lganda, kuchli bo‗ronlar, dovullar,
sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar yuz berganda o‗tkaziladi.
4. Liniyalar va kirishlarni ko‗rikdan o‗tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish
zarur:
izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga,
simlar tolalarini
uzilganligiga va eriganligiga, boglamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga;
tayanchlarning holatiga va ularning liniya bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga ogishiga,
bandajlarning va yerga ulash qurilmalari- ning butunligiga;
birkmalarinig XL holatiga, unda yerdan turib irgitib taShlangan simlar
mavjudligiga va simlarni
daraxt shoxlariga tegishiga; kirish shoxobchalarining va
saqlagichlarning holatiga; tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga;
trassaning holatiga.
Ko‗rikdan o‗tkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni,
bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va
boshqalarni o‗tkazish zarur.
Avariya harakteridagi shikastlanishlarni va nosozliklarni
darhol bartaraf qilish
shart.
25
5. XL ga xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish
maqsadida, muxandis-texnik xodimlar (bundan keyin - MTX,) XL trassasi
elementlari
holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash
uchun yilda 1 marta, tanlab, nazorat ko‗riklarini o‗tkazishlari shart.
6. XL da elektr uskunalarini SKraM da ko‗zda tutilgan hajmlarda va
mudsatlarda profilaktik tekshiruvlar, o»lchovlar va sinovlar o‗tkazilishi shart.
7. Tayanch bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‗lgan
ruxlangan
yumshoq simlardan qilinishi lozim.
Diametri 5-6 mm bo‗lgan ruxlanmagan simlarni qo‗llashga, agar ular asfalt laki
bilan qoplangan bo‗lsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‗rsatmalar bo‗lmaganda
bandaj o‗ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm
bo‗lganda -12; sim diametri 5 mm bo‗lganda - 10; sim diametri 6 mm bo‗lganda -
8.
8. XL ni ko‗rikdan o‗tkazishda, profilaktik tekshirishlarda va o‗lchashlarda
aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va
harakteriga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat
ko‗rsatishda yoki XL ni kapital ta‘mirlashda bartaraf etiladi.
9. XL ni kapital ta‘mirlash, uning konstruktsiyasiga,
elementlarining texnik
holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosferaning va
tuproq suvlarining emiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6
yilda kamida 1 marta o‗tkaziladi. I va P shamol va muzlash xududlarida 0,4 kV
kuchlanishli XL tayanchlarining ta‘mirlash davriyligini 9
yilgacha uzaytirishga
ruxsat beriladi.
10. Texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarini
bir vaqtning o‗zida bajarish bilan, XL uchirish muddatini iloji boricha qisqartirib,
kompleks usulda amalga oshiriladi.
11. Avariyaviy shikastlanishni o‗z vaqtida bartaraf qilish maqsadida XL ni
ekspluatatsiya qiluvchi korxona, belgilangan me‘yorlarga ko‗ra materiallar va
detallarning avariyaviy zahirasiga ega bo‗lishi shart.