RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI VA ELEKTRON
TIJORAT – O’ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING GAROVI
Ollomova R.E. – TDIU magistranti
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarador texnologiyalar, shu jumladan, elektron tijorat va elektron biznes
hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham, davlat va
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, respublikamiz rahbariyati bir
qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi
prezidenti 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi
Oliy Majlisga Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning
rivojlanishi bo’yicha o’z fikrlarini aytib o’tdi. Undan tashqari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek, respublikamizda raqamli
iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish uchun zamonaviy axborot
texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot
havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31-avgustda raqamli
iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu
tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar O’zbekistonda
713
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb
ko’rsatilgan:
-
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar
aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting,
emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding
(jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va
rivojlantirish.
-
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida
amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash
1
.
Ushbu
maqolada
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
texnologiyalari va elektron tijoratning rivojlantirishning ba’zi bir yo’nalishlari
mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi.
Globallashuvning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob
insoniyat hayotini shuningdek, iqtisodiyotni ham shiddat bilan o‘zgartirib, keng
imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv
davrini boshlab berdi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va
amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel
Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va
madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli
iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar
tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi
raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial
iqtisodiyot” (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “megaiqtisodiyot”
(V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I.Niniluto),
“texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot” (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil – bu iqtisodiy
jarayonlarning globallashuv jarayonida raqamli axborot texnologiyalarining birlamchi
o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun
ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi
hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi.
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish
ob’ekti, axborotlashgan jamiyatjarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi
o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot
bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan. Umuman olganda,
raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta
hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar,
texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish
samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi
ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili hisoblangan faoliyatdir.
Iqtisodiy munosabatlarning axborot texnologiyalari bilan hamohangligi o’z
navbatida, elektron tijoratning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Elektron tijoratga
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni.
714
turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan bo’lib, umumiy holda olib qaraganda, elektron
tijorat – bu tovar va xizmatlar almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va internet
orqali amalga oshirishdir. “Elektron tijorat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 3-moddasida “elektron tijorat” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi:
“Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga
oshiriladigan tovarlar(ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir”
1
. Elektron
tijoratning elektron axborot almashinuvi(EDI), elektron kapital harakati(EFS), elektron
savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, elektron sug’urta
xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish mumkin. Ular jahon bozoriga
chiqish imkoniyatlarini oshirishga, iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga, kichik
va o’rta biznesni rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va xizmatlar hajmini oshirishga,
milliy bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Electron savdoni
amalga oshirish uchun savdo maydonchasi va maxsus vitrinalar talab etilmaydi, ko’p
sonli ishchilar kun bo’yi ofisda o’tirishi shart emas, barcha xizmatlar faqatgina sayt
orqali amalga oshirilib, xatto reklama ham Internet marketing bo’yicha yo’lga
qo’yiladi. Bu esa, narxlarning an’anaviy do’kanlarga nisbatan past bo’lishiga va servis
sifatining ko’tarilishiga olib keladi. Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez
amalga oshiriladi, sutkada 24 soat, haftada 7 kun va yiliga 365 kun to’xtovsiz va
tinimsiz xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud, kataloglar orqali zarur narsani
osonlik bilan topish va analoglari bilan solishtirish mumkin.
Hozirgi davrda barcha rivojlangan mamlakatlarda tezkor sur’atlar bilan
rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning asosiy qo’llanilish sohalaridan biri –elektron
tijorat, elektron biznes hamda blokcheyn va kriptovalyutalar bilan amalga
oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar bo’lib, ularda faol va ishning ko’zini
bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning ma’no-mohiyatini bilish juda muhimdir.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, elektron tijorat tizimlari, blokcheyn va
kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi – ularning tuzilmasi
tarqoq (markazlashmagan) xoldaligidir. Bunday tizimlarda biror bir yagona markaz
yoki bank mavjud emas va barcha ishtirokchilar tarmoq P2P (peer-to-peer)
ko’rinishidigagi pirring arxitekturasi asosida ishlaydi. Ya`ni, bunday tarmoq bir
huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan iboratdir. Blokcheyn va kriptovalyutaning
har bir mijoz dasturi, o’z navbatida, o’z-o’zini ta`minlovchi tuzilmadan iborat bo’lib,
ular global kriptovalyuta tarmog’iga ulanadilar va sutkasiga 24 soat mobaynida
batamom avtomatik ravishda ishlaydilar. Umumjahon tendensiyalari va tashqi
siyosatda ro‘y berayotgan hodisalardan kelib chiqib, O‘zbekiston oldida global
raqobatbardoshlik va milliy havfsizlik masalasi turibdi va ushbu masalani hal qilishda
mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim va hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat
bilan ishlamoqda. Hozirgi kunda, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy
ravishda raqamli vositalarga o‘tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish,
davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o‘tkazilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini va elektron tijoratni rivojlantirish
O‘zbekiston uchun uning dunyo maydonidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan
1
O‘zbekiston Respublikasi “Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonuni, 2015-yil 22-may.
715
muhim strategik ahamiyatga molik masala hisoblanadi. Shuni ham tan olish kerakki,
O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda -birinchi
navbatda, texnologik ortda qolishdan qutulishdir. Hozirda esa mamlakatimizda zarur
miqdordagi iqtisodiyot subyektlari yo‘qligi tufayli yetuk raqamli iqtisodiyotni o’z -
o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga
yo‘naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish
bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir qancha
muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi
kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratni rivojlantirish uchun
zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani, ya’ni
internetning global tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni
cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida
biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat
ko’rsatishning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari,
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Bu esa
raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga
bog’liq. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi
yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq:
- telekommunikatsiyalar va dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari
texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori
tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo’jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy
etish;
- raqamli texnologiyalar bilan ishlovchi kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish
va bu yo’nalishlar bo’yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik
xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga
to’liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o’qitish,
- raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va o’quv
jarayonlarida keng qo’llash, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o’zlashtirish uchun
mutaxassislar malakasini doimiy oshirib borish;
- iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni keng qo’llash va bu sohada xalqaro
hamkorlikni kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotni raqamlashtirish.
Elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, elektron tijoratnining to’lov operatsiyalari sohasidagi
qonunchilikni yanada takomillashtirish, elektron tijorat sektorini tavsiflovchi
indikatorlarni shakllantirish, axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish tartibini
ishlab chiqish, elektron tijorat qatnashchilarining mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarini
kamaytirish bo’yicha qonunchilikni takomillashtirish, elektron tijoratda eksport
bitimlarini hisobga olish tizimini ishlab chiqish, elektron tijorat doirasida xalqaro
pochta jo’natmalarini bojxonada rasmiylashtirishni tartibga solish va boshqa masalarni
hal etilishi jarayonida O’zbekistonda elektron tijoratning yanada keng qo’llanilishiga
imkoniyatlar yaratilmoqda.
716
Do'stlaringiz bilan baham: |