491
Ushbu qaror ijrosini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berish sug’urta sohasini
raqamlashtirishda muhim qadamlardan biri bo’lib xizmat qilishi mumkin:
- davlat dasturlari doirasida alohida eʼtibor qaratilayotgan hududlarda sugʼur-
taning innovatsion-smart xizmatlarini joriy etish;
- majburiy sugʼurta polislari boʼyicha “E-polis” tizimini sugʼurta bozorida
birinchilardan boʼlib amaliyotga joriy etish;
- sugʼurta kompaniyalarida onlayn toʼlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega
boʼlgan internet-magazindan foydalanish, sugʼurta xizmatlarini umumjahon internet
tarmogʼi orqali sotishni rivojlantirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda virtual ofislar va
sugʼurta xizmatlarini koʼrsatishning yangi kanallarini yaratish.
Sug’urta faoliyatini raqamlashtir natijasida sug’urta faoliyatining samaradorligi
va rentabelligi ortadi, sug’urta munosabtlarining ijtimoiylashuvi ro’y beradi, yangi
sug’urta turlari va mahsulotlari paydo bo’lishiga erishishimiz mumkin.
Yaqinda Moliya vazirligining maʼlumotlariga binoan 2020 yilning uchinchi
choragi yakunlariga koʼra Gross Insurance sugʼurta kompaniyasi Oʼzbekiston sugʼurta
bozorida birinchi raqamli kompaniya deb eʼtirof etildi. Bu natijaning asosiy va muhim
sabablaridan biri shuki, Gross Insurance sugʼurta kompaniyasida Gross Mobile mobil
ilovasi ishlab chiqilgan bo’lib, uning yordamida ilova foydalanuvchilari avtomobilni,
o’z mol-mulkini, salomatligini yoki sayohatini onlayn tartibda sug’urta qilishi
mumkinligi, shuningdek, ilova sug’urta hodisasi yuz berganligi haqida onlayn-arizani
ro’yxatdan o’tkazishi va topshirish imkoniga egaligi, bu esa ofisga tashrif buyurmagan
holda sug’urta tovonini olish imkonini berishidir. Bundan tashqari ilovadan
foydalanuvchilar 2% dan 10% gacha cashback oladilar1. Aynan raqamli
texnologiyalardan keng foydalanish, faoliyatga ularni chuqur tatbiq etish Gross
Insurancening bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida e’tirof etilishi mumkin bo’lgan
muvaffaqiyatlaridan biridir.
2020-yil mamlakatimizda “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili” deb nom nomlanishi ham sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etishning
muhim bosqichiga yetib kelganimizdan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Oʼzbekistonda sugʼurta bozorini rivojlantirish
masalasi hali toʼla hal etilmagan sharoitida tizimga raqamli texnologiyalarning keng
koʼlamli va samarali joriy etilishi rivojlanishning yangi sifat bosqichiga oʼtish
imkonini beradi. Istiqbolda internet-sugʼurtalash tizimining huquqiy asoslarini yaratish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: