holatlariga bog‘liq ravishda turlicha tuziladi, shu sababli ularni
qanday tuzish lozimligi haqida,
darslikning tegishli joylarida ko‘rsatib o‘tiladi.
4.
Noma’lumlarni aniqlash, masalaning echimini tekshirish
.
Masalalarni
yechishda,
jismlarning va ularga qo‘yilgan kuchlar sistemasining chizmasini sifatli chizilishi katta ahamiyatga
ega. Yaxshi chizilgan chizma muvozanat tenglamalarini tuzishda sodir bo‘ladigan xatoliklarni
kamayishiga va yechimni to‘g‘ri yo‘ldan borishligiga katta yordam beradi.
Barcha hisoblash ishlarini algebraik tenglamalar orqali olib borishlik tavsiya etiladi. Umumiy
holda olib borilgan hisoblar, keyinchalik tenglamalarda yo‘l qo‘yilgan
xatolarni tezda aniqlash
uchun katta yordam beradi (
tenglamalardagi qiymatlar bir xil o‘lchovli bo‘lishlari shart
).
Kuchlarning son qiymatlarini faqat masalani yechib bo‘lgandan keyingina qo‘yishlik tavsiya etiladi.
Ushbu ma’ruzada faqat kesishuvchi kuchlar qo‘yilgan jismlarning muvozanatiga oid
masalalarni ko‘ramiz. Ularni yechish uchun geometrik yoki analitik usuldan foydalanamiz.
Geometrik usul
.
Jismga ta’sir etayotgan (
berilgan yoki noma’lum
) kuchlar soni uchtadan
oshmasa, faqat geometrik usul qo‘llanilishi tavsiya etiladi. U holda jismga ta’sir
etayotgan uchta
kuchdan iborat ko‘pburchak yopiq holda bo‘lib, kuch uchburchagini tashkil etadi. Kuch
uchburchagini qurishni, qiymati va yo‘nalishi ma’lum bo‘lgan kuchdan boshlanadi. So‘ngra hosil
bo‘lgan kuch uchburchagidan noma’lum qiymatlarning yo‘nalishlari va modullari aniqlanadi.
Analitik usul.
Analitik usulni qo‘llashda jismga ta’sir etayotgan
kuchlarning soni ixtiyoriy
bo‘lishi mumkin. Avvalo tegishli yo‘nalishda koordinata o‘qlarini yo‘naltirish lozim. Agar jismga
qo‘yilgan kuchlar bir tekislikda joylashgan kesishuvchi kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat
tenglamalar sistemasi ikkita, agar jismga qo‘yilgan kuchlar fazoda
joylashgan kesishuvchi
kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat tenglamalar sistemasi uchta tenglamalardan iborat bo‘ladi.
Koordinata o‘qlarini yo‘naltirishning optimal yo‘llaridan foydalanish lozim, buning uchun
o‘qlarning yo‘nalishini
shunday tanlash lozimki, noma’lumlar iloji boricha faqat bitta o‘qqagina
proeksiyalansa, tenglamalarni yyechish qulayroq kechadi.
Masala.
Og‘irligi P=200 N bo‘lgan fonar, AC va BC troslarga osib qo‘yilgan. Troslarning
gorizont bilan hosil qilgan burchaklari α =5
o
bo‘lsa, troslarning taranglik kuchlari aniqlansin
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: