chisi uyda qolsa, farosatli ota-ona
bunday qulay imkoniyat-
dan darhol foydalanadi, unga bor e’tiborini qaratadi.
Bitta oilada turli xulq-atvorli farzandlar o‘sgani kabi o‘z
e’tiyojlarini qondirish yo‘lida boshqalardan talab qiladigan va
talab qilmaydigan farzandlar bo'ladi. Bunda faqatgina talab
qiladiganlariga e’tibor berish katta xatodir. Barcha bolaning
ehtiyojlari u talab qilsa ham, talab qilmasa ham bir xil. Eng
nozik joyi shundaki, farzandlar orasida tug‘ilgani, ya’ni
o‘rtancha farzandlar passiv va e’tibomi ko‘p qilavermaydi.
Ota-onalar to‘ng‘ich va kenja farzandlariga talabchan bo‘l-
ganliklari bois ulami
doimo nazoratda ushlab turadi, lekin
o'rtancha farzandlariga u qachonki katta muammolar keltirib
chiqarmaguncha e’tibor bermaydilar. Ota-ona kutilmagan
vaziyatlardan unumli foydalana olishi lozim. Masalan, far-
zandlaringiz hovlida o‘ynab yurgan paytida, nima uchundir
ulardan biri uyda qoladi. Mana, sizda zo‘r imkoniyat tug‘ildi.
Zudlik
bilan uni gapga tortib, oz bo‘lsada unga e’tibor
bering! Mayli, bu lahzalar bir-ikki daqiqa davom etsin, lekin
shuning o‘zi ham farzand qalbidagi hissiy bo‘shliqni to‘ldira
olish qudratiga ega. Farzandingiz o‘ziga qaratilgan e’tiborga
mamnun bo'ladi. Bunday daqiqalar.. o‘z samarasini beradi.
Ular farzandga quvonch mehr olib keladi, uning muammo-
larini kamaytiradi.
Farzand ulg‘aygan sari unga qaratilgan e’tibor uchun
ajratilgan vaqt uzaytirilishi lozim. Sababi farzand o‘sish
jarayonida sizga o‘z qalbini hadeb ochavermaydi.
Katta
yoshdagi bolalar o‘zlarini qiynayotgan muammolami siz
bilan birgalikda hal qilishi, ko'ngligi yozishi, o‘zini erkin
sezishi uchun ko‘proq fursat kerak bo‘ladi. Agar siz bolaga
kichik yoshidan boshlab ozgina bo‘lsada vaqt bersangiz, u
283
kattayganda ham siz bilan o‘zini
qiynayotgan masala haqida
bemalol gaplasha oladi, sizga qalbini osongina ochib beradi.
Ota-onasi tomonidan tuzukroq diqqat^e’tibor berilmagan
farzand ulg‘aygan chog‘ida qanday qilib ularga ko‘nglini
ocha oladi?! Bu yerda eng qimmatbaho narsa — farzand
ishonchi garovga qo‘yilmoqda. Farzand tarbiyasi, albatta,
Sizdan ko‘p vaqtni talab qiladi. Hamma gap shu kerakli
vaqtni topa bilishda.
Hayotimda uchragan odamlaming ko‘pchiligi shunday
bebaho damlami topish haqida o'zlarining sirlarini men bilan
ovrtbqlashganlar. Bir mashhur
yozuvchidan eshitganlarim
hamon esimda. U farzandlari uchun ajratilgan kunlami
taqyi&idan alohida belgilab qo‘yib, shu kungi uchrashuvlar
hamda xushmuomalalik bilan rad javobini berar ekan.
Demak, oilada farzand bilan band bo'lish ahamiyatli ish
bo'lishi shart.
Yozuvchining yana bir ishi menga juda ma’qul bo‘lgandi.
U oilaning har bir oilasi uchun shaxsiy bayroqcha o‘ylab
topgan bo'lib, ularda oila a’zolarining ismlari yozilgan ekan.
Qoidaga ko‘ra, bayroqcha sovg'a qilinarkan. Oilaviy xursand-
chilik kunlarida, tug‘ilgan
kunlarda, sayohatdan uyga qaytil-
ganda, institutga o‘qishga qabul qilinganda bayroqcha tan-
tana sababchisi sharafiga uy oldidagi tepalikda ko'tarib
qo‘yilarkan. Mana, Sizga farzandga qaratilgan e’tiboming
ibratli shakli!
Do'stlaringiz bilan baham: