Bunga esa pedagog ota-onalarga o‘z fikrini bildira olish
imkoniyatini yaratib berganda, o‘z fikrini zo‘rlab o‘tkazmay,
ularda
olg‘a surilayotgan tavsiyanomalaiga nisbatan ichki
rozilikni hosil qilishga manfaatlami hisobga olib asoslay
olgandagina erishadi.
Ota-onalaming
shakllanib, kamol topib borayotgan
shaxsga ko'rsatadigan ta’sir kuchi juda katta. Ulaming bo
laga ta’sir etishining asosi ulaming bolaga nisbatan beg‘a-
raz muhabbati, uning haqida talabchanlik bilan qo‘shib olib
boradigan g‘amxo‘rligidir. Muhabbat har qanday yaxshilik,
mehribonlik va yorqinlikning ijodkoridir.
Hamma gap ota-onalik mehrining namoyon bo‘lish
darajasini his etishda, uni talabchanlik va bola shaxsini
hurmat qilishi bilan qo‘shib olib borishdadir.
Bola bu muhabbat va g‘amxo‘riikka
ota-onalarga
nisbatan katta mehribonlik hamda muhabbat, ulaming us-
tunligi va obro'yini tan olish, ular yo'lidan borishiga, har
narsada ularga taqlid qilishga intilish bilan javob beradi.
Oilada ta’sirining kuchi bolaning tarbiyaviy sirlarga moyil-
ligi, taqlidchanligi bilan belgilanadi.
Ayniqsa, kichik yoshli bolalami
tarbiyalashda oilaning
roli kattadir. Bolalar ota-ona rahbariigida tevarak-atrof,
hayot to‘g‘risidagi dastlabki tasawurlami egallab oladilar.
Oila bolani tarbiyasiga ta’sir etadi, uni tevarak-atrof-
dagi hayotga qo‘shadi.
Bolani yoshligidan boshlab oilaviy odob-axloq qoidala-
riga
odatlantirish, yaxshi
xulq-atvorli bo‘lishga o ‘rgatish
ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Ular
bolalarda
yoshligidan boshlab
kishilarga mehr-muhabbatli, izzat-hur-
matda bo'lish, insonning qadriga yetish va hurmat qilish
kabi ijobiy xislatlami tarbiyalab borishlari zarur.
251
Oqil ota-onalar oilada farzand dunyoga kelishi bilan
uni taibiyasini buvisi, buvasi yoki jamoat tarbya muassa-
salarga topshirmay, bu mas’uliyatli vazifa bilan o‘zlari jid-
diy shug‘ullanadilar. 0 ‘z farzandlarini o‘zi
yashab tuigan
jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashga intiladilar.
0 ‘zbek oilalarida bolalami jamiyatning munosib far-
zandlari qilib taibiyalash bo'yicha ijobiy tajribalar to‘plan-
gan. Lekin kichkintoylar taibiyasida jiddiy xatolaiga yo‘l
qo'yadigan oilalar ham uchraydi. Bu esa bolalaming kel-
gusidagi kamolotiga salbiy ta’sir etadi va ulami qayta tar-
biyalashdek murakkb muammolami keltirib chiqaradi. Bun-
day xatolaming asosiy sababi ota-onalarda pedagogik mada-
niyatning yetarli darajada bo‘lmasligi. 0 ‘z bolasini
yaxshi
kishi, yetuk inson qilib taibiyalash istagini o‘zi yetarli emas.
Buni uddalay bilish kerak.
Ota-onalar; «Bolalami
tarbiyalash - hayotimizning
muhim sohasi... To‘g‘ri tarbiya — bizning baxtli kelajagimiz,
yomon tarbiya bizning kelajakdagi qayg‘u - xasratimiz, ko‘z
yoshlarimiz boshqa kishilar oldidagi, butun mamlakat oldi-
dagi aybimizdir», degan fikrlami
tushunishlari kerak, -
degan edi atoqli pedagoglardan biri. 0 ‘z
bolasini tarbiya-
lashni shaxsiy ish deb bo‘lmaydi, balki bu jamiyat oldidagi
fuqarolik burchini bajarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: