Oila pedagogikasi


Maktabgacha ta’lim maassasasining oila bilan



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Maktabgacha ta’lim maassasasining oila bilan
hamkorlik ish shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila 
bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
-
bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalik- 
ni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida
256


amalga oshirilayotgan ishlaming mazmuni bilan tanishtirib 
borish;
- ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun dav- 
lat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
- ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo'lgan bilim, 
malakalardan xabardor qilish (bolalaming yosh, anatomik- 
fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ulami oilada tarbiyalashning 
mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
- bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri 
tarbiyalashni nazorat qilib borish, 
oila tarbiyasining eng 
yaxshi namunalarini o'rganish va ommalashtirish.
Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlami oila 
sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilat­
lami esa bolalar bog‘chasida qo‘llansa istalgan ijobiy nati- 
jalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy 
ishlami ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va 
shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal 
etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim.
Yuqoridagi ishlami rejalashtirish, tashkil etish va ularga 
rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu 
reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada 
umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik 
kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘r- 
gazmalar tashkil etish va konsertlar qo'yib berish, shuning- 
dek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘l- 
gan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va 
mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining 
kalendar rejasida aks etadi.
257


Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni 
tarbiyachi — pedagog amalga oishiradi, chunki u bola 
taibiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlami hammadan ko‘proq 
ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U 
ota-onalaiga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor 
berish kerakligi, ulami maktab ta’limiga tayyorlash, 
sog‘- 
lig'ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish 
va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar bog'chasi va oila o'rtasida hamkorlik o‘ma- 
tishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda 
faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola taibiyasida ku- 
tilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan 
ishlashda 
quyidagi 
alohida 
ish 
shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga 
borish, ayrim ota-onalami bog‘chaga taklif etish, alohida 
esdaliklar va ko'chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad-oila sha- 
roiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila 
a’zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalami bola tar- 
biyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning 
bola taibiyasidagi ijobiy tajribalami o‘rganib, omma- 
lashtirishdir.
Taibiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, 
balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam be­
ruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xush- 
muomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi 
har bir oilaga har gal borishidan awal o‘z oldiga aniq 
maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan 
belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta 
o ‘ylangan bo‘lishi kerak.
258


Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota- 
ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o'rtasida ishonch- 
li aloqa o‘matilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tar­
biyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalaming fe’l-atvori, oilaviy 
munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘rsida ma’­
lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar 
hurmati va ishonchini qozonmoq uchun awal ota-onalarga 
bolaning 
ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini 
bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini 
qanday tashkil 
etish kerakligi, unga nimalami o‘qib va hikoya qilib berish 
mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qat- 
nashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim- 
tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida 
bolaning yoshi, imkoniyatlari, o'ziga xos xususiyatlari e’ti- 
borga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va masla- 
hatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning 
boshqa 
a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif 
qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini 
qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan awal u 
qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalaming uquv va 
imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining 
rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettinlishi kerak. 
Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta 
borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mazmuni 
rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muho- 
kama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
259


- bolalami tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming 
vazifasi to‘g‘rsidagi qonunlar, bolalami maktabga tayyorlash 
haqida;
- maktabgacha taibiya muassasalarining yillik ish rejasi 
to‘g‘risida;
- ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar 
shular jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo'lib muhokama qilish uchun 
ota-onalaming guruhi va um um iy. majlislari, maslahatlar, 
kon-ferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari 
jamoa ish shakllariga kiradi.

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish