INFORMATIKA FANINI FANLARARO ALOQALAR
INTEGRASIYASIDAGI O’RNI.
J.Mardonqulov-JizzaxVXTXQTMOI o’qituvchisi.
Microsoft Office Excel dasturi “Informatika” fanida eng katta joyni
egallaydi va markaziy joyga egadir. Ushbu dastur boshqa fanlar bilan aloqasi juda
katta. Mana shuning uchun bu dasturning yetakchi asoslariga fanlararo
aloqalarning ahamiyati juda ham katta va obyektiv jihatdan muhim.
Dasturning yetakchi qoidalari
Dasturning
qoidalarini
yaratishda
ishlatiladigan boshqa fanlardan olingan
bilimlar
1.
Elektron jadvallarda adres, list,
kniga, formula xaqidagi bilimlar va
ushbu
elementlar
xususiyatlari,
bog’liqligi.
Buxgalteriya hisobi. Hisob raqamlari,
aktiv va passiv xisob raqamlari,
hisobotlarni EXMlar yuritishni tashkil
etish.
Bank ishi. Bankdagi operasiyalar,
elektron
pullar,
elektron
imzolar.
Qimmatbaho qag’ozlar bilan ishlash.
Moliyaviy
taxlil.
Korxonaning
moliyaviy
taxili.
Rentabellik
ko’rsatkichlari.
2.
Elektron
jadvallarda
funksiyalarni
qo’llash, matematik,
statistik,
mantiqiy
funksiyalarni
yoritishda
mutaxasislik
fanlariga
bog’lanishini
yortish.
Diagramma
mavzusini
yoritishda
diagramma
parametrlaridan foydalanish.
Statistika.
Ikkilamchi
guruxlash,
variasion
qatorlar.
Axborotlarni
statistik
taxlildan
o’tkazishda
dispersiya, korrelyasiya qiymatlarini
topish va taxlildan o’tkazish.
Buxgalteriya hisobi. Bosh jurnal va
Bosh kitoblar. Elektron jadvallarda
buxgalteriya masalalarini yuritish.
Moliyaviy
taxlil.
Korxonalarning
xisobotlarini
taqdim
etishda
diagrammalardan foydalanish.
Geografiya. Geografik xaritalar bilan
ishlash. Dunyo axolisi demografiyasi.
O’zbekistonning dunyo xaritasida
medianlar bo’yicha joylashishi.
Keltirilgan fanlararo aloqalar jadvalini taxlil qilsak ularda aloqalarning
o’zlari o’ziga xos statik holatda joylashganini ko’ramiz (o’quv mavzusini fanlararo
aloqalarning statik tomoni o’quv materiali bilan aniqlanadi). Ammo real o’quv
jarayonida fanlararo aloqalar dinamik nuqtai nazaridan ham qarashlari mavjud
(o’quv mavzudagi fanlararo aloqalarning dinamik tomoni o’quv material bilan
aniqlanadi) va ular fan ichidagi va kurs ichidagi aloqalar bilan jips xolatda
qaraladi-aynan shundagina fanlararo aloqalarning didaktik modelining sifat
farqlari, ya’ni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish jarayoniga qaralganda yuz
beradi.
Jadval taxlili yana shuni ko’rsatmoqdaki ko’pincha “bog’lovchi”,
sintezlovchi xarakterga egaligini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa ular bilan oxirgi
mavzular o’ta to’yingan, chunki ko’pgina tushunchalar o’quv yili oxirida anglanadi
va yuqori sinf o’quvchilar tomonidan umumlashtiruvchi darajada qo’llashadilar.
Shunday qilib jadvaldagi matnli taxlili ko’rilayotgan o’quv mavzular
mazmuni shuni ko’rsatadiki, bu aloqalar keng fanlararo moslikda ilmiy, tizimli,
egalik va xar tomonlama ularning yetakchi xolatlarini yoritishda xar bir mavzu
bo’yicha ancha tartiblashgan bilimlar tizimini yaratishda ishlatiladi. Mavzular
to’plami orqali esa butun o’quv fan bo’yicha shunga erishish mumkin. O’quv
fanlarning yetakchi qoidalari bunda o’ziga xos “bog’lovchi”, “o’qlar” vazifasini
bajaradilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik fanlararo aloqalarni tadbiq
etish va ta’lim berish metodikasi ilmiy bilimlar taxlili va sintez muammosini
pedagoglar metadologik qarashlariga fanlar differensiasiyasining konkret
ifodalanishi deb hisoblashimiz mumkin. Bu muammoning nazariy va amaliy
yechimi jamiyat rivojlanishi pedagogik fan va o’quv yurtining ijtimoiy
buyurtmasiga mos ravishda o’zgarib keladi. Zamonaviy kollejlarda ta’lim berishda
fan tizimi bo’yicha tasdiqlash va ta’kidlash fanlararo aloqalar g’oyasining
taraqqiyoti bilan uzluksiz bog’liqdir. O’quv mavzularning yetakchi g’oyalarini
yoritishda muxim va zurur bo’lgan fanlararo aloqalarini aniqlash va keyingi
bosqichda amalga oshirishda quyidagiga erishish imkoniyatini beradi:
a)
O’quv mavzuning fanlararo sig’imini aniqlashda subyektiv yondashuv
extimolligini kamaytirish;
b)
O’qituvchi va o’quvchi e’tiborini o’quv mavzularning bog’lovchi
omillariga qaratishda fanning yetakchi g’oyalarini yoritishda muxim rol o’ynashiga
yo’naltirish;
c)
Fanlararo aloqalarni o’rnatish bo’yicha ishlarni bosqichma-bosqich
tashkil etadilar, doimiy ravishda bilishli vazifalarni murakkablashtiriladi,
o’quvchilarning bilish mustaqilligini va ijodiy tashabbus xarakat maydonini
kengaytiradi, buning uchun fanlararo aloqalarni samarali amlga oshirish uchun
didaktik vositalarning hamm ko’psonli turlarini qo’llashadilar;
d)
Turli o’quv fanlarini organik birlikda o’quvchilarda bilish qiziqishlarini
shakllantiradi;
e)
Xayot bilan bog’liq holda fan va turli fonlarning zamonaviy vositalar
yordamda eng muxim dunyoqarashli muammolarni va savollarni o’rganiladi.
Keyingi bosqichda fanlararo aloqalar ko’p tomonlama tizimini yanada
rivojlantirishni talab qiladi: maktabda bu ishni rejalashtirish, pedagogik jarayonda
hamma ishtirokchilarning faoliyatini koordinatsiya (moslashtirish) kerak;
fanlararo(kompleks) semenarlarning samarali ishlatilishi, xuddi shunday tarzda
ekskursiya, konferensiya, birlashtirilgan darslar amaliyotini kengaytirish, ular
davomida turli o’quv predmet va kursning vositalari yordamida asosiy
dunyoqarashli muammolari bir vaqtda xal etiladi. Bunda ikki yoki undan ortiq
o’qituvchi ishtirok etadilar.