9.2-rasm
qarshiligini shirib, shtamp bo'shlig'ini metall bilan yanada to'lishiga ko'maklashsa, ikkinchidan
shtamp palla yuzalaridan bir-biriga urilishidan saqlaydi. Pitr ariqchasining
konstruksiyasi
pokovka materialiga, shakliga, o'lchamlariga va boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq. Odatda pitr
massasi pokovka massasining 10-20 % ni tashkil etadi.
Yopiq shtamplarda pitr ariqchasi bo'lmay, ajratish yuzalari murakkab tekisliklar bo'yicha
o'tib, ular o'zaro qulflanadi. Shu sababli bunday shtamplarda olinadigan pokovka massasi
zagotovka massasiga teng bo'lishi kerak. Temirchilik sexlarida pokovkalar
tayyorlashda qator
afzalliklarga ko'ra (shtamp konstruksiyasining oddiyligi, aniq massali zagotovka talab
etilmasligi) ko'proq ochiq shtamplardan keng foydalaniladi.
Metallarni shtamplashda ishlatiladigan asosiy uskunalarga siqilgan bug'-havoda ishlovchi
shtamplash presslari, shabotsiz shtamplash bolg'alari, vintli friksion
presslari va hokazolar
kiradi.
List shtamplashda list, lenta, polosa tarzidagi yupqa (10 mm gacha) plastik metallardan va
metallmas materiallardan turli shaklli va o'lchamli mahsulotlar tayyorlanadi, bu usulda ish
unumdorligining yuqoriligi aniq shaklli va o'lchamli, tekis yuzali
detallar ishlab chiqarishni
taminlaydi. List shtamplash yo'li bilan detallar tayyorlash texnologik jarayonini ikki bosqichga
ajratish mumkin:
1.
Zagotovkalarni tayyorlash.
2.
Zagotovkalarni kutilgan shaklga keltirish.
List materiallardan zagotovkalar tayyorlashda tayyorlanuvchi detal o'lchamiga ko'ra, kam
chiqindi chiqishiga alohida etibor berish lozim.
Materiallardan zagotovka qanchalik tejamkorlik bilan bichilib qirqilganligi materialdan
foydalanish koeffisiyentining (K
f
) kattaligini bildiradi. K
f
qiymati quyidagicha aniqlanadi:
BL
F
n
К
f
Bu yerda n - zagotovkalar soni, F- zagotovka yuzasi, mm
2,
B- material eni, mm, L- material
uzunligi, mm.
Odatda
8
,
0
75
,
0
f
K
bo'ladi.
SH t a m p l a sh o p ye r a s i ya l a r i: B u k i sh. Bunda kutilgan shakldagi detal
tayyorlash uchun zagotovkani matrisaga quyib, shakldor puanson yordamida malum kuch bilan
uni ezib matrisa teshigidan siqib o'tkazishda matrisa pallalari yig'ilib kutilgan shaklga keltiriladi
. Bunda puansonga quyiluvchi kuch quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
s
r
S
В
Р
6
2
7
,
0
H (kg)
Bu yerda V-zagotovka eni,mm S –
zagotovka qalinligi, mm,
v
- materialning cho'zilishga
ko'rsatgan vaqtli qarshiligi, Пa, r- bukish radiusi, mm.
B o t i r i sh. Bu ishlovda matrisaga o'rnatilgan doiraviy zagotovkaning markaziy qismga
puanson bilan ohista bosib, zagotovka matrisa ko'zidan botirib o'tkaziladi, bu usul bilan, vtulka
kabi detallar tayyorlanadi.
B o r t q a y t a r i sh. Bunda teshikli list zagotovkaning sirtqi konturi bo'yicha bort hosil
qilinadi.
B o' r t t i r i sh. Bunda puanson bilan elastik material siqilib zagotovka matrisa ko'ziga yotib
kutilgan shaklga aylanadi.
S i q i sh. Bunda havol zagotovkaning uchi perimetri bo'yicha siqilib kichiklashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: