Qaffol ash-shoshiy faqih va


Usmon Mus’hafining yurtimizga olib kelinishi bilan bog‘liq



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

Usmon Mus’hafining yurtimizga olib kelinishi bilan bog‘liq
rivoyatlarda Imom Shoshiy
Toshkent shahri, hech shubhasiz, Allohning nazari tushgan 
shaharlardan biridir. Poytaxtimizning ko‘zga ko‘ringan hamda muqaddas 
qadamjolaridan biri hisoblangan Hazrati Imom majmuasi tarkibiga 
kiruvchi M o‘yi Muborak madrasasida Qur’oni Karimning ilk kitob holiga 
keltirilgan nodir qo‘lyozmasi saqlanadi. 651-yilda sahoba Zayd ibn Sobit 
(roziyallohu anhu - r.a.) boshchiligidagi sahobalar tomonidan bitilgan 
sahifalar bir kitob shakliga keltirilib xalifa Usmon ibn Affon (r.a.)ga taqdim 
etiladi. Aynan shu qo‘lyozma bugungi kunda Toshkentda saqlanmoqda.
Imom Shoshiy xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Shu bois 
Toshkentda saqlanayotgan xalifa Usmon Mus’hafining yurtimizga olib 
kelinishi to‘g ‘risidagi ayrim rivoyatlar u kishining nomi bilan bog‘ lanadi. 
Mus’hafning bizning mamlakatimizga qanday kel ib qolganligi borasida 
o‘ndan ortiq rivoyatlar mavjud. Shayx Ismoil Maxdum Sotti Oxund 
Namangoniy 1971-yil (hijriy 1391-yil) yozgan “Toshkentdagi Usmon 
Mus’hafining tarixi” kitobi o‘ziga ma’lum bo‘lgan to‘qqizta rivoyat haqida 
batafsil ma’lumot beradi. Ulardan ikkitasi Qaffol ash-Shoshiy nomi bilan 
bog‘liq.
1.Mus’hafi Usmoniyning diyorimizga kelishiga oid rivoyatlardan biri 
shayx Abu Ahmad Muhammad qozi Andijoniy-Shoshiyning “Silsilat ul- 
orifin” nomli kitoblarida keltirilgan. Ul zot X o‘ja Ahror valiyning 
xalifalaridan bo‘lib, shunday yozadilar:
“Hijriy 364-yilda vafot etgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol 
ash-Shoshiy al-Kabir shofe’iy mazhabining mashhur ulamolaridan bo‘lib, 
o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot 
ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda Bag‘dodga kirib 
o‘tar edilar. Aksar ilmlarini ham shu shaharda olgan edilar. Bir galgi 
safarlarida Bag‘ dodga kelib, ulamolarning nihoyatda sarosimada ekanligini 
ko‘radilar. Chunki Rum podshohi Qaysar xalifaga arab tilida bir ajoyib 
qasida yuborib, “Yo shu qasidaga munosib javob yozinglar, yo har yili 
o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar” deb talab qilgan edi. 
O ‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab


qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganligidan, 
qasidaga javob yozishga majbur bo‘ldilar. Bag‘ dodning jamiki ulamo va 
fozillari yig‘ildilar. Lekin ular o‘sha qasidaga mos keladigan javob 
yozishga ojiz bo‘lib turgan edilar. Rum elchisi ularni shoshiltirar edi. Shayx 
Bag‘dodga kirib kelganlarida, “Turklar yurtidan Bag‘ dodga bir zabardast 
olim kelibdi”, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob 
qasidasi yozsalar, evaziga xohlagan narsalarini berishini aytadi. Shayx rozi 
bo‘lib, shunday deydilar: “Men bu vazifani sizlar uchun ado etyapman, 
lekin bir shartim bor. U ham bo‘lsa, oldin menga Hazrati Usmon 
Mus’haflarini berasizlar”. Birmuncha taradduddan so‘ng bu talabga rozi 
bo‘ladilar va M us’hafni shayxga beradilar ...”
2. Rivoyatlarning yana birini Umar Rizo hazratlari o‘zlarining “Mal 
Qur’an” nomli kitoblarida zikr qilganlar. Islom olamida mavjud bo‘lgan 
Usmon Mus’haflarini birma-bir sanab o‘tib Umar Rizo quyidagilarni 
aytadilar: “Xuddi shunday Mus’haflardan biri 1904-yilda Buxorodan 
Moskvaga olib ketilib, bir muddat o‘tgach, yana Buxoroga qaytarilgan edi. 
Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin uni 
ikkinchi marta yana Moskvaga olib ketdilar. Lekin musulmonlarning uni 
qaytarish uchun qilgan sa’y-harakatlari va jidd-u jahdlari muvaffaqiyat 
bilan yakunlandi. Aytishlariga qaraganda, bu nusxa Abu Bakr Shoshiy 
tomonlaridan olib kelingan bo‘lib, keyinchalik X o‘ja Ahror Valiyning 
qabrlari yoniga qo‘yilgan emish. Bolsheviklar uni o‘sha yerdan olishgan
deyishadi”.
Albatta, uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) tomonidan 
yozdirilgan Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmasini yurtimizga aynan 
Imom Shoshiy olib kelgan, degan fikrdan yiroqmiz. Bunga yetarlicha 
asoslarimiz ham yo‘q. Ammo yuqoridagi ma’lumotlardan anglashimiz 
mumkinki, Qaffol Shoshiyning xalq orasida obro‘si baland bo‘lgan. Nima 
bo‘lgan taqdirda ham, ayni paytda Usmon M us’hafining noyob 
qo‘lyozmasi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiy majmuasi tarkibiga 
kiruvchi M o‘yi muborak madrasasida saqlanmoqda. Qur’oni Karim 
ziyoratchilari bir paytning o‘zida Alloh kalomini ziyorat qilish bilan birga 
allomaning maqbarasini ham ziyorat qiladilar.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish