Qaffol Shoshiy maqbarasi
Qaffol Shoshiy maqbarasi uning qabri ustida ilk bor Sohibqiron Amir
Temur topshirig‘i bilan barpo etilgan. Dastlabki maqbara binosi yaxshi
saqlanmagan. Shuning uchun u bir necha bor ta’mirlangan.
Hozir Toshkentning xalq orasida “Hastimom” deb ataladigan joy shu
mo‘tabar zotga nisbatan aytiladigan nom “Hazrati imom”ning qisgargan
shakli bo‘ladi. Aslida bu joyning to‘liq nomi Hazrati Imom Qaffol ash-
Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo‘lgan bir
necha mo‘tabar zotlar dafn etilgan. Ular orasida yana bir mashhur faqih
Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (Hofiz Ko‘hakiy) ham bor.
Shuningdek, hirotlik shoir, Buxoro xoni Navro‘z Ahmadxonning ustozi
Zayniddin Vasifiy ham shu yerda dafn etilgan. Imom Shoshiyning ilm-fan
sohasida va Arab xalifaligi xalqi uchun ko‘rsatgan xizmatlari ko‘plab
olimlar, faqihlar tomonidan tan olingan va o‘z qabrlarining u kishi orom
topgan mazkur maqbaradan joy olinishini sharafli deb hisoblaganlar.
Qaffol Shoshiy maqbarasi 1541-1542-yillarda Toshkent hukmdori
Baroqxon farmoniga (1551-1556-yillarda Buxoro xoni bo‘lgan Navro‘z
Ahmadxon ibn Suyunchxo‘jaxon nazarda tutilmoqda) binoan me’mor
G ‘ulom Husayn tomonidan qayta ta’mirlangan. Qayta ta’mirlash
jarayonida xattotlik yozuvi namunalari Kotib Qudrat tomonidan bitilgan.
Keyinchalik ham maqbarada turli davrlarda ta’mirlash ishlari amalga
oshirilgan. 2007-yili maqbara binosi tubdan qayta ta’mirlandi.
Maqbara milliy me’morchiligimizning nodir namunasi bo‘lib, to‘rt
tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda barpo etilgan. Bino pishgan
g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootning qurilgan sanasi
keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari
Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralar bilan bezalgan.
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, qomusiy olimlikka intilgan
bobomiz Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy
fiqh ilmida ulkan yutuqlarga erishgan va ushbu yutuqlar o‘z davrining
barcha faqihlari tomonidan e’tirof etilgan. Hazrati Imomning asarlarini,
xususan, fiqhiy (huquqiy) asarlarini tadqiq etish bizning zamonimizda ham
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asarlari davlat va huquq tarixi
fanining bebaho boyligiga aylanishiga shubha yo‘q.
Qaffol Shoshiy kabi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlarida ijod
qilgan buyuk faqihlar ilmiy merosini o‘rganish mamlakatimiz milliy
huquqiy tizimi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilishiga ishonamiz.
Qaffol Shoshiyning jahon diplomatiya tarixida ham o‘z o‘rni borligi
ma’lum. Uning Arab xalifaligi xalqining tinchligi va osoyishtaligi uchun
qilgan xizmatlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uning
o‘ziga topshirilgan mushkul vazifani sabot va matonat bilan, diplomatik
usul bilan bajarishi yurtimiz ilm ahlini, keng jamoatchilikni, jumladan,
Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kabi yirik ilm-fan
markazlari professor-o‘qituvchilarini, qolaversa xalqaro diplomatik huquq
bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarimizni ham befarq qoldirmaydi deb
o‘ylaymiz.
Toshkent
15.08 - 28.10.2020
Qaffol Shoshiyning qabri
Maqbaraning kun botayotgan vaqtdagi ko‘rinishi
Maqbaraning old va kirish qismi
Maqbaraning ichida joylashgan sag‘analar
Maqbaraning orqa tomondan ko‘rinishi
Hazrati Imom majmuasining umumiy ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |