Qaffol ash-shoshiy faqih va


“Kitab al-Usul ul-fiqh” (“Fiqh usullari kitobi”)



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

“Kitab al-Usul ul-fiqh” (“Fiqh usullari kitobi”)
. Islom 
huquqshunosligi bo‘yicha umumiy ta’limotlarni jamlashga qaratilgan 
huquqiy asar. Imom Shoshiy Shofe’iy mazhabi vakili bo‘lganligi uchun bu 
kitobda, asosan, aynan o‘z mazhabining usul ul-fiqh bo‘yicha asoslarini 
bayon etgan.
4. 
“Risola sharhi”
. Shofe’iy fiqhiy mazhabining asoschisi imom 
Muhammad ibn Idris Shofe’iyning usul ul-fiqhga bag‘ishlangan “Risola” 
nomli asariga yozilgan sharh. Ibn Nadim “Fihrist” kitobida ma’lum 
qilishicha, usul ul-fiqhning asosiy qoidalarini birinchi bo‘ lib imom Abu 
Hanifaning shogirdi imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh alohida risolada 
jamlagan. Ammo bu risola bizgacha yetib kelmagan. Imom Shofe’iyning 
“Risola” nomli kitobi esa bizgacha yetib kelgan. Shuning uchun imom 
Shofe’iy ko‘pchilik ulamolar tomonidan usul ul-fiqhning asoschisi sifatida 
e’tirof etilgan.
5. 
“Shariat 
go‘zalliklari”

Islom shariatining 
o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida bahs yuritilgan asar. Fiqh bilan bog‘liq jihatlari ham 
mavjud bo‘lganligi uchun uni yuridik (fiqhiy) asarlar guruhiga kiritishni 
lozim deb topdik.
Ushbu fiqhiy (diniy-huquqiy) asarlarning barchasi arab tilida 
yozilgan. Bu kitoblarning boshqa tillarga tarjima qilingan yoxud 
qilinmaganligi to‘g‘risida aniq ma’ lumotlar mavjud emas. Ammo ularning 
ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilgani ma’lum. O ‘zbekiston milliy huquqiy 
tizimi taraqqiy etgani sari tarixiy-huquqiy manbalarni tadqiq etishga katta 
e’tibor berilmoqda. Shu jumladan, Islom huquqi (fiqh)ni o‘rganish alohida 
bosqichga kirgan. Shu kungacha imom Shoshiy asarlariga milliy 
huquqshunoslarimiz tomonidan yetarli darajada e’tibor qilinmaganligi
nazarimizda, allomaning Shofe’iy fiqhiy mazhabi vakili bo‘lganligi bilan 
bog‘liq. Shunday bo‘lgan taqdirda ham, Qaffol Shoshiy Turon (Turkiston)


fiqh maktabining vakilidir. Uning asarlari esa biz uchun qiyosiy 
huquqshunoslik (yuridik komparativistika)ning beqiyos manbalari bo‘lishi 
mumkin.
Yuqoridagi beshta yuridik asardan tashqari alloma nomi bilan 
bog‘lanadigan yana 2 ta huquqiy asar mavjud. Biroq ayrim manbalarda 
ularning Qaffol Shoshiy tomonidan yozilgani qayd etilsa, boshqa 
manbalarda ularning toshkentlik boshqa olimlardan biriga tegishli ekanligi 
bildiriladi. Shuning uchun quyidagi ikki asarni alloma asarlari tarkibiga 
kiritmadik:
1. “Hulyatul ulamo fiy ixtilofil fuqaho”. Ilm ul-xilof bo‘yicha asar. 
Qiyosiy huquqshunoslikka oid sanaladi. Fuqaholarning ixtilofi haqidagi 
kitoblar ikki yo‘nalishga ajratiladi. Bu asar birinchi yo‘nalishga mansub 
bo‘lib, unda imomlarning barcha ixtiloflarini qamrab olishga harakat 
qilinadi. B a’zilarida ixtilofchilarning dalillari keltiriladi, ba’zilarida 
keltirilmaydi. Bu kitobning ibodatlar qismi doktor Ahmad Ibrohim 
Darovka tomonidan tahqiq qilinib, hijriy 1400-yili Iordaniya poytaxti 
Ammon shahrida chop etilgan. “Mustazhiriy” nomi bilan ham ataladi.
2. “Mo‘tamad”. Bu kitob yuqorida tilga olingan kitobning sharhi 
hisoblanadi. U haqida taniqli usmonli turk olimi Hoji Xalifa (1609-1659) 
“Kashfuz-zunun” (to‘liq nomi - “Kashfuz-zunun an-asomil kutub val- 
funun” (“Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish 
kitobi”) asarida quyidagilarni yozadi: “Bu kitob (“Hulyatul ulamo fiy 
ixtilofil fuqaho”)ni xalifa Mustazhir billahi Abbosiyga atab yozgan. U 
bunga xursand bo‘lgan va shuning uchun bu kitob “Mustazhiriy” deb 
ataladi. Har bir masalada ulamolar orasida voqe’ bo‘lgan ixtilofni zikr 
qilgan. Keyin “Mo‘tamad”ni tasnif qildi. U “Mustazhiriy”ning sharhi 
kabidir”.
Bu kitoblar muallifi Qaffol Shoshiy bo‘lib chiqsa, bu holat faqihning 
faqat Shofe’iy emas, balki sunniylikning boshqa fiqhiy mazhablari 
ta’limotlaridan ham xabardor bo‘lganligini bildiradi. Xususan, uning 
qiyosiy huquqshunoslik (ilm ul-xilof) bo‘yicha mutaxassis bo‘lganligini 
ham.



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish