hadislar to‘plami”
asaridagi quyidagi hadislar
madrasa talabalari uchun
Imom Shoshiy tomonidan doimo ta’kidlab turilgan:
Amallar niyatlarga bog‘liqdir.
Maslahatgo‘y omonatdordir.
Karam sohibi bo‘lishlik taqvodir.
Qur’on dardlarga davodir.
Duo, u ibodatdur.
Yaxshi savol ilmning yarmidur.
Jamoat bilan birga bo‘lishlik rahmatdir.
Olimlar va tarixchilarning alloma
haqida qilgan e’tiroflari
Alloma o‘z davrida ham mashhur shaxs bo‘lgan. Uning ijodi
ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lgan. Keyingi davrlarda yashagan
tarixchi ulamolar ham uning yozgan asarlari haqida qimmatli
ma’lumotlarni keltirib o‘tishgan.
“Uchinchi-to‘rtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda Shofi’iy
mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilardi”. (“Islomda huquq”, 72-
bet. To‘plovchilar Majid Hadduriy va Herbert J.Libesni y. Mualliflar guruhi
Sharq va G ’arbning 12 ta mashhur huquqshunos,
islomshunos va
sharqshunos olimlari. Shu jumladan, Muhammad Abu Zahra, Subhiy
Muhassamoniy, Shukriy Qardoshiy, Abul-A’lo Mordin, Jozef Shaxt va b.
Tehron-Nyu-York, 1955-y.) Shofi’iy mazhabining
shu davrdagi yirik
vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-
Shoshiy edi.
Hayruddin Zarkaliyning yozishicha, u fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot
bo‘yicha o‘z asrining mashhur olimlaridan edi. Usul ul-fiqh bo‘yicha uning
asari mashhur bo‘lgan. Toshkentda vafot etib, qabri Hastimom (Hazrati
Imom) madrasasi yonidadir.
“Arab olimi va bibliografi ibn Xallikon (1211-1282) o‘zining
“Vafoyot al-a’yon” (“Ulug‘ kishilar vafoti” yoxud “Mashhur kishilar vafoti
va zamondoshlar haqida xabarlar”) degan asarida Qaffol ash-Shoshiy
haqida to‘xtalib shularni yozadi: “Qaffol ash-Shoshiy hadis ilmini bilgan,
tilshunos, shoir odam edi. O ‘sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng
keladigan olim y o‘q edi.
Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom (Suriya) va
boshqa o‘lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi... u
kishining ko‘p asarlari bo‘lgan”4.
Qaffol ash-Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid
asarlar yozgan. Uning “Odob al-qozi” yoxud “Adab ul-qozi” (“Qozining
fe’l-atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan ta ’lifi bo‘lib, arab
tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr etilgan arab olimi ibn
Xallikon shunday yozadi: “Qonunshunoslardan
dastlab otilib chiqib
“Husni jadal” (“Dialektika go‘zalligi”) degan asar yozgan kishi ham shu
Qaffol ash-Shoshiy edi”.
Arab muarrixi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy
(1113-1167) “Al-Ansob”(“Nasabnoma”) asarida alloma haqida quyidagi
ma’lumotlarni beradi: “Al-Qaffol - qulfsozlik kasbi nisbati berilgan Abu
Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy Shosh ahlidan
bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U o‘z
zamonasining imomi
(peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q
olim edi. Qaffol ash-Shoshiyning nomi Mag‘rib-u Mashriqqa yoyilgan”.
Shayx Abu Is’hoq ash-Sheroziyning yozishicha, “Imom Abu Bakr al-
Qaffol ash-Shoshiyning ko‘plab asarlari mavjudki, hech bir kishi hali
shuncha asarlarni tasnif etmagan. U faqihlar ichida birinchi bo‘lib, “al-
Jadal al-Hasan” (“Yaxshi bahs-munozara”) bo‘yicha asar yozgan.
Shuningdek, uning “Fiqh usullari kitobi”, “Risola sharhi” asari,
“Payg‘ambarlik dalillari”, “ Shariat go‘zalliklari” kabi asarlari ham Islom
dunyosida mashhur”.
Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) ta’kidlashicha, tarixiy
manbalarda agar Qaffol Shoshiy esga olinsa, demak, gap buyuk imom Abu
Bakr Qaffol Shoshiy haqida ketayotgan bo‘ladi,
agar Qaffol Marvaziy
yodga olinsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z
4 “M a’naviyat yulduzlari”. O ‘zR FA akademigi M.M.Xayrullayev mas’ul muharrirligida. - Toshkent, A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. - 85-bet.
borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom
ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi
esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi. (“Tahzib ul-asmo”, 2-jild, 556-
bet)
Shamsiddin Muhammad Zahabiy alloma haqida: “Movarounnahrda
usul ilmi va hadis talabi ila eng ko‘p safar qilgan olim Qaffol Shoshiy edi...
Alloma lug‘at, usul, fiqh imomi Xuroson olimlaridan Abu Bakr
Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Shoshiy “Katta Qaffol” nomi bilan mashhur
bo‘lgan. U zot Movarounnahrda o‘z davrining imomi bo‘lib,
bir ne cha
kitoblar musannifi bo‘lgan”.
Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham bo‘lib, o‘z she’rlarini arab tilida
yozgan. Ammo uning she’riy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan,
faqatgina as-Subhiyning “Tabaqot ash-Shofiyya” (“ Shofi’iy mazhabi
darajalari”) degan kitobida she’rlaridan parchalar saqlanib qolgan. O ‘sha
she’rlarda shunday satrlar bor bo‘lib, quyida uning nasriy bayoni
keltirilgan:
“Kimki uyimga mehmon bo'lib keladigan bo‘lsa, dasturxonim doimo
uning uchun yozilgan bo'ladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa
yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-ne ’mat peshona terim bilan topilgan,
(ya’ni) halol bo'ladi.
Biz bor-budimizni mehmon oldiga qo'yamiz. Bordi-yu (qo'yishga)
narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qo'yamiz. Shunda
beg'araz, ko'ngli ochiq odam bo'lsa, u bunga rozi bo'lib ko'nadi; bordi-
yu baxil bo'lsa, u holda uni men tuzata olmayman ”.
Bizgacha yetib kelgan yuqoridagi tarixiy ma’lumotlarga tayanib
aytish mumkinki, alloma juda ham sermahsul ilmiy faoliyat olib borgan va
ijod bilan jiddiy shug‘ullangan, natijada juda ko‘plab asarlar yozgan.
Afsuski, ularning ko‘pchiligi bizning davrimizgac ha yetib kelmagan. Ayni
paytda, bizga ma’lum asarlar soni
Do'stlaringiz bilan baham: