“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
286
falokat masalasidir degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Respublikamiz hukumati
tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk shaxs
yaratishga e‘tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga
oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Mazkur
―Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti‖ fanining o‘qitilishi ham aynan ushbu qarorga
asosoan pedagogikaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan. Bunda
uslubiyot tarbiya nazariyasining umumiy qoidalariga asoslanishi, lekin ularni
takrorlamasligi, bu qoidalarni ro‘yobga chiqarish usullarining vositalari, yo‘llari va
shakllaridan iborat bo‘lishi lozim. Tarbiyaviy ish uslubiyotini o‘rganish talabalarni
tarbiyalashning umumiy masalalarini mustaqil, ijodiy va dadil hal qilishga
tayyorlashi lozim. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holatga
keltirishi uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi,
asosiy e‘tibor shaxs shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy
tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqazo etadi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti
fanining bosh maqsadi – yosh avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy
milliy, ma‘naviy – tarixiy an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab
chiqib amalga joriy etishdir. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa
– shaxsning aqliy erkin fikrlovchi,axloqan barkamol va jismoniy jihatdan
rivojlangan shaxsni shakllantirish hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama
ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga
tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z – o‘zini idora va
nazorat qila bilishni shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv,
ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; Talabalarda madaniy hamda dunyoviy
bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora
o‘stirib–boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;Har bir o‘smirning
bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson
faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish; Insonparvarlik odobi me‘yorlarini
shakllantirish (bir – birini tushinadigan, mehribon, shafqatli, irqiy kamsitishlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |