“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
283
bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson
faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish; Insonparvarlik odobi me‘yorlarini
shakllantirish (bir–birini tushinadigan, mehribon, shafqatli, irqiy kamsitishlarga yo‘l
qo‘ymaslik) muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo‘llanishi lozim. Tarbiya
– tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir shaxs, o‘smir
va yosh yigit – qizning betakror va o‘ziga xosligini e‘tiborga olish; Amalda
tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi tarbiyalanuvchilarni
qamrab olishiga alohida ahamiyat berish lozim. O‘smir yigit va qizlar nafaqat
bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan
yashaydilar. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti ―Pedagogikaning bir qismi bo‘lib, fan
sifatida ajralib chiqdi. Va o‘zining nazariy, uslubiy, Amaliy asoslarini yaratdi.
Natijada tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti
fani bir necha qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular quydagilardir: ―Odobnoma fanini
o‘qitish‖ metodikasi, ―Jamoani tashkil qilish metodikasi, ―Guruh rahbarining
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi hamda
―Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla hamkorligini amalga oshirish
metodikasi va hakozolar. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti ―Pedagogika fanining bir
qismi bo‘lib, fan sifatida qaraladi va o‘zining nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini
yaratdi. Natijada tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ishlar
uslubiyoti fani bir necha qismga bo‘lib o‘rganiladi. Demak bu fanni o‘qitishdan
maqsad kelajakda talabalarimizga ta‘lim muassasalarida ta‘lim –tarbiyaga davr
talablaridan kelib chiqqan holda yangicha yondoshishni, ishni sifat, mazmun
jihatdan to‘g‘ri tashkil etishni o‘rgatishdan iboratdir.Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti
fanining mazmuni, mohiyati va shaxs tarbiyasidagi roli. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti
fanining bosh maqsadi – yosh avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy
milliy, ma‘naviy – tarixiy an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab
chiqib amalga joriy etishdir. Pedagogik texnika – bu shunday bir malakalar
yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar
Do'stlaringiz bilan baham: |