PAYVANDLANGAN BO’G’INLAR
Payvandlash deb detallarning zihini gaz alangasida suyuqlanish darajasigacha qizdi-
rib, birikish joyida chok hosil qililinishiga yoki elektr yoyi yordamida boshqa metall simni
suyuqlantirib detallarning zihiga quyilishiga aytiladi.
Payvand choki deb detallarning birikish joyida erib qotgan metall qotishmasiga ayti-
ladi.
Payvand birikma deb ikki va undan ortiq detallardan payvandlash yo’li bilan hosil
qilingan ajralmas birikmaga aytiladi. Payvand birikmalar ishlab chiqarishda, asosan ikki xil
usulda bajariladi; suyuqlantirish yo‘li bilan (gaz alangasida, elektr yoyi yordamida va bosh-
qalar) va bosim bilan (kontaktli payvandlash, sovuqlayin payvandlash va boshqalar). Elektr
yordamida bajariladigan payvand birikmalar asosan uch xil bo‘ladi: dastaki usulda; yarim
avtomatik yoki avtomatik tarzda.
5.32-shakl
Payvandlanuvchi detallar bir - biriga nisbatan turli vaziyatlarda bo‘lishi mumkin: uch
-
ma - uch chok (5.32 - shakl), burchakli chok (5.33 - shakl, b), tavrsimon chok (5.33 - shakl,
v), ustma - ust chok (5.33 - shakl, g).
Payvandlashdan oldin payvandlanuvchi detallarning zihlari turli shaklda yo‘niladi
yoki butunligicha qoldiriladi va quyidagicha nomlanadi: zihlarning qirallari olinmagan (5.32
- shakl, a), zihlarning qirallari olingan bittasiniki, yoki ikkalasiniki (5.32 - shakl, g), zihlarning
qirallari qayrilgan, bittasiniki (5.32 - shakl, b), yoki ikkalasiniki (5,32- shakl, v).
82
Muhandislik va kompyuter grafikasi
5.33-shakl
Shakl 5.34-shaklda, payvandlangan bo’g’inlarning. Tasvirlari, va 5.34, b shakllarida
ushbu qismlarning payvandlash qismlarining ramzlari bilan payvandlangan qo’shma chizil-
gani ko’rsatilgan.
5.34-shakl
Payvand choklarning belgilari va ularni chizish qoidalari DS 2.312-96 da berilgan.
Chizmada payvand birikmalarining choklari shartli ravishda tasvirlanadi: ko‘rinadi
-
gan choklar asosiy tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan choklar esa shtrih chiziqlar bilan va
yakka payvand nuqtasi « + » belgi bilan (5.34- shakl, a, b).
Choklar asosiy tutash chiziq yoki uzuq - uzuq bo‘lishi mumkin. Payvand birikma
tarkibidagi turli detallarning qirqimi qarama - qarshi yo‘nalishda shtrihlanadi, payvand
chok esa ko’rsatilmaydi.
Payvand birikmada chokning turini, asosiy belgisini ko’rsatish uchun chokni ko‘rsat
-
uvchi bir tomonli strelka bilan tugallanadigan tokchali chiqarish chizig‘i o‘tkaziladi. Ko‘ri-
nadigan standart chokning parametrlari tokchali chiziqning ustiga, ko‘rinmaydigani esa
chokning ostiga yoziladi.
Payka bilan tutashtirish-eritma nuqtasi ostidagi bog’langan qismlarni isitish yo’li bilan
ulanmagan ulanish, eritilgani zazorni orasidagi bo’shliqni to’ldirish va ularni payvandlash
kristalizatsiyasiga yopishtirishdir
83
Muhandislik va kompyuter grafikasi
5.34-shakl
Agar tikuv yopiq chiziq bo’ylab amalga oshirilsa, chiziqning oxirida diametri 3 ... 4
mm bo’lgan dumaloq ko’rsatilgan (5.34-shakl). Turli leereykalar bilan tikuvlarni o’tkazish
-
da ularning har biriga raqamlar tayinlanadi va spetsifikatsiya ushbu raqamga “Eslatma”
ustuniga mos yozuvlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |