4
Muhandislik va kompyuter grafikasi
KIRISH
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shun
-
ingdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy
qilinishi
bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda.
Axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda ta’lim oluvchilar tomonidan yangi
bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan foy
-
dalanishlari talab etiladi. Axborot texnologiyalari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlarni
mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtir
-
ish, yangi bilimlarni turli o‘quv manbalardan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni talab
etadi.
Elektron ta’lim resursi - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lib, u muayyan
kasbiy faoliyat bo‘yicha axborot, bilim berish va o‘zlashtiril-gan bilimlarni nazorat qilishni
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o‘zga
-
ruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha elektron
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi. Olib borilayotgan
ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, integrativ (an’anaviy – masofaviy)
texnologiyalar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish natijasida o‘quvchilarning mus
-
taqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
O‘quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha te
-
gishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va
didaktikasi yoritilgan manba bo‘lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) va elek
-
tron o‘quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari - ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsat
-
kichlarni hisobga olgan qog‘ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o‘quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni
jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat
qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi tur
-
lari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, ma’ru
-
zalar kursi, ma’ruzalar to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh, dayjest,
elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Ta’lim tizimini yangi zamonaviy darajadagi bosqichiga o‘tishni faqatgina kompyuter
paketlar (ya’ni, elektron axborot ta’lim
resurslar, qo‘llanmalar, trenajerlar, virtual stendlar
va o‘quv test muxarrir) ni yaratgan holdagina amalga oshirish mumkin. Ular o‘quv yur-
ti maxsus auditoriyasi uchun kompyuter sifatidagi amaliy mashg‘ulotlarda
yoki talaba
-
lar mustaqil ishlashi uchun jixozlashgan yotoqxonalarda, shuningdek, uylardagi
shaxsiy
kompyuterda yagona kompyuterlashgan muhitni yaratadi. Keltirilgan elektron maxsulot
-
lar, dasrliklar va qo‘llanmalarning rasmiy ta’rifiga asosan, elektron axborot ta’lim resurslar
tushunchasini kengaytirish va aniqlashtirish zarur.