RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
•
137
BO‘LAJAK DEFEKTOLOGLARNI KASBIY TAYYORLASH JARAYONIDA
PEDAGOGIK DASTUR VOSITALARINI QO‘LLASH
Sh. Turdaliyeva
Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya kafedrasi o
ʻ
qituvchisi
Аннотация.
В данной статье описывается применение педагогического программного обеспечения
в процессе профессиональной подготовки будущих дефектологов в педагогических вузах, а также
процесс междисциплинарной коммуникации и профессиональные дисциплины.
Ключевые слова
: высшее образование, специальные науки, профессиональная подготовка,
междисциплинарные связи, педагогические программные средства.
Mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangi texnika va ilg‘or texnalogiyalarni amaliyotga joriy
etilishga uzviy bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur sohaga
tegishli boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston
Respublikasi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini
ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion
faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muayyan darajada xizmat qiladi [1].
Hozirgi zamonaviy ta’lim tizimida axborot texnalogiyalarini o‘zlashtirmasdan turib, yuqori mallakali,
iqtidorlik hamda intellektual salohiyatli mutaxassislikka erishish mumkin emas. Va shu o‘rinda
defektologlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini takomillashtirishni talab qiladi. Bugungi kunda korreksion-
pedagogik jarayonning samaradorligi o‘zini kasbiy faoliyatning to‘liq huquqli subyekti sifatida bilimli,
malakali defektologning faoliyati bilan belgilanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati fanlararo aloqalardan
foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar psixolog, neyropsixologlar,
neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi mutaxassis shifokorlar va boshqa kishilar
hamkorligida ish olib borishga jalb qiladi. [2,4]
Universitetda bo‘lajak logopedlarning professional tafakkurini rivojlantirish jarayoni uch bosqichni o‘z
ichiga oladi.
Birinchisi bosqich – pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishga kiritilgan vazifalarni taqdim etishning
mazmuni va usullari nuqtayi nazaridan sozlangan fanlarni tayyorlashning nazariy fanlarini o‘rganish bilan
bog‘liq.
Ikkinchi bosqich – talabalarda kasbiy fikrlashning mohiyati, uning tuzilishi, mexanizmi, tartiblari, kasbiy-
pedagogik muammolarni hal qilish algoritmi va “malakali defektolog tafakkuri” maxsus kursini o‘rganish
jarayonida tegishli ko‘nikmalarni shakllantirishdagi yaxlit g‘oyalarga qaratilgan.
Uchinchisi bosqich – yuqorida olingan bilimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy va nazariy bilim ko‘nikmalarni
joriy etishga qaratilgan. Bitiruv oldi bitiruv bosqichida pedagogik amaliyotlarni o‘tish jarayonida talabalar
haqiqiy pedagogik holatlarni tahlil qilishlari, ta’lim muammolarini ajratib olishlari va hal qilishlari mumkin.
Bo‘lajak defektologlarning kasbiy tafakkurini rivojlantirish vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun ushbu jarayonni modellashtirish va yaratilgan modelning samaradorligini oshirish uchun pedagogik
shartlarni aniqlash kerak. Modellashtirish obyekti, bo‘lajak defektologlarning fanlararo aloqadorlik vositasida
kasbiy faoliyatga tayyorligini amalga oshirish jarayonidir. [3] Ularni o‘rganish mantig‘iga ko‘ra, biz yaratgan
model umuman bo‘lajak logopedlarning kasbiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, maqsadli,
motivatsion-qiymatli, mazmunli, protsessual, nazorat-baholovchi komponentlarni o‘z ichiga oladi. [5]
Modelning maqsadli komponenti, agar o‘quv jarayoni logopedlarining kasbiy tafakkurini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim
omillaridan biri fanlararo aloqadir. Pedagogik amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy
va mutaxassislik fanlarining o‘qitilish jarayonida mavzulararo, bo‘limlararo bog‘lanish natijasida talabalar
mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, bilimlarni puxta va ongli o‘zlashtirish ko‘nikmalari shakllanadi, xotirada
saqlaydi va qiyoslaydi. Buning natijasida ularda bog‘langan nutqi, ijodiy tafakkuri rivojlanadi.
Talabalar tomonidan logopedlarning pedagogik faoliyati pedagogikasining mohiyati ta’lim holatlarini
tahlil qilish, izolyatsiya qilish ekanligini tushunishi asosida amalga oshirilishi mumkin va kasbiy fikrlashning
mazmunli tarkibiy qismlarini shakllantirish, kognitiv faoliyatni rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-
nazariy bilimlar tizimini birinchi marta takomillashtirishni o‘z ichiga olgan pedagogik vazifalar zanjirini hal
qilish, ya’ni:
1) kognitiv faoliyatni rag‘batlantirish, kasbiy faoliyatining mazmunli tarkibiy qismini shakllantirish
uchun zarur bo‘lgan ilmiy-nazariy bilimlar tizimini takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |