www.ziyouz.com
kutubxonasi
225
nafosatin bu ilmda bilgaylar va Shayx Faxruddin Iroqiy Rumdin Misrg‘a va Misrdin Shomg‘a kelib,
Dimishqda sokin bo‘ldilar va olti oydin so‘ngra farzandi Kabiruddin Multondin keldi va muddate otasi
xizmatida bo‘ldi. Oqibat shayxqa oriza toriy bo‘ldi va vafot kuni ashobni va o‘g‘lini tiladi va vasiyatlar
qildi va bu ruboiyni aytti.
R u b o i y:
[O‘tmishda olam nizomiga qaror qilganda, unga odam hohishicha tartib bermadilar. O‘sha kungi
qoidayu qarorga binoan biror kishiga oz ham, ko‘p ham va’da bermadilar]3.
Yetti yuz sakson sakkizda zulqa’da oyining oltisida olamdin o‘ttilar va Dimishqning Solihiyasida
Shayx Muhyiddin Arabiy qabrining yonida keyinroq dafn qildilar. O‘g‘li Kabiruddinni otasi yonida r.a.
718. Amir Husayniy q. t. r.
Oti Husayniy b. Olim b. Abulhusayndur. Aslida Kizivdindurki, bir kentdur, G‘ur navohiysidin.
Zohiriy va botiniy ulumg‘a olim ermish va nazmu nasr kutub musannafoti bor. Nazmdin misli «Kanz
ur-rumuz» va «Zod ul-musofirin» va «Si noma» va g‘azal devoni va nasrdin misli «Nuzhat ul-arvoh»
va «Sirot ul-mustaqim». Va «Kanz ur-rumuz» kitobidin andoq ma’lum bo‘lurki, Shayx Zakariyoyi
Mo‘ltoniyning vositasiz murididur. Ammo ba’zi kitobida andoq bitiklikdurki, ul shayx Ruknuddin
Abulfath muridi bo‘lg‘ay va ul otasi Shayx Sadruddin va ul otasi Shayx Bahouddin Zakariyoyi
Mo‘ltoniyning q. t. a. Aning tavbasig‘a sabab ul ermishki, ov ovlab yurur ermishki, bir kiyik ollig‘a
kelur. Uq tortar, ani urg‘oli. Ul kiyik aning sori boqib ayturki, ey Husayniy, bizga ne o‘q otarsenki,
Tengri seni bandalig‘iga va ma’rifatig‘a yaratibdur, yo‘q bu ish uchun? Va g‘oyib bo‘ldi. Anga hol
mutag‘ayyir bo‘lub, talab o‘ti nihodidin shu’la torta boshladi. Har nesiki bor erdi, barham urdi va bir
suruk javoliqilar bila qo‘shulub, Mo‘lton sori tushti va, Shayx Ruknuddin xonaqohig‘a yetishdilar.
Shayx ul jamoatni ziyofat qildi. Ersa oqshom Hazrat Risalat s. a. v. voqe’da Shayxqa amr qildiki,
mening bir farzandim bu jamoat orosida bordur. Chiqarib ishiga mashg‘ul qil! Tonglasi Shayx
Ruknuddin ul jamoatdin tafahhus qildi. Ersa oni ko‘rguzdilar. Hamul oliy ishorat bila ani alar orasidin
chiqarib, tarbiyatig‘a; mashg‘ul bo‘ldi, to oliy maqomg‘a yetti. Andin so‘ngra Xuroson viloyati sori
ruxsat berdi. Amir Husayniy Hiriy shahrig‘a keldi va Hirot xalqi muridu muxlis erdilar. Yetti yuz
o‘nda Shavvol oyining oltisida olamdin o‘tti va Masraxda Abdulloh b. Ja’far Tayyorning gunbazi
qoshida dafn qildilar, r. a.
Do'stlaringiz bilan baham: |