Unda baxt ko'radi tubanlik, xo'rlik».
Vatanda turib, vatansiz yurgan xalq sezimlari boricha
ko'rsatilgan ushbu satrlar kimga tegishli?
A) A. Pushkinga
B) V. Shekspirga
C) H.Haynega
D) M.Gorkiyga
26. Qaysi qatorda Asqad Muxtorning «Chinor» romani
qahramoni Akbarali haqidagi ma’lumot berilgan?
A) U «yigitlik qasamidan kecha olgan, onasining
vujudini kemirayotgan dardni pisand qilmagan»; «el-
yurt oldida
uzr so‘ratmoqchi, diliga insof solmoqchi» bo‘lgan
otasi qo‘lidan qochib, «ota diydoridan, ona mehridan,
yor- birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz
yetadigan joyda quvg‘in bo'lib, olamdan o‘tadi».
B) «... qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga
sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat
mehnatimni ko‘rsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! ...
Shundagina bir kuni borib, xotinim bilan qizimning
oyog‘iga bosh qo'ysam, balki gunohimdan o‘tishar»
degan niyatda edi.
C) U yordamga muhtoj insonning yoniga bormay, bir
umrlik vijdon azobida qoladi, jasoratli o‘lim topgan
insonning mardligi uning nomi bilan bog’langanidan
yanada azoblanib, xatosini «yana qo'rqoqlik» bilan
tuzatmoqchi bo‘ladi.
D) Yaqinlariga begona boiib qolgan bu qahramon “...
ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi», chunki
«ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unitilib ketgan
Shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi”.
27. Qaysi javobda Sergey Yeseninning «Bu dunyoda
men bir yo‘lovchi» she’ri haqidagi to‘g‘ri fikr
keltirilgan?
A) She’r satrlaridagi «choyxona», «choy», «tong yuzli
dildor», «shohi ro‘mol», «ohu ko‘z», «lolagun» so‘z-
timsollari Sharqni eslatib turadi.
B) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning
o‘ziga
xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini ta’minlagan.
C) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan.
D) She’rda sof insoniy sevgi- muhabbat haqida so‘z
ochilib, u Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini ulugiash
bilan yakun topadi.
28. «Yurtimga farzandim ega bo‘ldi, deb
Xaloyiqni xabar qilib yig‘dirdi,
Qancha so‘qim, qancha qo‘yni so‘ydirdi.
Necha yoqdan endi o‘choq o'ydirdi...»
Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramon
otasining el-u xalqqa to‘y berishi tasvirlangan?
A) Alpomishning
B) Kuntug‘mishning
C) Rustamxonning
D) Ravshanning
29. Haynrix Haynening 30 ta davlatchaga bo‘linib
yashayotgan Germaniyaning nochor siyosiy-iqtisodiy
ahvolini achinib yozgan ocherklaridan iborat asarini
belgilang.
A) «Qullar kemasi»
B) «E’tirof»
C) «Yo‘l lavhalari»
D) “Germaniya. Qish ertagi”
30. Quyidagi baytda qo'llangan o‘xshatish san’ati
vositasi to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni toping.
Ayo, bo'yi sanubar, chehrasi oy,
Quyosh yanglig’ jamoling olamaroy.
A) bo‘yi sanubar
B) chehrasi oy
C) yanglig’
D) quyosh, chehra
Do'stlaringiz bilan baham: |