Radiasion nazorat priborlari, sistema va vositalari
Atrof-muhitni radiasion nazorati
Aholini dozimetrik nazorati
Atrof-muhitni radiasion nazorat pribori
Yordamchi vositalar
Tashqi nurlanish
nazorat pribori
Ichki nurlanishni
nazorati pribori
Radiometrik
priborlar
Dozimetrik
priborlar
Spektormetrik
priborlar
1.Havo, yer,
suvdan
namuna
oluvchi.
2. Radiometrik
laboratoriya
jihozlari
.
Individual
dozimetrik
komplektlar
Odam
nurlanishini
aniqlovchi
schetchiklar:
- radiometrlar;
- spektrometrlar
.
- radiometrlar;
- radiometrlar-
dozimetrlar;
- signal berish
qurilmasi
.
- dozimetrlar;
- dozimetrlar-
radiometrlar;
- radioaktiv
indikatorlar.
- alfa;
- alfa-beta;
- alfa-beta-
gamma;
- sepktrometrlar.
Radiasion nazorat sistemalari
. - atrof-muhit manitoringi;
- uy va ofislarda;
- yadroviy energetik qurilmalarda
Fotografiya metodi ionizasiya qiluvchi nurlarni fotoplyonkani sezgir
qatlami tasiriga asoslangan. Bunda bromli kumush ozod kumush
atomlarini paydo qilib parchalanadi va kumushni o’ta mayda kristallari
proyavka qilingan plyonkani qorayishiga olib keladi. Fotoplyonkani
qorayish zichligi nurlanish dozasiga proporsional. Bu prinsip asosida
shaxsiy fotodozimetrlar ishlaydi.
Ssintilyasion metod ba’zi moddalarni (ruh sulfati, yodli Na)
ionizasiya qiluvchi nurlar ta’sirida nurlanishiga asoslangan. Vspыshkalar
soni ionizasiya qiluvchi nurlar dozasiga proporsional.
Kimyoviy metod ionizasiya qiluvchi nurlarni ba’zi moddalarni
ximiyaviy o’zgartirishiga asoslangan. Bu esa ushbu moddalar eritmalarini
indikator qo’shilgan holda rang paydo qilishiga yoki rangini o’zgarishiga
olib keladi. Bu prinsipda ximik dozimetrlarni ishlashi asoslangan.
Ionizasion metod ionizasiya qiluvchi modda atomlarini ionizasiya
qilinishiga ya’ni elektrik neytral atomlarni, molekulalarni parchalab
musbat va manfiy ionlar hosil qilinishiga asoslangan. Bu nurlanilayotgan
modda hajmiga elektrod kiritilib o’zgarmas kuchlanish berilsa elektrodlar
orasida elektr maydon hosil bo’ladi. Ionizasiya qilingan gazda elektr
maydon bo’lsa zaryadlangan zarrachalarni yo’nalgan harakati paydo
bo’ladi, shuningdek gaz orqali ionizasiya deb nomlaniladigan elektr tok
o’tadi. Ionizasion tokni o’lchay turib nurlar intensivligi haqida ma’lumot
olish mumkin. Ionizasiya metodi asosiy metod hisoblanib deyarli barcha
dozimetrik priborlarda ishlatiladi.
Ionizasiya qiluvchi nurlarni muxitga ta’sirini baholashda ionizasiya
qiluvchi nurlarni ekspozision dozasi. (nurlarni miqdoriy tavsiflashda) va
ekspozision doza quvvati (ma’lum vaqtdagi ekspozision doza) fizik
kattaliklari foydalaniladi.
Ekspozision doza - rentgen (r)da o’lchanadi. Ekspozision doza
quvvati - rentgen soatda(r/s)-yoki millirentgen/soat (Mr/s) o’lchanadi va
radiasiya darajasi deb ataladi.
Deyarli barcha dozimetrik priborlar qo’yidagilardan iborat (rasm-
2.5):
1.
Qabul qilish qurilmasi (nurlanish detektori).
2.
Elektrik sxema – juda kichik va bevosita o’lchash qiyin bo’lgan
ionizasiya tokini kuchaytirish va o’zgartirish uchun
mo’ljalangan.
3.
O’lchash pribori – mikroampermetr.
4.
Kuchlanish o’zgartirgichi - detektor va elektrik sxemani yuqori
kuchlanish bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan. Bu batareya
kuchlanishini priborni normal ishlashi uchun kerakli
qiymatlargacha oshiradi.
59
Rasm-2.5. Dozimetrik asbob tuzilishini prinsipial sxemasi.
Dozimetrik priborlarda detektor sifatida ionizason kamera (rasm-
2.6) yoki gazorazryad schetchigi ishlatiladi. Ionizasion kamera havo bilan
to’ldirilgan yopiq hajm bo’lib unda 2-ta elektrod joylashtirilgan va ularga
o’zgarmas tok manbaidan kuchlanish beriladi. Agar ionizasiya qiluvchi
nurlar bo’lmasa, kamera zanjirida elektr tok ham bo’lmaydi, chunki havo
yaxshi izolyator hisoblanadi. Ionizasion nurlar ta’sirida havo molekulalari
ionizasiya qilinadi. Bunda musbat zarrachalar katodga (manfiy
elektrodga), manfiy zarrachalar esa anodga (musbat elektrodga) intiladi.
Kamera zanjirida ionizasiya toki paydo bo’ladi va u mikroampermetr bilan
o’lchanadi. Ionizasiya tokini raqamli qiymati nurlanish quvvatiga
proporsional.
Rasm- 2.6. Ionizasion kamera sxemasi:
1- kamerani ichki yuzasi va o’zagi (musbat elektrod); 2- metall xalqa (manfiy
elektrod); 3-kamerani tubi; 4-izolyator; 5-muhofaza xalqasi.
60
Gazorazryad
schetchigi mayda intensivlikdagi radioaktiv
nurlanishlarni o’lchaydi. U siyraklashtirilgan inert gazlar (argon, neon) va
spirt bug’lari (schetchik ishini yaxshilash uchun) aralashmasi bilan
to’ldirilgan germetik metall yoki shishali silindr shaklida bo’ladi. U silindr
ichida uning o’qi bo’ylab o’tkazilgan ingichka metall ipdan (anod), va
silindrni ichki yuzasiga yotqizilgan metall qatlamidan (katod) iborat.
Metall ip va tok o’tkazuvchi qatlamga elektr tok kuchlanishi beriladi.
Radioaktiv nurlanish bo’lmaganda schetchik hajmida ozod ionlar
yo’q, shuning uchun schetchik zanjirida elektr toki ham bo’lmaydi.
Radioaktiv nurlanish ta’sirida schetchik hajmida zaryadlangan zarrachalar
(musbat ionlar va elektronlar) paydo bo’ladi. Elektronlar elektr maydon
ta’sirida anod tomonga harakatlana turib kinetik energiyaga ega bo’lishadi
va o’zlari gazli muhit atomlaridan elektronlarni urib chiqaradi. Bu
elektronlar esa o’z o’rnida yana ionizasiyani keltirib chiqaradi. Shunday
qilib radioaktiv nurlarni bitta zarrachasi, bir necha elektronlarni paydo
bo’lishiga olib keladi. Schetchik ipida (anod) ko’p miqdorda elektronlar
to’planadi, musbat potensial pasayadi va elektrik impuls paydo bo’ladi.
Impuls sonlarini ma’lum vaqt ichida registrasiya qila turib, radioaktiv
nurlarni intevsivligini baholash mumkin.
Dozimetrik priborlar qo’yidagi maqsadlarga ishlatiladi:
1)
Nurlanishni nazorat qilish (odamlar va qishloq xo’jalik
hayvonlari tomonidan olingan nurlanishni ekspozision dozasi
haqida ma’lumot) - shaxsiy dozimetrik komplektlari.
61
2)
Radioaktiv zararlanishni nazorat qilish (odam,hayvon, texnika,
transport, jihozlarni, shaxsiy himoya vositalari, oziq-ovqat, suv va
boshqalarda radioaktiv zararlanishni nazorat etish) - radiometrlar.
3)
Hududlarda radiasiya darajasini aniqlash - radiasion razvedka,
radioaktivlik indikatorlari, radiometr-rentgenometrlar.
Shaxsiy dozametrlar komplekti DP 22V va DP-24. cho’ntakli
ko’rsatuvchi DKP-50A dozimetrlardan iborat bo’lib odamlar tomonidan
radioaktiv moddalar bilan zaharlangan hududlarda ishlash jarayonida
olinadigan gamma nurlanishlarni ekspozision dozasini aniqlash uchun
mo’ljallangan.
DP-22V ZD-5 zaryad qurilmasi va 50 ta shaxsiy cho’ntakli DKP-
50A dozimetrdan, DP-24 esa DP-22Vdan farq qilib 5 ta DKP-50A
dozimetrlaridan iborat.
Zaryadlash qurilmasi DKP-50A dozimetrlarni zaryadlash uchun
mo’ljallangan bo’lib unda kuchlanish o’zgartirgichi, yuqori kuchlanish
to’g’irlagichi, potensiometr-kuchlanish rostlagichi, zaryad uychasini
yoritgichi, mikrokalit va ta’minlash manbai joylashgan. Ta’minlash
manbai 2 ta 1,6 MPU-U-8 quruq elementlardan iborat bo’lib priborni 30
soat davomida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Zaryad qurilmasi chiqishida
kuchlanish 180-250V ni tashkil etadi.
Cho’ntakli DKP-50A dozimetrlari (rasm-2.7) gamma nurlarni
ekspozision dozalarini o’lchashga mo’ljallangan avtoruchka shaklida
ishlangan. Dozimetr dyural korpusdan iborat bo’lib unda ionizasion
kamera (kamerada elektroskopli kondensater joylashtirilgan), o’lchash
62
qurilmasi (okulyar, obyektiv va shkaladan iborat) va zaryadlash qismi
(diafragma, harakatlanuvchi kontaktli shtir) joylashgan.
Dozimetrni zaryadlash paytida elektroskopni vizir ipi elektrostatik
itarish kuchi ta’sirida ichki elektroddan uzoqlashadi va o’lchash qurilmasi
shkalasini nuli bilan birlashadi. Gamma nurlanishlar ta’sirida kamera
hajmida ionizasion tok paydo bo’ladi. Ionizasion tok kondensatorni va
kamerani boshlang’ich zaryadini, demak ichki elektrod patensialini
kamaytiradi. Bu esa vizir ipi va elektrokoskop tutqichi orasidagi
elektrostatik itarish kuchini kamaytiradi; vizir ip va tutqich bir biriga
yaqinlashadi. Vizir ipini shakli o’lchash shkalasida siljiydi.
Rasm-2.7. DKP-50A dozimetrii:
a – umumiy ko’rinishi; b – shkalasi.
Radiometr - rentgenenmetrlar DP5A (rasm-2.8) va DP-5V
hududlarda radiasiya darajasini va turli predmetrlarni radioaktiv
zararlanishini gamma nurlanish bo’yicha o’lchashga mo’ljallangan.
Gamma nurlanish quvvati mr/soat yoki r/s o’lchanadi. Asbobda betta-
nurlarni aniqlash ham mumkin.
Pribor (rasm-2.9) 6 ta o’lchash poddiapazonlariga ega bo’lib 0,05
mr/s to 200 r/s o’lchaydi. Ko’rsatkichlar mikroampermetr shkalasi
63
bo’yicha hisoblanib poddiapazon koeffisiyentiga ko’paytiriladi. Shkalani 0
dan birinchi raqamlarigacha bo’lgan uchastkasi ish uchastkasi
hisoblanmaydi. Asbob 1-chi poddiapazondan tashqari barcha
poddiapazonlarda tovushli indikasiyaga ega (telefon yordamida eshitiladi).
Pribor 3ta KB-1 quruq elementlaridan ishlaydi va 40 soat (DP5A) va 55
soat (DP 5V) uzluksiz ishlashi mumkin. Bu elemntlardan bittasi shkalani
yoritish uchun mo’ljallangan.
Rasm-2.8. DP-5A radiometr-rentgenometri:
1-telefonlar kabeli; 2-futlyar; 3-futlyar qopqog’i; 4-zond kabeli;
5-zond tutqich.
64
Rasm-2.9. DP-5A radiometr-rentgenometrini o’lchash pulti:
1-tashqi qismi; 2-old qismi; 3-mikroampermetr ko’rsatkichlarini o’chirish tugmasi; 4-telefonni
ulash uychasi; 5-ish rejimini rostlash patensiometrini dastagi; 6-mikroampermetr; 7-shkalani
yoritish kaliti; 8-podiopazonlarni qayta ulash dastagi; 9-zond kabelini ulash joyi; 10-nolni mexanik
o’rnatish probkasi.
Ta’minlash manbalari bo’lmaganda priborlar tashqi o’zgarmas tok
manbalariga (3,6 va 12 v DP-5A; 12 yoki 24 v DP 5V) ta’minlash
kolodkalari va kuchlanish bo’luvchilari (uzunligi 10 m kabeli b/n) orqali
ulanadi.
Priborni qabul qilish qurilmalari gazorazryad schetchiklari bo’lib
DP 5A priborida: bittasi (SIZBG) o’lchash pultida; ikkita (SIZBG va STS-
5) zondda, DP 5V priborida 2 ta (SBM-20 va SIZVG-5) detektrlash
blokida joylashgan.
Zond va detektrlash bloki po’loddan yasalgan silindrsimon korpus
bo’lib etilsellyulozali suv o’tkazmaydigan plenka bilan qoplangan va
betta-nurlarni indikasiya qiladigan derazadan iborat. Korpusga metalldan
yasalgan va buraladigan ekran o’rnatilgan. Bu ekran zondda 2 holatda
(«G», «B») va detektrlash blokida esa 3 holatda («G», «B», «K») fiksasiya
qilinadi. «G» holatda gamma nurlar, «B» holatda betta nurlar va «K»
65
holatda nazorat betta-nurlanish manbai ulanadi. Bunda DP-5V priborini
ishga yaroqliligi tekshiriladi. O’lchov pultini schetchigi «200»
poddiapazonida ishga tushiriladi.
Rentgenometr DP-3B bort asbobi hisoblanib, u avtomobil, kater,
samolet, vertolet va boshqa harakatlanuvchi razvedka olib boruvchi
vositalarga o’rnatiladi. Bu radioaktiv moddalar bilan zararlangan
hududlarda radiasiya darajasini o’lchashga mo’ljallangan, Pribor 12 yoki
24v kuchlanish bilan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |