14
3. Abul Faraj al-Isfahoniyning «Qo‘shiqlar kitobi» va unda bayon
etilgan ma’lumotlar.
4. Ilk o‘rta asrlar bastakorligi qaysi davrlardan boshlangan?
5. Borbadning bastakorlik faoliyati va yaratgan asarlari.
1.2. RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLAR BASTAKORLIGI
Ma’lumki, o‘rta asrlar ilmda «Uyg‘onish davri» deb yuritiladi.
Bu ibora barcha ilmlarga taalluqli bo‘lib, musiqa san’ati, ayniqsa,
bastakorlik ijodiyoti ham bundan mustasno emas. Musiqa san’atining
barcha yo‘nalishlari, ya’ni musiqa ilmi va amaliyoti, ijodiyoti va
cholg‘ushunosligi benihoya rivoj topganligi o‘tmish manbalarida
ifodasini topgan. O‘tmish musiqiy risolalarini o‘rganib, tarjima
qilinishi va davr allomalari tomonidan musiqa ilmiga bag‘ishlangan
risolalar bitilishi musiqa ijodiyotining samaralarini belgilab berdi.
Amir Temur va Temuriylar davri O‘rta va Yaqin Sharq xalqlari
musiqa san’atining rivojlangan, ya’ni Uyg‘onish (Oltin) davri
bo‘lganligi e’tirof etiladi. Ushbu davrda ilm-fan har tomonlama
taraqqiy topadi. Musiqa san’atiga xos barcha yo‘nalishlar, ya’ni
ilmiy va amaliy jarayon bir-biriga uyg‘un holda kamollikka erishdi.
Ular qatorida bastakorlik ijodi o‘zining eng samarali asri, kamolot
davrini o‘tadi. Avvalo, bastakorlik ijodining mahsuli bo‘lmish
mumtoz musiqa o‘ziga xos tizimga keltirildi va 12 maqom
tizimida, bir shaklda uyg‘unlashdi. «Musiqa ilmida, – deb yozadi
O. Matyoqubov, – janglarning eng oliy navlariga nisbatan maqom
iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan.
Sharq musiqasida keng tarqalgan «12 maqom» sistemasi ham ana
shundan boshlangan
1
». 12 maqom tizimidagi Rost, Isfahon, Iroq,
Ko‘chak, Buzurg, Hijoz, Busalik, Ushshoq, Husayniy, Zangula,
1
O. Matyoqubov. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga
kirish. – T., 1983. 23–24-betlar.
16
o‘tadi. Ularning bastakorlikda naqsh va peshravlar, «Chorgoh savti»
yaratganliklari haqidagi ma’lumotlar bir qator manbalarda bayon
etilgan.
Temuriylar davri musiqa madaniyati hayoti Alisher Navoiyning
asarlarida «Lison ut-Tayr», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-Nafois»,
«Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Hasan Ardasher» kabi
asarlarida asosli yoritilgan. Musiqa ijodiyoti doirasida bastakorlik
ijodiyotining turli jihatlari har tomonlama Navoiy qarashlari bilan
tahlil etilgan. Navoiy ta’limotini uning bitgan risolalari orqali
anglash inson kamolotining garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: