8
SO‘Z BOSHI
Og‘ir rangli metallar metallurgiya kursi
yosh mutaxassislarga ishlab
chiqarish va ilmiy izlanish ishlarida murakkab sanalgan jarayonlarni oson
o‘zlashtirishga yordam beradi. Mazkur darslikning muhim tomoni shundan
iboratki, zamonaviy ilmiy adabiyotlarni o‘rganishda, ilmiy
tadqiqot ishlarini olib
borishda
va
talabalarni
boshqa
texnologik
ahamiyatga
ega
bo‘lgan
mutaxassisliklarni ham o‘rganishda bu kursning puxta o‘rganilishi talab etiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur darslik oily o‘quv yurtlari talabalar
iuchun mo‘ljallangan bo‘lib, u imkon qadar “Og’ir rangli metallar metallurgiyasi”
kursining barcha mavzularini o‘z ichiga mujassamlashtirgan. Bu o‘quv
qo‘llanmadan sanoat ishlabchiqarish korxonalarida ishlayotgan metallurgiya
mutaxassislari hamda sohasi yaqin bo‘lgan oily o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan
talabalar ham foydalanishlari mumkin.
Mazkur darslik mualliflarning ko‘pyillar mobaynida oily o‘quv
yurtlarida,
o‘rtamaxsus ta’lim bilim yurtlaridagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida metallurgiya
va shu sohaga tegishli fanlarni o‘qitishda to‘plangan tajribalari asosida yozilgan.
Ayni paytda mazkur kurs bo‘yicha o‘zbek tilidagi adabiyotlarning kamligi ham
ushbu qo‘llanmani yaratilishiga asosiy turtki bo‘ldi.
9
KIRISH
Bugungi kunda metallurgiya sanoati jadallik bilan rivojlanib bormoqda.
Metallga boʼlgan ehtiyojning keskinlik bilan oshishi yangi turdagi texnologiyalarni
yaratishga sabab boʼlmoqda. Jumladan iqtisodning turli tarmoqlarida ogʼir
rangli
metallar hisoblanuvchi mis, rux, qoʼrgʼoshin, qalay, kadmiy, nikel, kobalt
metallariga talab oshib bormoqda.
Hozirgi vaqtgacha mis metallurgiyasida keng tarqalgan texnologik sxema va
ularning qurilmarini joylashish sxemalari ko‘pgina kamchiliklarga ega.
Ularning
asosiy kamchiligi sifatida qimmatli komponentlarni texnologiyaning mahsulot va
yarim mahsulotlari bilan ifloslanishiga olib keluvchi, rudali xom ashyoning ko‘p
bosqichli qayta ishlanishini keltirish mumkin. Buning
natijasida ular rudali xom
ashyodan to‘liq va hamma foydali komponentlarni ajratib olinishini ta’minlamaydi.
Bundan tashqari, mavjud pirometallurgik jarayonlar,
birinchi navbatda energetik
sarf – xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rudali eritish atrof muhitni ifloslanishiga olib
keladi. Qo‘llanilayotgan ko‘pgina jarayonlarni eskirib, hozirgi kun talabiga javob
bermaydigan deb atash mumkin.
“Ogʼir rangli metallar texnologiyasi” fani xom
ashyoni metallurgik qayta
ishlashga tayyorlash, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalanib metall
tarkibli xom ashyoni qayta ishlab
asosiy metallni ajratib olish, asosiy metalldan
tashqari yarim mahsulot va chiqindilardan qolgan qimmatbaho moddalarni ajratib
olish, qayta ishlash jarayonida kechadigan fizika-kimyoviy oʼzgarishlarni bilish va
ularga taʼsir etish, metall tarkibli xom ashyolarni qayta ishlashda qoʼllaniladigan
asosiy va yordamchi dastgohlar turi va ularning ishlash printsipini bilish toʼgʼrisida
bilimlarni oʼrgatadi. Shu sababadan fan “Metallurgiya” yoʼnalishidagi
mutaxassislarni tayyorlashda dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: