86
– bu ifloslantiruvchilarning shunday konsentratsiyasidan iboratki, bu
ko‗rsatkich insonga, tirik organizmlarga bevosita
yoki bilvosita zararli
ta‘sir etmaydi.
Atmosferaning
ifloslanish
meyori.
Bunda
REM
ikkita
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: o‗rtacha sutkalik (uni uzoq ta‘sir etishi
organizmda hech qanday patologik o‗zgarishlar va ta‘sirlar vujudga
keltirmaydi), maksimal bir martalik chiqindilarni chiqarish. Bunda ham 20-
30 minut davomida yuqori darajadagi ifloslangan moddalarni muhitga
chiqarish, bu ham yuqoridagidek organizmga ta‘sir etmaydi.
Suv havzasining ifloslanish meyorlari. Gigienik REM, maksimal
konsentratsiya inson organizmining kasallanishiga ta‘sir etmaydi va
suvdan foydalanish sharoitlarini buzmaydi.
REM ni aniqlash xavfli
chegaralangan ko‗rsatkichlardan (XChK) foydalanish bilan bog‗liq. XChK
uch guruhga bo‗linadi: sanitarli toksikologik, umumsanitar va organoleptik
(sezish organlari orqali hid va mazasini aniqlash).
Baliq xo‗jaligining REM – suv havzasining ekologik xavfsizligini va
suv biotsenozlarining zararli moddalarga nisbatan holatini aniqlaydi.
Ruxsat etilgan chiqindi (RECh) – ma‘lum vaqt mobaynida mavjud
manbaning zararli moddalarini chiqarishi. Ruhsat etilgan oqim, tashlama
(REO) – oqava suvlarning ifloslantiruvchi moddalarni havzaga tashlashi.
Eng yuqori talab ichimlik suviga nisbatan qo‗yiladi. Davlat standarti
(andozasi) ichimlik suvi va oziq-ovqat sanoatiga to‗g‗ri keladi (2874-73).
Andoza ichish uchun qulay organoleptik ko‗rsatkichlar bo‗lishligini taqozo
etadi: mazasi, hidi, rangi, tiniqligi, hamda uning kimyoviy tarkibini
zararsizligi va epidemiologik xavfsizligi. Ichimlik suvida 4 g/m
3
miqdorda
kam kislorod bo‗lmasligi lozim. Xlor ioni 350, sulfat 500, temir-0,3,
marganets-0,1, mis-1,0, rux-5,0, allyuminiy -0,5, metafosfat-3,5, fosfat-3,5,
quruq qoldiq 1000 mg/l dan kam bo‗lishi kerak. Bunday suv ichish uchun
yaroqli. Suvni minerallashuvi 1000 mg/l dan ziyod bo‗lsa yaroqli emas,
100 mg/l dan kam bo‗lsa ham yaroqsiz, tuz kamlik qiladi, distillangan suv.
Suvni qattiqligi PH 6,5-8,5 atrofida bo‗lish lozim.
Meyoriy ekologik jarayonlar.
Standart, ya‘ni andoza – bu meyoriy
texnik xujjat, faoliyatda foydalanish uchun aniqlangan meyor, qoida,
talablar majmuasi bo‗lib ularga bo‗ysinish lozim. Meyor –
foydalaniladigan maksimal miqdordagi resurs, yoki atrof-muhitga
chiqariladigan chiqindi miqdori. Shu munosabat bilan suvdan foydalanish
meyori, chiqindi meyori, sanitar-gigienik
meyor va boshqalar ishlab
chiqilgan. Normativ – belgilangan meyor – bu elementlar bo‗yicha tashkil
qilingan meyor, resurslarni solishtirma sarfi, qaytimsiz kattalikdagi
87
iste‘mol. Ekologik belgilangan meyor insonga eng katta yoki eng kuchli
darajada ta‘siri darajasida belgilanadi. Ekologik belgilangan meyor ikki
ko‗rsatkich asosida ishlab chiqiladi: balansli va baholovchi. Balansli meyor
maksimal miqdordagi resursni belgilaydi, Chunki u shu ishlab chiqarish
darajasida mahsulot tayyorlashga etishi kerak.
Bu usulda korxonaning
rejali ko‗rsatkichlari va resurslarni sarf qilish limitlari aniqlanadi.
Baholovchi meyorlar asosida ishlab chiqarish topshiriqlari, xo‗jalik
faoliyatining atrof-muhitga ta‘sir mezonlari, kelajakdagi meyorlar
aniqlanadi. Shuningdek, bu ko‗rsatkich ifloslanish xavfsizligi yoki xavfi,
tabiiy muhitning buzilishi ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: