O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

Biosferaning chegaralari
. Tirik organizmlar Yerning gazsimon 
(atmosfera), suyuq-gidrosfera) qattiq (litosfera) qismlarida joylashgan. 
Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 15—25 km balandlikda 
(Yerning har xil hududlarida farqlanadi), atmosferaning quyi qatlami 
troposferada joylashgan. Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta‘sirida 
kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo‗ladi. Ozon ekrani tirik 
organizmga ko‗p miqdorda zararli ta‘sir ko‗rsatuvchi kosmik va 
ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini Yer yuzasiga o‗tkazmaydi. 
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o‗ta 
chidamli bakteriyalar, zamburug'lar, moxlar va paporotniklarning 
sporalari 
uchraydi. 
(Ular 
aeroplankton 
deyiladi). 
Kapalaklar, 
o‗rgimchaklar va ba‘zi qushlar 6—7 km gacha ko‗tarilishi kuzatilgan. 
Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko‗llar va daryolarning suvlari 
hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. 
Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto eng chuqur — 11 km gacha 
bo‗lgan joylarida uchraydi. 
Litosferada 
hayot 
uning 
yuqori 
qatlamlarida, 
3—4 
km 
chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft 
quduqlari kavlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bakteriyalar topilgan. 
Shunday qilib, biosfera — Yerning tirik organizmlar yashaydigan 
geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari 
biosferaning chegaralarini aniqlaydi. 
Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil bo‗lib, uni 4 


52 
qismga ajratish mumkin: 
1. 
Tirik moddalar. 
2. 
Biogen moddalar. 
3. 
Qattiq jismlar. 
4. 
Biogen va abiogen hosil bo‗luvchi moddalar. Sayyoramizda 
yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‗indisi biosferaning tirik 
moddasini tashkil qiladi. 0‗zining massasiga ko‗ra tirik modda 
biosferaning juda kichik tarkibiy qismi boisa ham geologik davrlar 
mobaynida ularning faoliyati Yerning rivojlanishiga juda katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
V. I. Vernandskiy Yerning paydo bo‗lishidan ko‗p o‗tmasdan unda 
hayot paydo bo‗lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‗zgartiruvchi asosiy 
omillardan biri bo‗lgan deb ta‘kidlaydi. 
Biogen moddalar — tirik organizmlar faoliyatining mahsulotlaridir. 
Ularga neft, toshko‗mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin. 
Qattiq jismlar — tirik organizmlar faoliyatiga bog‗liq bo'lmasdan 
tabiiy jarayonlar, masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo'lgan tog‗ jinslari. 
Biogen va abiogen hosil bo‗luvchi moddalarga tirik organizmlar 
ta‘sirida hamda organik tabiat jarayonlari ta‘sirida hosil bo‗ladigan tuproq 
misol bo‗la oladi. 
Shuningdek, biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv 
moddalar, tarqoq atomlar, meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham 
uchraydi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish