CHIQISH
va amalga oshirishni taqazo etayotganini»
e’tiborga olgan xolda, shuningdek, «olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va
jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, xayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muxim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul kilinishi
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu
xujjatda 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki
vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat xokimiyati tizimida Oliy
Majlisning rolini» oshirish uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muxim vazifalarni xal etish
hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini
yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.
Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning
rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Xarakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi
printsiniga asosan boshqa xokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni
ta’minlash. Uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, loyixada Oliy Majlis
Qonunchilik palatasining deputati va Senat azosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida maxalliy
davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli
choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish bo‘yicha vakili biznes ombudsmanni parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi.
Xarakatlar strategiyasida Prezident III.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas,
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga
doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarining xolatini o‘rganish va xalq bilan muloqot
qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma
qarori loyixasini ishlab chiqish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kunda
kamida bir tumanda bo‘lib, davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilishi, tegishli
raxbarlarning xisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi hamda tegishli
xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari
bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan xar
bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda
tutilmokda.
Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul
qilishi eng asosiy demokratik kadriyatlardan biri ekaniga etibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining
o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning
yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi
deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili. Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa
maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq
ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.
Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul kilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-xuquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga
yo‘naltirgan xolda tubdan oshirish. Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili
biznes ombudsman to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, unda yangi
tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida
davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati
tekshirilayotganda ularni xuquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va
talablarining amalda ruyobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativ xuquqiy
xujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baxolash; davlat
organlari, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, maxalliy davlat
xokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va xokazo.
Biznes ombudsmanni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlarining
qonuniy xuquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini
ta’minlashga, xususiy mulkni xar tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muxitini sifat jixatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bajarilishi ustidan parlament
nazorati o‘tkazishdan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman xar bir
fuqarolik jamiyati uchun xos bo‘lgan xuquq - mamlakat fuqarolarining iqtisodiy xuquqlarini himoyalash
va ta’minlashning asosiy instituti sifatida faoliyat yuritishi muqarrardir.
Ko‘rinib turibdiki, biznes ombudsmanga berilishi nazarda tutilayotgan xuquq va vakolatlar
mamlakatimiz iqtisodiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning o‘z ish saloxiyati,
uddaburonligi, ishchanligi va g‘ayrat-shijoatini to‘liq ravishda ruyobga chiqara olishlari uchun shart-
sharoitlar yaratadi. Mulkdorlar sinfini bu kabi xuquqiy asoslar va institutlar vositasida himoyalash,
ularning xuquq va erkinliklarini ta’minlashga doir aloxida davlat siyosati uchun asos solinishi bu
mamlakatimizning rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan xuquqiy davlat sari intilayotganini anglatadi.
Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha
vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish hakida»gi O‘zbekiston Respublikasi konuni loyixasini ishlab chiqish. unda mazkur qonunning
normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat xokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament
nazorati to‘g‘risida»gi konunlarga moslashtirish, ombudsman mintaqaviy vakillarining xuquqiy
maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutildi.
Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28
dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shaxrida, shuningdek xar bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin Xalq qabulxonalari) va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari
va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Prezident farmonida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik
shaxslarning xuquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan,
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatla - ri (bundan buyon - murojaatlar) bilan ishlashning sifat
jihatidan yangi va Samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Xukumatga, davlat
boshqaruvi organlariga, sud, xuquqiy muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, maxalliy davlat
xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon-davlat organlari) va xo‘jalik
boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy xuquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi
uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi
bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi
ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga
kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi
ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan
murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish
kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi
qonunlarning qabul kilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va xuquqiy
davlatga xos bo‘lgan darajaga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |