Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu



3-MAVZU. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
Reja: 
1.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, 
siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. 
2.
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish 
3.
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish 
Tayanch so’zlar: 
Oliy Majlis, siyosiy partiya, qonun ijodkorligi, davlat boshqaruvi, xokimiyat, 
elektron xukumat, xalq bilan muloqot, virtual qabulxona, xalq qabulxonasi, tanqidiy tahlil, shaxsiy 
mas’uliyat, yo‘l xaritasi, davlat xizmatlari. 
1.
 
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy 
Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. 
Davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va 
tashqi siyosatiga oid muxim vazifalarni xal etish hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan 
parlament nazoratini amalga oshirish bO’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish. 
Jaxon 
tarixida bir necha minglab yillar davomida Davlat hokimiyatining jamiyat va odamlar maqsadi hamda 
manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi uchun xarakatlar bo‘ldi. Lekin, insoniyat va uning farovonligi uchun 
xizmat qiladigan xokimiyatga ega bo‘lish muammosi yechilmay qolaveradi. Faqat yangi davr XVII 
asrdan boshlab xokimiyatni qonuniy yo‘l bilan uchga bo‘lish asnosida zulm va zo‘ravonlik asosida 
davlat boshqaruviga yo‘l qo‘ymaslik xaqida dastlabki zamonaviy-nazariy karashlar paydo bo‘ldi. 
O‘zbekistonda xaqiqiy demokratik printsinlar va milliy manfaatlar asosida faoliyat yuritadigan ikki 
palatali professional parlament faqat mustaqillik davriga kelib shakllandi. Keyingi o‘n yillikda, 
bosqichma-bosqich ravishda parlamentga yangidan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalqimizning 
xuquqiy madaniyatini o‘sishi, siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi 
o‘laroq qonun chiqaruvchi xokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni 
o‘zida mujassamlashtirib bormoqda. 
Konstitutsiya va qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari 
qonun chiqaruvchi xokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini 
ta’minlay oladigan darajada belgilandi: Konstitutsiya va qonunlar qabul qilish, ularga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish, davlatning strategik dasturlarini qabul qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
xokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash, boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil 
qilish va ularni tugatish xaqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kredit, ma’muriy-xududiy tuzilish 
masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish va boshqalar shular jumlasidandir. 
O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish, Vazirlar Maxkamasi 


takdimiga binoan Respublika byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni joriy qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar 
Maxkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish 
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, Prezident taqdimiga binoan Markaziy bank boshqaruvi raisini 
tayinlash va lavozimidan ozod etish, Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat 
boshqaruv organlarini tuzish va tugatish, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda xolat 
joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, xalqaro 
shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis 
etish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomlarini o‘zgartirish va ularning 
chegaralarini o‘zgartirish, Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish ham 
Oliy Majlis vakolatiga kiradi. 
Mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada chuqurlashtirish natijasida ikki palatali parlament 
tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi xokimiyati xuquqiy davlat talablariga javob 
beradigan darajada faoliyat yurita boshladi. Eng muximi, garchand endi qonunchilik jarayoni ancha 
murakkablashgan bo‘lsada, qabul qilingan qonunlarnipg sifati ancha oshdi. Qonunlarni qabul qilishda 
siyosiy partiyalarniig roli kuchaydi. Qonun loyixalarini partiya fraktsiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, 
Qonunchilik palatasi yalni majlislarida xuquqiy xujjatlar loyixalarini muxokama qilishda bu 
fraktsiyalarning fikrlarini e’tiborga olish amaliyoti shakllandi. 
2016 yil 11 apreldan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati 
to‘g‘risida»gi Konunning 
5 moddasiga binoan 
mamlakatda quyidagi parlament nazorati shakllari o‘rnatildi: navbatdagi yil uchun O‘zbekiston 
Respublikasining 
Davlat byudjetini, 
davlat maqsadli 
jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish, 
shuningdek, Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy xayotining eng muxim masalalari yuzasidan xar yilgi 
maruzasini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining ayrim dolzarb 
masalalari yuzasidan 
xisobotini eshitish; 
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida xukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan 
axborotini 
eshitish; O‘zbekiston 
Respublikasi Xisob 
palatasining xisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining xisobotini eshitish; 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining xisobotini eshitish; parlament so‘rovi: 
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari 
tomonidan davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari raxbarlarining axborotini eshitish: qonun 
xujjatlarining ijrosi xolatini, xuquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘mitalari 
tomonidan o‘rganilishi va qonunosti xujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan 
monitoringning amalga 


oshirilishi; parlament tekshiruvi. 
Parlamentga berilgan nazorat xuquqlarining salmog‘idan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda bir 
vaqtning o‘zida ham oliy vakillik, ham qonunlar yaratish, ham parlament nazoratini olib borishga qodir 
bo‘lgan, xuquqiy davlat sifatlariga mos qonun chiqaruvchi xokimiyat shakllandi. Parlament nafaqat 
qonunlar va davlat byudjeti ijrosi yuzasidan xukumat va uning organlari faoliyatini bemalol nazorat qila 
oladigan, balki jamiyatning konstitutsiyaviy xuquqiy asoslar va qonunlarga rioya etgan xolda yashashini 
ta’minlaydigan oliy qonun chiqaruvchi xokimiyat idorasiga aylandi. 
Mamlakatda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 
Sh.M.Mirziyoevning saylovchilarning mutlaq yuqori - 88,61 foiz ovozini olgan xolda mamlakat 
Prezidenti etib saylanishi muxim va tarixiy voqea bo‘ldi. Qisqa davr yarim yil ichida mamlakatda davlat 
boshqaruvini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat qurish islohotlarini yanada 
chuqurlashtirishga doir qator xuquqiy xujjatlar qabul qilinib, ular ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy xayotga 
jadallik bilan joriy etila boshlandi. 
Xozirgi davrga kelib «mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda 
jaxon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama xisobga 
olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo 
yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab 

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish