Vitamin E tokoferolning turli sterio izomerlaridan tashkil topgan bo‗lib,
xozirgacha
ularning 7 xil izomeri aniqlangan. Ammo ulardan
-tokoferol barcha sterioizomerlar
orasida o‗zining biologik ta‘siri jixatidan eng kuchli xisoblanadi. Barcha tokoferollar
kimyoviy tuzilishining asosiy elementlaridan birini benzol bilan g-pironlardan iborat
kondensirlangan xromon yoki benzo g-degidroperan geterotsikl xalqasini tashkil qiladi.
Olimlarning tokoferol parchalanishidan kelib chiqadigan
maxsulotlarning chuqur
o‗rganish soxasida olib borilgan izlanishlari natijasida ularning kimyoviy tuzilishi
yaratildi. Bu borada keyinchalik uni sintez qilib olishda Karrer o‗z shogirdlari bilan
birgalikda samarali izlanishlar olib borib yaxshi natijalarga erishdi.
Preparat organizmda oqsil, qand lipid va pigmentlar almashinuvida ishtrok etadi. U
ayollarda xomiladorlik davrini normal kechishga yordam beradi. Nerv sistemasi, mushak,
qon tomirlarining qo‗zg‗aluvchan bo‗lishiga
yordam beradi
.
Tokoferolatsetatning 5,10 va
30%li moydagi eritmalari ichirilardi yoki mushak orasiga yuboriladi.
Preparatni odatda nerv sistemasi pereferik tomirlar va ko‗z kasalliklarida aterosklerozda,
organizmda jinsiy bezlar faoliyati buzilganda xamda boshqa kasalliklarda ishlatiladi.
-tokoferolatsetatni og‗zi maxkam yopiladigan qo‗ng‗ir yoki qora shisha idishlarda salqin
va yorug‗lik ta‘siridan extiyotlagan xolda saqlanadi.
Tishli kella o‗simligi selderdoshlar oilasiga mansub ikki yillik, buyi 1
metrga etadigan
o‗simlik. Poyasi tik o‗suvchi silindirsimon sershox va chiziqli. Bargi oddiy,
ikki yoki uch
marta ingichka chiziqsimon-ipsimon, o‗tkir uchli bo‗lakchalarga ajralgan bo‗lib poyada
qini bilan ketma-ket o‗rnashgan.
Maxsulot namligi 12%, umumiy kuli
10%, teshigining diametri 0,2
mm li elakdan
o‗tadigan mayda qismi 1%, o‗simlikning boshqa qismlari 6%.
Organik aralashmalar 2% va mineral aralashmalar 1,5%
dan
oshiq xamda maxsulot
tarkibidagi xromonlar yig‗indisining miqdori 0,8%
dan kam bo‗lmasligi kerak.
Kellin rangsiz, achchiq mazali ninasimon kristall modda bo‗lib, xloroform va mineral
kislotalarda, qaynoq metil va etil spirtlarida, qaynoq suvda oson eriydi.
Kellin va avisan preparati (mevani biologik faol moddalar yig‗indisi) spazmolitik va
siydik xaydash ta‘siriga ega bo‗lib, ko‗krak qisishi stenokordiya bronxial astma ko‗k
yutal
xamda meda-ichak va siydik yo‗lini spazm kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Kellin va avisan preparatlari tabletka xolida chiqariladi.
Gullari mayda, oq rangli bo‗lib, diametri 25
sm bo‗lgan 30-110 nurli murakkab soyabonga
to‗plangan. Soyaboning o‗rama barglari 15-20
ta, ikki marta patsimon ajralgan, o‗ramacha
barglari esa juda mayda 5 tishli, toji bargi 5ta, otaligi 5ta, onalik tuguni 2ta xonali pasga
joylashgan. Mevasi qo‗shalok, donacha,
iyun-avgust oylarida gullaydi,
mevasi avgust-
sentyabr oylarida pishadi. Vatani o‗rta er dengizi sharkida joylashgan davlatlar
,
asosan
sho‗r tuproqli gullarda, qiyaliklarda va begona o‗tlar orasida, ekinlar orasida o‗sadi. Tishli
kella o‗simligi faqat Ozarbayjonda uchraydi. SHimoliy Kavkaz,
Moldova va Ukrainaning
janubiy tumanlarida qrimda o‗stiriladi.
Tishli kella mevasi pishishi bilan o‗rib olinib, quritiladi va yanchilib mevasi ajratiladi.
Tayyor maxsulot tuxumsimon yoki chiziq tuxumsimon, yaltiroq, tuksiz, uzunligi 2-2,5
mm, yo‗g‗onligi 1,5
mm bo‗lgan qo‗shaloq donacha-mevachadan iborat.
YArimta donachasi yumaloq shaklli 5ta ipsimon qovurg‗ali, tuksiz va silliq 0,5-0,57 gr.
maxulot, xidi kuchsiz, achchiqroq biroz lovullatuvchi mazaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: