Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova


V. Darsga yakun yasash va baholash



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

 
V. Darsga yakun yasash va baholash
Darsda 
oʻtilganlarni umumlashtirish va mustahkamlashda quyidagi 
savollardan foydalaniladi: 

Darsda nima haqidagi hikoyatni oʻqidik? 

Nikoyatlar bizni nima qilishiga undaydi? 

Xalqimizda yana nimalar non kabi muqaddas hisoblanadi? 


177 

Yurtimiz nimalari bilan, qanday insonlar bilan mashhur boʻlgan? 

Otlar narsalarning nimasini bildiradi? 

Ot soʻz turkumidagi soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi? 

Qanday soʻzlarni bosh harf bilan yozamiz? 
Oʻquvchilarning darsdagi ishtiroki, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga
koʻra oʻqituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‗batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish
148-mashq sharti tushuntiriladi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Sо‗z turkumlarini о‗rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
о‗quvchilarning qanday koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga 
xizmat qiladi? 
2. Sо‗z turkumlarini о‗rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 
boʻyicha dars ishlanmalari uchun kо‗rgazmalar tayyorlang.
18-§. OʻQISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISH. 
Tayanch sо‘z va iboralar: 
о„qish darslari, axborot texnologiyalari, dars 
ishlanma, koʻrgazmalilik.
 
Boshlang‗ich 
sinf 
oʻqish darslarida axborot - kommunikatsiya 
texnologiyalarini qoʻllash bugungi kunning dolzarb va asosiy vazifalaridan biridir. 
Zero oʻqish darslarida axborot texnologiyalarida foydalanish quyudagi 
imkoniyatlarni taqdim qiladi: 
- darslar uchun zarur qoʻshimcha oʻquv va ilmiy axborotni izlash vaqtining 
qisqarishi va ulardan foydalanish; 
- oʻqish darslari uchun oʻquv va metodik adabiyotlarni yaratish va yangilash;
-oʻquvchilarninng individual mustaqil ishlashlarini tashkil etish; 
- ta‘lim jarayonining sifatini oshirish. 


178 
Darslarda koʻrgazmalilikni ta‘minlash, turli hil didaktik materiallardan 
foydalanish dars samaradorligini oshirish imkonini beradi. Oʻquvchilar uchun 
iqtidor va qobiliyatni yanada oʻstirish, mustaqil izlanish koʻnikmalarini 
shakllantirish, chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish, bilim sifatini oshirish
fikrlashning yangi usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi. 
Oʻqish darslarida oʻquv jarayonini АКТ yordamida koʻrgazmali tashkil 
qilishda uchta asosiy vazifani bajarish lozim: 
- koʻrgazmali qurol asosida oʻrganilayotgan voqea - hodisaning original 
obrazini yaratish; 
- nazariy bog‗liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki oʻquv 
vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini 
ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirish. 
Oʻquv materiallarini АКТ yordamida uzatishda og‗zaki tushuntirish, 
koʻrgazmali va amaliy metodlarni qoʻllash mumkin. Oʻqitishning zamonaviy 
usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyaiarini qoʻllashda ta‘limning 
maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg‗ri tanlash 
muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qollanadigan oʻqish darslarda 
oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirishini kuzatish, nazorat olib borish, 
zarur boʻlganda tuzatib borish imkoniyati yaratiladi. 
Koʻrgazmali axborot ishlatilganda oʻquvchilarda taassurot hosil boʻlishi 
og‗zaki bayon qilishga nisbatan 5-6 marotaba tezroq kechadi. Oʻquv materialini 
kompyuter texnologiyalari yordamida koʻgazmali uzatish, axborotning oʻquvchi 
tomonidan oʻzlashtirilishining samaradorligini ta‘minlaydi. 
Oʻqish dars mashg‗ulotlarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanilganda: 
- oʻquvchilarning fikrlash qobiliyati shakllanadi va rivojlanadi; 
- dars jarayonida oʻquvchilarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, 
tarixiy ong va tafakkurini shakllantirishda yordam beradi; 


179 
- oʻquvchilarning bilish faoliyatni kuchaytiradi, texnologik yondoshishga 
oʻrgatadi; 
- dars jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytiradi; 
- dars jarayonida kompyuter vositalaridan unumli foydalanishga koʻmak 
beradi; 
- dars jarayonining texnologik bazasini takomillashtirishga koʻmaklashadi; 
- dars jarayonida fanga oid yangi ma‘lumotlardan foydalanish imkonini 
beradi. 
АКТ ta‘lim jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi: 
- didaktik - kompyuter dasturlaridan koʻrgazmali qurol sifatida foydalanish; 
- uslubiy - dars natijalarini tahlil etishda; 
- tashkiliy - jarayonni qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish; 
- ta‘limiy — oʻquvchilarda oʻtilgan mavzuni mustahkamlash va ularda 
axborot texnologiyalari bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish. 
Shuningdek oʻqish darslarida AKTdan foydalanish oʻquvchilarning tarixiy, 
ijtimoiy, siyosiy, madaniy jarayonlarni yaxshi oʻzlashtirishlarida va ular toʻg‗risida 
aniq tasavvurga ega boʻlishlarida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish