Savol va topshiriqlar
1. Internet – bu… .
2. Elektron pochta xizmati va uning afzalliklarini tahlil qiling.
91
9 - §. MASOFAVIY TA‟LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.
Tayanch soʻz va iboralar:
masofaviy ta‟lim, masofalar oralig„i, audio ilova,
video ilova, kompyuter, internet vositalari.
Masofaviy ta‘lim – bu malaka oshirish maqsadini ro‗yobga chiqarish,
tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish
jarayoniga masofadan o‗qitish texnologiyalari integratsiyalashtirilgan ta‘lim shakli
bo‗lib, uning maqsadi ta‘limni axborotlashtirish orqali yuzaga kelayotgan shart-
sharoitlar, ilg‗or texnologiya va uskunalardan foydalanib o‗quv jarayonini
tinglovchilarning ish va yashash joyiga mumkin qadar yaqinlashtirish, malaka
oshirish ta‘lim muassasalari ilmiy-metodik imkoniyatlarini kuchaytirish va
tizimlashtirishdan iborat ekanligini isbotladi.
Shunga muvofiq, malaka oshirish tizimida o‗qitish jarayonining o‗quv-
uslubiy ta‘minotini yaratish va tatbiq etishga yangicha yondashuv boshlandi:
masofadan o‗qitish usullari asosida xalq ta‘limi muassasalari pedagoglari uchun
tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‗quv-
metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‗quv mashg‗ulotlarini onlayn va
offlayn shakllarida tashkil etish, tegishli yo‗nalishlar bo‗yicha fanlarning
umumkasbiy va maxsus bloklari bo‗yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni
tashkil etish bo‗yicha zamonaviy metodik, axborot-ma‘lumotnoma bazasini
yaratish, ta‘lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirish, innovatsion ilmiy
yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo‗llashni, masofadan o‗qitishni, mustaqil ta‘lim olishni kengaytirishni nazarda
tutuvchi texnika va texnologiyalar ta‘lim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etila
boshlandi.
G‗.B.Eldasheva masofaviy ta‘lim orqali maxsus fan o‗qituvchilari malakasini
oshirishning o‗quv-uslubiy ta‘minotning tarkibiy qismlari va ularga qo‗yiladigan
talablar, shuningdek, o‗quv-uslubiy ta‘minotni yaratish texnologiyasini ishlab
chiqqan. Muallif o‗quv-uslubiy ta‘minot Davlat talablariga asoslangan holda,
o‗quv maqsadlariga erishish uchun o‗quv-me‘yoriy hujjatlar va zamonaviy
92
texnologiyalar asosida tinglovchilarning mustaqil o‗zlashtirishi uchun yaratilgan
o‗quv-uslubiy vositalar majmuasi ekanligini ta‘kidlaydi. G‗.B.Eldashevaning
ilmiy-tadqiqot ishida o‗quv-uslubiy ta‘minotning tarkibiy qismlari va ularga
qo‗yiladigan
talablarni
ishlab
chiqishda
tinglovchilarning
axborot
texnologiyalariga tayangan holda malaka oshirishi, metodik tayyorgarligining
oshishiga e‘tibor qaratilgan bo‗lsa-da, biroq ilmiy-ijodiy kompetentligining
shakllanishi va rivojlanishiga ahamiyat berilmagan.
Uzluksiz masofaviy malaka oshirish texnologiyalari o‗quv jarayoni -
masofaviy o‗qitish texnologiyalariga asoslanib maxsus ishlab chiqilgan elektron
axborot-ta‘lim muhiti asosida amalga oshiriladi.
Elektron axborot-ta‘lim muhiti – kommunikatsion, axborotli va jismoniy
makondan iborat maqsad, mazmun, tashkiliy shakllar, metodlar faol faoliyat
ko‗rsatadigan ochiq ta‘lim olish jarayoni hisoblanadi.
U.Begimqulov masofadan o‗qitishdagi virtual shaklning kengayishi – ta‘lim
tizimi taraqqiyotining tabiiy bosqichi an‘anaviy o‗qitishdan kompyuter o‗rgatuvchi
dasturlarga, odatdagi kutubxonalardan elektron kutubxonalarga, kichik o‗quv
guruhlardan istalgan miqyosdagi virtual auditoriyalarga o‗tishni ta‘minlashini
ta‘kidlaydi.
Elektron o‗quv qo‗llanma. Ona tili fanining o‗quv hajmini qisman yoki to‗liq
qamragan va axborotning adaptatsiya blokini o‗z ichiga olgan bo‗lib, masofaviy
o‗qitish va mustaqil o‗rganish uchun mo‗ljallangan. Mazkur bo‗lim boshlang‗ich
sinf ona tili darslarini innovatsion yondashuv asosida o‗qitish yuzasidan
ma‘lumotlar, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, didaktik o‗yinlardan
iborat.
Elektron uslubiy qo‗llanma. Elektron uslubiy qo‗llanmada pedagogik tajriba
mashg‗ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga o‗girilgan
shaklda yaratilgan o‗quvchilar ishlarini darslar bo‗yicha rejalashtirilgan shaklida
ko‗rsatiladi.
93
A.E.Ibraymov [56] ―Masofaviy malaka oshirish tajribasi bugungi kunda
ta‘lim jarayonining eng optimal shakl, metod, vositalarni tizimlashtirishga
imkoniyat yaratadi‖ deb ta‘kidlaydi.
Shuningdek, A.E.Ibraymov tomonidan uzluksiz malaka oshirishga doir
quyidagi tushunchalar e‘tirof etilgan [56]:
Uzluksiz masofaviy malaka oshirish texnologiyalari o‗quv jarayoni -
masofaviy o‗qitish texnologiyalariga asoslanib maxsus ishlab chiqilgan elektron
axborot-ta‘lim muhiti asosida amalga oshiriladi.
O‗qituvchining kasbiy faoliyatida zamonaviy AKTdan foydalanish
ko‗nikmasini shakllantirish elektron o‗quv hujjatlarini yaratish uchun o‗quv
axborotini tayyorlash, o‗rgatuvchi axborot tizimlaridan foydalanish, lokal va global
kompyuter tarmog‗ida ishlash, masofaviy ta‘lim tizimida o‗qituvchi dialogini
amalga oshirish va h.k. imkoniyatlarini beradi.
Masofaviy ta‘lim – turli masofalar oralig‗ida audio, video, kompyuter,
internet vositalari asosida ta‘lim olib boorish. Ilmiy adabiyotlarda masofaviy ta‘lim
jarayonini amalga oshirishda quyida koʻrsatilgan bosqichlar asosida amalga
oshirish mumkin:
1-
bosqich:
Tahlil
2-
bosqich:
Loyihalashtirish
3-
bosqich:
Joriy qilish
4-
bosqich:
Oʻquv kontentlarini yaratish
5-
bosqich:
Ishga tushirish
6-
bosqich:
Rivojlantirish [2].
Bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining axborot ko‗nikmalarini
shakllantirish uning axborot qobiliyatining asosiy komponentlari (turli xil axborot
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‗liq kasbiy yo‗naltirilgan ko‗nikmalar) va
maxsus komponentlar bloklari ishlab chiqilishini nazarda tutadi, mazkur tadqiqot
ishida ular birgalikda maxsus axborot kompetentligi sifatida belgilangan. Bo‗lajak
o‗qituvchilarning maxsus axborot kompetentliklarini rivojlantirish masalasini hal
94
etish ularning boshlang‗ich ta‘lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan
to‗g‗ri va samarali foydalanishga qaratilgan o‗ziga xos qobiliyatlari bilan bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |