8 - §. MAVZU. INTERNET TARMOQLARIDA AXBOROT MAKONI.
ELEKTRON POCHTALAR BILAN ISHLASH.
Tayanch soʻz va iboralar:
axborot makoni, axborot texnologiyalari, elektron
pochtalar, internet.
Fan–texnika va texnologiyalarning jadal taroqqiyoti, axborot hajmining
doimiy ravishda oʻsib borishi axborot texnologiyalarini kundalik hayotimizning
ajralmas qismiga aylatirmoqda. Ammo, shu bilan birga bir qator muommolarni
yuzaga keltirmoqda. Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ―Albatta, biz mustaqil
fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy
pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash boʻyicha katta ishlarni amalga
oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan boʻlsak, bugungi kunda butun
dunyoda aholining, birinchi navbatta, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun
qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm , terrorizm, giyohvandlik,
―ommaviy madaniyat‖ kabi tahdidlar kuchayayotganini hisobga oladigan boʻlsak,
farzandlarimiz tarbiyasi, ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham
susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga koʻtarishimiz zarur‖
8
. Ya‘ni,
ma‘naviy tahdidlar tasiri kuchaygan davrda ta‘limning tarbiyaviy funksiyasiga
ehtiyoj yanada oshmoqda. Yoshlarni axborotlar xurujidan himoyalaн olishni davr
taqozo etmoqda.
Elektron pochtalar bilan ishlash.
Internet - bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun
qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog‗i. Internet dunyodagi eng yirik
kompyuter tarmog‗i hisoblanib, u oʻzida minglab oʻzaro bog‗langan tarmoqlarni
biriashtiradi va ularning oʻzaro axborot almashinuvini ta‘minlab beradi. Maktablar,
litseylar, universitetlar va boshqa turli tashkilotlar ham internetni qoʻllaydigan
tashkilotlarga misol boʻladi.
8
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.–T.: O‗zbekiston NMIU,
2017, 17-bet
85
Internetning axborotli qismi Internet tarmog‗ida mavjud boʻlgan turli elektron
hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, video-tasvir va boshqa koʻrinishdagi axborotlar
majmuidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq boʻylab taqsimlanishi mumkin
Masalan, siz kompyuteringizda oʻqiyotgan elektron darslikning matni bir
manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar
uchinchi manbadan yig‗ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni
oʻzaro moslashuvchan giper bog‗lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi
koʻrinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab oʻzaro bog‗langan elektron
hujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muhiti hosil boʻladi.
Internetda axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba‘zi xabarlar
belgilangan manzilga еtib bormasligi (yoʻqolishi), ba‘zi birlari esa oddiy aloqada
roʻy bermaydigan holda, ya‘ni bir necha nusxada еtkazilishi mumkin.
Internet tarmog‗ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib
paketlar holatida uzatish va еtkazilgan axborotni qayta tiklash hamda boʻlaklangan
paketlarni foydalanuvchiga qanday еtkazish kerakligi muammosini hal qilish lozim
boʻladi.
Internet bilan bog‗liq boʻlgan boshqa qator tushunchalar bilan tanishamiz.
HTML (Hyper Text Markup Language — gipermatn belgilash tili) WWW
tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari (teglari) orqali
matnlarning shaklini istagancha oʻzgartirish, ya‘ni matnning ma‘lum bir qismini
ajratib olib, boshqa faylga yozish, rangli tasvirlarni qoʻyish mumkin. U boshqa
hujjatlar bilan bog‗laydigan gipermatnli aloqalarga ega
WWW — jahon oʻrgimchak toʻri - aloqa tarmog‗i tizimida ma‘lumotlar
gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yoʻl
koʻrsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi mamlakatning
serverida turishidan qat‘iy nazar) tezda oʻtish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan
bir qatorda WWW hujjatlarida multimedia ma‘lumotlarini ham koʻrish mumkin.
Matndan tashqari boshqa shakldagi ma‘lumotlarni ham beruvchi hujjatlar
gipermedia hujjatlari deyiladi.
86
Sayt — grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia
hujjatlari koʻrinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir.
Elektron aloqa. E-mail bu ma‘lum elektron manzilda axborotni elektron
usulda uzatish vositasidir. Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga
oʻxshashdir. Haqiqatan ham E-mail orqali xat joʻnatishda, siz oddiy xatdagidek
satrlarni toidirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va
manzillar elektron xatda boʻladi). Siz xatni nusxalash orqali bir necha manzillarga
joʻnatishingiz, hatto xatga faylni qoʻshib yuborishingiz mumkin va xokazo.
Birinchi matnli xabar almashishni Stenfordlik Dug Engelbart yaratgan. Rey
Tomlinson esa unga pochta konverti koʻrinishini berib,
«qayerga»
«kimga»
«xat matni» grafalarini kiritdi.
Shuningdek har bir kompyuterga virtual pochta qutisini kiritishni yaratadi.
Ungacha esa butun lokal tarmoq umumiy pochta qutisidan foydalangan.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari
• Internet-xalqaro tarmog‗ining asosini Electronic mail (E-mail) - Elektron
pochta xizmati tashkil qiladi.
• Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek boʻlib, faqat bunda xatni
qog‗ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va soʻzlarni terib, elektron
signallarning ma‘lum tartibdagi koʻrinishiga keltiradi.
• Elektron pochta maxsus dastur boʻlib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy
joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya‘ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha
soniyalarda) joʻnatish va qabul qilib olish mumkin.
• Bundan tashqari ma‘lum talablar mavjud, ya‘ni bunda xat joʻnatayotgan
foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog‗iga ulangan
kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bolishi kerak.
Xabar va pochta qutisi tushunchalari
87
• Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak
boʻlgan ma‘lumot hisoblanib va oldindan boshqa dasturda tayyorlanadi, keyin
elektron pochta orqali joʻnatiladi;
• Pochta qutisi - bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim
etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir;
• Ushbu nom kompyuter xotirasida papka koʻrinishida shakllantiriladi va u
oʻzida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi.
• Elektron pochta manzili ( @ .
____);
Elektron pochta manzili
Xabarlarni uzatish
Spam va spamlarning turlari
Xalqaro pochta xizmatlari
• Elektron pochta orqali ma‘lumot yuborish uchun ikki usul keng tarqalgan:
- bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun
Internetda ma‘lum bir Web-sahifalari mavjuddir.
- Microsoft Exchange dasturi. Bu dastur yordamida lokal hisoblash tarmog‗i
yoki alohida kompyuterda xalqaro pochta xizmatlari web-sahifalarni chaqirmasdan
xabarlarni toʻg‗ridan-toʻg‗ri kompyuterga yuklab olish yoki yuborish imkoniyatini
beradi. Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish
madaniyati:
- Pochtangizni tez-tezoʻqib turing
- Xatda albatta sarlavha koʻrsatish zarurdir
- Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling
- Xatni xatosiz yozing
- Xabarni qisqa yozing
- Oʻz xatingizni boshqa manzillarga koʻchirilishidan saqlaning
- Kerak boʻlmagan taqdirda oʻz xatingizda javob va soʻrovlar yoʻllamang
- Soʻrovlarga toʻliq javob bering
88
Elektron xatni joʻnatishdagi ishlar ham oddiy xatni joʻnatishga oʻxshaydi Siz
aloqa serveri bilan bog‗lanib, xatni «aloqa boʻlimiga olib borasiz». Keyin aloqa
serveri xatni manzillar serveriga uzatadi. U еrdan manzili koʻrsatilgan kishi xatni
olib ketishi mumkin.
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema,
diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Malumotlar
koʻrsatilgan manzilga bir zumda еtkaziladi. Ma‘lumot oluvchi boʻlmagan vaqtda
aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.
Elektron aloqa hujjati manzil boʻyicha yoʻllash qoidalariga boʻysunishi va
aniq oʻlchamlarga ega boʻlishi zarur. Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi:
• hujjatlarni kiritish va ularni chiqarish;
• hujjatlarni aloqa qutisiga uzatish;
• xatolarni tekshirish va toʻg‗rilash;
• dastlab joʻnatish qurilmalarini qoʻllash va qabul qilinganligini ta‘kidlash;
• foydalanuvchilar bilan ishlash.
Elektron aloqa xatni axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchiga еtkazishni
ta‘minlaydigan muhim tarmoqli aloqadir.
Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning uch xil turidan
foydalanish mumkin:
shaxsiy — hujjatni bir kishiga (manzilga) yuborish uchun;
guruhiy — hujjatni bir guruh oluvchilarga yoʻllash uchun;
umumiy — hujjatni axborot tarmog‗idan foydalanuvchilarning hammasiga
uzatish uchun.
Shaxsiy manzillardan xat, hisobotlarni yakka abonentlarga joʻnatishda
foydalaniladi. Yoʻriqnoma, koʻrsatma yoki xabarnomalarni uzatishni guruhiy
manzillar boʻyicha amalga oshirish qulay. Umumiy manzildan qonunlar,
tarmoqning ishi haqidagi ma‘lumotlar, tarmoqning yangi imkoniyatlari haqidagi
xabarlarni uzatishda foydalaniladi.
89
Oddiy elektron aloqaning muhim bir kamchiligi bor, ya‘ni hujjatni
joʻnatuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar bir vaqtda ishlab turgan boʻlishi kerak.
Hozirgi tarmoqlarda millionlab kompyuterlar ishlab turibdi. Ularning har biri
foydalanuvchiga qulay vaqtda ishlaydi. Agar foydalanuvchi oʻz joyida boʻlmasa
yoki boshqa ish bilan band boʻlsa, xatni uzatish mumkin boʻlmaydi. Bundan
tashqari kompyuterlar 24 soat uzluksiz ishlamasligi, buzilishi, mahalliy vaqtning
farq qilishi ham bor. Shu sababli elektron aloqa tuzilishiga bir yoki bir nechta
aloqa boʻlimi kiritiladi.
Elektron aloqaning bunday tuzilishida barcha xatlar aloqa boʻlimi vazifasini
bajaruvchi ma‘lumotlar bazasiga joʻnatiladi va unda saqlanadi. Soʻngra xatlar
aloqa boiimidan manzillariga joʻnatiladi. Katta axborot tarmoqlarida bitta aloqa
boʻlimining boʻlishi еtarli emas. Bu ma‘lumot uzatish kanalining zoʻriqishiga olib
keladi. Shuning uchun bunday tarmoqlarda bir nechta aloqa boʻlimi tashkil etiladi.
Bu holda kompyuter foydalanuvchidan xatni olgandan soʻng, uni eng yaqin aloqa
boʻlimiga joʻnatadi. Zarurat boʻlsa, aloqa boʻlimlari xatni bir-biriga joʻnatadi.
Tarmoqda kerakli sondagi aloqa boʻlimining boʻlishi elektron aloqaga ketadigan
harajatni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar
aloqa boʻlimlari bilan, shuningdek, bir-biri bilan tez aloqaga chiqish imkoniyatiga
ega boʻladi.
Aloqa boʻlimi elektron aloqada xatlarni tez va sifatli еtkazishni
ta‘minlaydigan barcha vazifalarni amalga oshiradi. Bunday vazifalar qatoriga
quyidagilar kiradi:
• axborot uzatish seanslarini boshqaradi;
• uzatilgan xatlardagi xatoliklarni tekshiradi va ularni toʻg‗irlaydi;
• xatlarni talab qilinguncha saqlaydi;
• foydalanuvchiga xat kelganligi haqida ma‘lumot beradi;
• foydalanuvchiga hujjatni uzatadi;
• xatlarni roʻyxatga oladi va uning hisobini olib boradi;
90
• aloqa boʻlimi va abonentlar manzilini saqlovchi ma‘lumotnoma ishini qo ‗
llab-quwatlay di;
• axborotlarni saralash, xatlar soʻralganda parolni talab qilish (bir nechta
manzil boʻyicha yuborilganda), hujjatlarning nusxasini olish kabi xizmat amallarini
bajaradi.
Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog‗i orqali oʻziga kerakli boʻlgan
ma‘lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotning parametrlari boʻyicha
qidirish taklif qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:
Ma‘lumotlarni uning till boʻyicha qidirsh;
Ma‘lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) boʻyicha qidirish;
Ma‘lumotlarni uning joylashgan mintaqasi boʻyicha qidirish;
Ma‘lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi boʻyicha qidirish;
Ma‘lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi boʻyicha qidirish;
Ma‘lumotlarni xavfsiz qidirish.
Ta‘lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an‘anaviy bosma shaklda
tayyorlangan oʻquv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali
olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga,
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qoʻshimcha
ma‘lumotlar bilan totdirib borishga motjallangan boʻlib, ixtiyoriy fanlar boʻyicha
yaratiladi.
Hozirgi kunda, kompyuter asosidagi telekommunikasion aloqa orqali ya‘ni
veb saytda an‘anaviy oʻqitish uslubidan foydalanib yuqori saviyada oʻquvchilarga
bilim berish va har-xil koʻrinishdagi oʻquv materiallarni va video ishlanmalarni
etkazib berish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |