Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova


 - §. MAVZU. INTERNET TARMOQLARIDA AXBOROT MAKONI



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

8 - §. MAVZU. INTERNET TARMOQLARIDA AXBOROT MAKONI. 
ELEKTRON POCHTALAR BILAN ISHLASH. 
Tayanch soʻz va iboralar: 
axborot makoni, axborot texnologiyalari, elektron 
pochtalar, internet. 
Fan–texnika va texnologiyalarning jadal taroqqiyoti, axborot hajmining 
doimiy ravishda oʻsib borishi axborot texnologiyalarini kundalik hayotimizning 
ajralmas qismiga aylatirmoqda. Ammo, shu bilan birga bir qator muommolarni 
yuzaga keltirmoqda. Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ―Albatta, biz mustaqil 
fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy 
pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash boʻyicha katta ishlarni amalga 
oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan boʻlsak, bugungi kunda butun 
dunyoda aholining, birinchi navbatta, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun 
qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm , terrorizm, giyohvandlik, 
―ommaviy madaniyat‖ kabi tahdidlar kuchayayotganini hisobga oladigan boʻlsak, 
farzandlarimiz tarbiyasi, ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham 
susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga koʻtarishimiz zarur‖
8
. Ya‘ni, 
ma‘naviy tahdidlar tasiri kuchaygan davrda ta‘limning tarbiyaviy funksiyasiga 
ehtiyoj yanada oshmoqda. Yoshlarni axborotlar xurujidan himoyalaн olishni davr 
taqozo etmoqda.
Elektron pochtalar bilan ishlash.
Internet - bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun 
qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog‗i. Internet dunyodagi eng yirik 
kompyuter tarmog‗i hisoblanib, u oʻzida minglab oʻzaro bog‗langan tarmoqlarni 
biriashtiradi va ularning oʻzaro axborot almashinuvini ta‘minlab beradi. Maktablar,
litseylar, universitetlar va boshqa turli tashkilotlar ham internetni qoʻllaydigan 
tashkilotlarga misol boʻladi.
8
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.–T.: O‗zbekiston NMIU, 
2017, 17-bet 


85 
Internetning axborotli qismi Internet tarmog‗ida mavjud boʻlgan turli elektron 
hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, video-tasvir va boshqa koʻrinishdagi axborotlar 
majmuidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq boʻylab taqsimlanishi mumkin 
Masalan, siz kompyuteringizda oʻqiyotgan elektron darslikning matni bir 
manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar 
uchinchi manbadan yig‗ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni 
oʻzaro moslashuvchan giper bog‗lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi 
koʻrinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab oʻzaro bog‗langan elektron 
hujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muhiti hosil boʻladi. 
Internetda axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba‘zi xabarlar 
belgilangan manzilga еtib bormasligi (yoʻqolishi), ba‘zi birlari esa oddiy aloqada 
roʻy bermaydigan holda, ya‘ni bir necha nusxada еtkazilishi mumkin. 
Internet tarmog‗ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib 
paketlar holatida uzatish va еtkazilgan axborotni qayta tiklash hamda boʻlaklangan 
paketlarni foydalanuvchiga qanday еtkazish kerakligi muammosini hal qilish lozim 
boʻladi. 
Internet bilan bog‗liq boʻlgan boshqa qator tushunchalar bilan tanishamiz. 
HTML (Hyper Text Markup Language — gipermatn belgilash tili) WWW 
tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML buyruqlari (teglari) orqali 
matnlarning shaklini istagancha oʻzgartirish, ya‘ni matnning ma‘lum bir qismini 
ajratib olib, boshqa faylga yozish, rangli tasvirlarni qoʻyish mumkin. U boshqa 
hujjatlar bilan bog‗laydigan gipermatnli aloqalarga ega 
WWW — jahon oʻrgimchak toʻri - aloqa tarmog‗i tizimida ma‘lumotlar 
gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yoʻl 
koʻrsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (matnlar qaysi mamlakatning 
serverida turishidan qat‘iy nazar) tezda oʻtish imkoniyatini beradi. Matnlar bilan 
bir qatorda WWW hujjatlarida multimedia ma‘lumotlarini ham koʻrish mumkin. 
Matndan tashqari boshqa shakldagi ma‘lumotlarni ham beruvchi hujjatlar 
gipermedia hujjatlari deyiladi. 


86 
Sayt — grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia 
hujjatlari koʻrinishidagi mantiqan butun axborot hajmidir. 
Elektron aloqa. E-mail bu ma‘lum elektron manzilda axborotni elektron 
usulda uzatish vositasidir. Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga 
oʻxshashdir. Haqiqatan ham E-mail orqali xat joʻnatishda, siz oddiy xatdagidek 
satrlarni toidirasiz, ya‘ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va 
manzillar elektron xatda boʻladi). Siz xatni nusxalash orqali bir necha manzillarga 
joʻnatishingiz, hatto xatga faylni qoʻshib yuborishingiz mumkin va xokazo. 
Birinchi matnli xabar almashishni Stenfordlik Dug Engelbart yaratgan. Rey 
Tomlinson esa unga pochta konverti koʻrinishini berib, 
«qayerga» 
«kimga» 
«xat matni» grafalarini kiritdi. 
Shuningdek har bir kompyuterga virtual pochta qutisini kiritishni yaratadi. 
Ungacha esa butun lokal tarmoq umumiy pochta qutisidan foydalangan. 
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari 
• Internet-xalqaro tarmog‗ining asosini Electronic mail (E-mail) - Elektron 
pochta xizmati tashkil qiladi. 
• Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek boʻlib, faqat bunda xatni 
qog‗ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va soʻzlarni terib, elektron 
signallarning ma‘lum tartibdagi koʻrinishiga keltiradi. 
• Elektron pochta maxsus dastur boʻlib, uning yordamida dunyoning ixtiyoriy 
joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya‘ni ixtiyoriy faylni tezda (bir necha 
soniyalarda) joʻnatish va qabul qilib olish mumkin. 
• Bundan tashqari ma‘lum talablar mavjud, ya‘ni bunda xat joʻnatayotgan 
foydalanuvchi va qabul qilayotgan foydalanuvchi ham Internet tarmog‗iga ulangan 
kompyuterga murojaat qilish imkoniyatiga ega bolishi kerak. 
Xabar va pochta qutisi tushunchalari 


87 
• Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak 
boʻlgan ma‘lumot hisoblanib va oldindan boshqa dasturda tayyorlanadi, keyin 
elektron pochta orqali joʻnatiladi; 
• Pochta qutisi - bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim 
etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir; 
• Ushbu nom kompyuter xotirasida papka koʻrinishida shakllantiriladi va u 
oʻzida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. 
• Elektron pochta manzili ( @ . 
____); 
Elektron pochta manzili 
Xabarlarni uzatish 
Spam va spamlarning turlari 
Xalqaro pochta xizmatlari 
• Elektron pochta orqali ma‘lumot yuborish uchun ikki usul keng tarqalgan: 
- bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun 
Internetda ma‘lum bir Web-sahifalari mavjuddir. 
- Microsoft Exchange dasturi. Bu dastur yordamida lokal hisoblash tarmog‗i 
yoki alohida kompyuterda xalqaro pochta xizmatlari web-sahifalarni chaqirmasdan 
xabarlarni toʻg‗ridan-toʻg‗ri kompyuterga yuklab olish yoki yuborish imkoniyatini 
beradi. Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish 
madaniyati: 
- Pochtangizni tez-tezoʻqib turing 
- Xatda albatta sarlavha koʻrsatish zarurdir 
- Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling 
- Xatni xatosiz yozing 
- Xabarni qisqa yozing 
- Oʻz xatingizni boshqa manzillarga koʻchirilishidan saqlaning 
- Kerak boʻlmagan taqdirda oʻz xatingizda javob va soʻrovlar yoʻllamang 
- Soʻrovlarga toʻliq javob bering 


88 
Elektron xatni joʻnatishdagi ishlar ham oddiy xatni joʻnatishga oʻxshaydi Siz 
aloqa serveri bilan bog‗lanib, xatni «aloqa boʻlimiga olib borasiz». Keyin aloqa 
serveri xatni manzillar serveriga uzatadi. U еrdan manzili koʻrsatilgan kishi xatni 
olib ketishi mumkin. 
Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma‘lumotlar: matn, chizma, sxema, 
diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Malumotlar 
koʻrsatilgan manzilga bir zumda еtkaziladi. Ma‘lumot oluvchi boʻlmagan vaqtda 
aloqa qutisiga ma‘lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. 
Elektron aloqa hujjati manzil boʻyicha yoʻllash qoidalariga boʻysunishi va 
aniq oʻlchamlarga ega boʻlishi zarur. Elektron aloqa quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• hujjatlarni kiritish va ularni chiqarish; 
• hujjatlarni aloqa qutisiga uzatish; 
• xatolarni tekshirish va toʻg‗rilash; 
• dastlab joʻnatish qurilmalarini qoʻllash va qabul qilinganligini ta‘kidlash; 
• foydalanuvchilar bilan ishlash. 
Elektron aloqa xatni axborot tarmoqlari orqali foydalanuvchiga еtkazishni 
ta‘minlaydigan muhim tarmoqli aloqadir. 
Xatni elektron aloqa yordamida uzatishda manzilning uch xil turidan 
foydalanish mumkin: 
shaxsiy — hujjatni bir kishiga (manzilga) yuborish uchun; 
guruhiy — hujjatni bir guruh oluvchilarga yoʻllash uchun; 
umumiy — hujjatni axborot tarmog‗idan foydalanuvchilarning hammasiga 
uzatish uchun. 
Shaxsiy manzillardan xat, hisobotlarni yakka abonentlarga joʻnatishda 
foydalaniladi. Yoʻriqnoma, koʻrsatma yoki xabarnomalarni uzatishni guruhiy 
manzillar boʻyicha amalga oshirish qulay. Umumiy manzildan qonunlar, 
tarmoqning ishi haqidagi ma‘lumotlar, tarmoqning yangi imkoniyatlari haqidagi 
xabarlarni uzatishda foydalaniladi. 


89 
Oddiy elektron aloqaning muhim bir kamchiligi bor, ya‘ni hujjatni 
joʻnatuvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar bir vaqtda ishlab turgan boʻlishi kerak. 
Hozirgi tarmoqlarda millionlab kompyuterlar ishlab turibdi. Ularning har biri 
foydalanuvchiga qulay vaqtda ishlaydi. Agar foydalanuvchi oʻz joyida boʻlmasa 
yoki boshqa ish bilan band boʻlsa, xatni uzatish mumkin boʻlmaydi. Bundan 
tashqari kompyuterlar 24 soat uzluksiz ishlamasligi, buzilishi, mahalliy vaqtning 
farq qilishi ham bor. Shu sababli elektron aloqa tuzilishiga bir yoki bir nechta 
aloqa boʻlimi kiritiladi. 
Elektron aloqaning bunday tuzilishida barcha xatlar aloqa boʻlimi vazifasini 
bajaruvchi ma‘lumotlar bazasiga joʻnatiladi va unda saqlanadi. Soʻngra xatlar 
aloqa boiimidan manzillariga joʻnatiladi. Katta axborot tarmoqlarida bitta aloqa 
boʻlimining boʻlishi еtarli emas. Bu ma‘lumot uzatish kanalining zoʻriqishiga olib 
keladi. Shuning uchun bunday tarmoqlarda bir nechta aloqa boʻlimi tashkil etiladi. 
Bu holda kompyuter foydalanuvchidan xatni olgandan soʻng, uni eng yaqin aloqa 
boʻlimiga joʻnatadi. Zarurat boʻlsa, aloqa boʻlimlari xatni bir-biriga joʻnatadi. 
Tarmoqda kerakli sondagi aloqa boʻlimining boʻlishi elektron aloqaga ketadigan 
harajatni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar 
aloqa boʻlimlari bilan, shuningdek, bir-biri bilan tez aloqaga chiqish imkoniyatiga 
ega boʻladi. 
Aloqa boʻlimi elektron aloqada xatlarni tez va sifatli еtkazishni 
ta‘minlaydigan barcha vazifalarni amalga oshiradi. Bunday vazifalar qatoriga 
quyidagilar kiradi: 
• axborot uzatish seanslarini boshqaradi; 
• uzatilgan xatlardagi xatoliklarni tekshiradi va ularni toʻg‗irlaydi; 
• xatlarni talab qilinguncha saqlaydi; 
• foydalanuvchiga xat kelganligi haqida ma‘lumot beradi; 
• foydalanuvchiga hujjatni uzatadi; 
• xatlarni roʻyxatga oladi va uning hisobini olib boradi; 


90 
• aloqa boʻlimi va abonentlar manzilini saqlovchi ma‘lumotnoma ishini qo ‗ 
llab-quwatlay di; 
• axborotlarni saralash, xatlar soʻralganda parolni talab qilish (bir nechta 
manzil boʻyicha yuborilganda), hujjatlarning nusxasini olish kabi xizmat amallarini 
bajaradi. 
Har bir foydalanuvchiga Internet tarmog‗i orqali oʻziga kerakli boʻlgan 
ma‘lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotning parametrlari boʻyicha 
qidirish taklif qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: 
Ma‘lumotlarni uning till boʻyicha qidirsh; 
Ma‘lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) boʻyicha qidirish; 
Ma‘lumotlarni uning joylashgan mintaqasi boʻyicha qidirish; 
Ma‘lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi boʻyicha qidirish; 
Ma‘lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi boʻyicha qidirish; 
Ma‘lumotlarni xavfsiz qidirish. 
Ta‘lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an‘anaviy bosma shaklda 
tayyorlangan oʻquv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali 
olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, 
dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qoʻshimcha 
ma‘lumotlar bilan totdirib borishga motjallangan boʻlib, ixtiyoriy fanlar boʻyicha 
yaratiladi. 
Hozirgi kunda, kompyuter asosidagi telekommunikasion aloqa orqali ya‘ni 
veb saytda an‘anaviy oʻqitish uslubidan foydalanib yuqori saviyada oʻquvchilarga 
bilim berish va har-xil koʻrinishdagi oʻquv materiallarni va video ishlanmalarni 
etkazib berish imkoniyati mavjud. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish