Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Savol va topshiriqlar 
1. Masofaviy ta‘lim jarayonini qanday bosqichlar asosida amalga oshirish 
mumkin? 
2. Masofali ta‘lim tizimining vazifasini bayon qiling. 
3. Masofali oʻqitishda dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarni 
tahlil qiling. 
10 - §. MULTIMEDIALI TA‟LIM VA UNI TATBIQ ETISH.
Tayanch soʻz va iboralar:
multimediali ta‟lim, ta‟lim vositalari,
matn, ovoz, 
grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish.
Boshlang‗ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta 
boshlaydi va u faol fikrlash faoliyatiga hamda mustaqillikka qanchalik 
o‗rganishiga uning umumta‘lim bosqichidagi ta‘limining muvaffaqiyati bog‗liq 
bo‗ladi. Mazkur muammoni hal etishni ko‗pgina tadqiqotchilar yangi axborot 
texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni o‗quv-tarbiya jarayonini eng 
yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda kompyuter texnikasi va multimedia 
vositalaridan foydalanish bilan tashkil etishda ko‗radilar. 
Multimedia texnologiyalaridan foydalanib o‗quv jarayonini tashkil etishning 
samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi: 
- multimedia vositalarilarining sifati bilan, 
- o‗qituvchiga mazkur vositalarning sifatini va uning kasbiy faoliyati 
doirasidagi muayyan aniq vaziyatda ularning qo‗llanilishini baholashga imkon 
beruvchi o‗qituvchining maxsus axborot kompetentligi bilan.
O‗z ishlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi o‗qituvchilar 
multimedia texnologiyalaridan foydalanish bilan darslarni o‗tkazish o‗quv 
jarayonini takomillashtirish va faollashtirishga; o‗quvchilarda aqliy va amaliy 
hatti-harakatlarni bajarishga ijobiy motivatsiyani yaratishga; turli analizatorlarga 
ta‘sir etish hisobiga bilimlarni o‗zlashtirish jarayonini ahamiyatli oshirishga; 


95 
qo‗lning mayda motorikasini, diqqatni va taktil xotirani rivojlantirishga yordam 
berishi; darsda vaqtdan optimal foydalanishga va hokazolarga imkon berishini 
ta‘kidlaganlar. Multimedia vositalaridan foydalanish o‗quv jarayonini ahamiyatli 
darajada optimallashtirishga imkon beradi. Darsda sifatli multimedia vositalaridan 
foydalanish boshlang‗ich ta‘limda o‗qish jarayonining samaradorligini oshirishga 
imkon beradi. Multimedia dasturiy vositalardan foydalanish asosida o‗qish 
jarayonining samaradorligini oshirishning omillari: 
- Doimiy qayta aloqani tashkil etish. 
O‗quvchilarda zaruriy bilim, ko‗nikma va malakalarni shakllantirish 
jarayonini muvaffaqiyatli boshqarish uchun o‗qituvchi pedagogik ta‘sir 
ko‗rsatishning natijalari qandayligi to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗lishi, ya‘ni 
doimiy qayta aloqaga ega bo‗lishi kerak. Qayta aloqali tizim o‗z ichiga bevosita 
aloqa, qayta aloqa va bevosita aloqani korreksiyalashni kiritadi. G.G. Vorobevga 
ko‗ra, an‘anaviy o‗qitishda qayta aloqa nafaqat zaif hisoblanadi, balki tez ta‘sir 
etish va ishonchlilikning yetishmasligi bilan ifodalanishi va buning oqibatida 
bilimlarda bo‗shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. 
Boshlang‗ich ta‘limda bilimlarni nazorat qilishning eng keng tarqalgan shakli 
so‗rov hisoblanadi. Individual so‗rov o‗qituvchiga o‗zlashtirish darajasi to‗g‗risida 
to‗liq va aniq ma‘lumotlarni olishga imkon beradi, ammo ko‗p vaqtni talab etadi, 
o‗quvchilarning diqqatlarini tarqatib yuboradi. Bunda so‗ralganlarning tanlovi 
faqatgina bir necha o‗quvchilarni tashkil etadi va bu umuman butun sinfning 
materialni o‗zlashtirganligi to‗g‗risidagi tasavvurga ega bo‗lish imkonini 
bermaydi. Natijada o‗qituvchi o‗qitish korreksiyasini yetarlicha samarali amalga 
oshira olmaydi. Frontal so‗rov bir vaqtda barcha o‗quvchilarni qamrab oladi, 
ammo bilimlarni o‗zlashtirishning ko‗proq yuzaki tasvirini hosil qiladi. 
Bundan tashqari, V.I. Shavrin ta‘kidlaganidek, agar so‗rov tezkor sur‘atda 
amalga oshirilsa, fikrlashning sustlashgan turiga ega o‗quvchilar o‗qituvchining 
bergan savollarini anglashga ulgurmaydilar va o‗zlarini passiv tutib, darsda yuz 
berayotganlarga qiziqishlarini yo‗qotadilar. Agar so‗rov sust ta‘sirlanishga ega 


96 
o‗quvchilarga yo‗naltirilgan bo‗lsa, unda faol ta‘sirli o‗quvchilarning darsga 
qiziqishlari yo‗qoladi. 
Og‗zaki so‗rovning mazkur kamchiliklarini yozma ishlar ahamiyatli darajada 
bartaraf etadi. Ammo bunda ham o‗z kamchiliklari mavjuddir. Masalan, 
nazoratning ob‘ektivligi darajasini tashqi yordam pasaytiradi. Yozma ishlar 
o‗qituvchining darsdan tashqari ko‗p vaqtini talab etadi va o‗quvchilar o‗z 
ishlarining natijalarini faqatgina keyingi haftada yoki undan ham kech bilishlari 
mumkin bo‗ladi. Shunga ko‗ra, ommaviy amaliyotda o‗qituvchi tomonidan uning 
boshqaruvchi ta‘sirlarining natijalari to‗g‗risida joriy axborotni operativ olishi 
sodir bo‗lmaydi. 
Multimedia vositalaridan foydalanish bilan o‗qitishni tashkil etish doimiy 
to‗liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi va bunda nafaqat o‗zlashtirish 
natijalarini, balki jarayonning o‗zini nazorat qilish mumkin bo‗ladi. O‗quvchi 
bajariladigan topshiriqlarning natijasini va yo‗l qo‗yilgan xatolarning sonini dastur 
bilan ishlash vaqtida va ish yakunlanishi bilan yakuniy natijani ko‗radi. Qayta 
aloqani bunday qurish ma‘lumotni o‗zlashtirishning to‗g‗riligini ta‘minlaydi, 
ta‘lim oluvchiga u amalga oshiradigan faoliyatning har bir bosqichini anglashga 
imkon beradi, kichik maktab yoshidagi bolalarda shakllanganlik darajasi yetarli 
bo‗lmagan, uning o‗z-o‗zini nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi va 
zarurligiga ishonchini hosil qiladi. Bolada refleksiya – o‗z faoliyati usullari, hatti-
harakatlari prinsiplarini anglash shakllanadi. 
- Individuallashtirish va tabaqalashtirish hisobiga o‗qitishni faollashtirish. 
An‘anaviy o‗qitish metodikasida barcha o‗quvchilarning bilishga oid 
faolliklarini katta qiyinchilik bilan ta‘minlashga erishiladi. Mavjud amaliyot 
natijasida butun sinf o‗quvchilari uchun yagona pedagogik maqsadlar qo‗yiladi va 
ular bir xil yo‗llar bilan o‗quv vaqtining bir xil hajmida erishiladi. Bunda xotira 
turi, idrok, tafakkur, diqqat, qobiliyatlar, tayyorgarlik darajasi, shaxs sifatlarining 
individual xususiyatlari doim ham inobatga olinmaydi. Multimediya vositalaridan 


97 
foydalanish individuallashtirish va tabaqalashtirish hisobiga o‗qitishni 
faollashtiradi. 
- O‗qish motivatsiyasini oshirish. 
Ko‗p sonli tajriba-sinovlar ma‘lumotlariga ko‗ra boshlang‗ich ta‘lim o‗quv 
jarayonida kompyuterlardan foydalanishda o‗qitish motivatsiyasining oshishi 
kuzatiladi. Jumladan, o‗quvchilarning kompyuter dasturlari bilan qo‗llab-
quvvatlanadigan fanga qiziqishlarini ahamiyatli oshirish kuzatilgan. Boshlang‗ich 
sinflarda multimedia vositalarini qo‗llash ta‘lim olishning intensivligini 
oshirishiradi: ortiqcha yozish operatsiyalarini bajarish zarurati yo‗qoladi, zaruriy 
mashq qilish hajmini oshirish imkoni paydo bo‗ladi, diqqat topshiriqning 
mohiyatiga jamlanadi. 
- O‗qitishning qulayligini oshirish. 
Ko‗pgina bolalar uchun o‗z-o‗zini baholashning muhim mezoni o‗zlashtirish, 
o‗qituvchilar, sinfdoshlari, ota-onalari tomonidan o‗quv faoliyatidagi ularning 
muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklarini har kunlik baholash hisoblanadi. 
Bolalikdagi yuzaga kelgan o‗z-o‗ziga past bahoni o‗zgartirish juda qiyindir. 
Shuning uchun bolada erta yoshlik davridan o‗zi to‗g‗rida ijobiy tasavvur 
shakllanishi juda muhim. 
- Materialni o‗zlashtirish sifatini oshirish. 
Multimediya texnologiyalari turli xil axborot turlaridan: matn, grafika, ovoz, 
animatsiyadan foydalanish imkonini beradi, bu esa kompyutersiz o‗qitishda 
ta‘minlash mumkin bo‗lmagan yangi materialni bayon etish uchun yangi 
imkoniyatlarni yaratadi. Bu ayniqsa psixik jarayonlarning beixtiyoriyligi ulushi 
yuqori bo‗lgan boshlang‗ich sinf o‗quvchilari uchun ayniqsa muhim. Ularning 
idroki barqaror emasligi ammo, shu bilan birga o‗tkirligi, yoshligi va yorqin 
ifodalangan emotsionalligi bilan ajralib turadi. Kichik maktab yoshi davrining 
boshlanishida idrok amaliy faoliyat bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. Diqqat 
beixtiyoriylikning ustunligi, past barqarorlik va kichik hajmi bilan tavsiflanadi. 
O‗quv materiali ko‗rgazmaliligi, yorqinligi bilan ajralib tursa, emotsionallik 


98 
uyg‗ota olsa, barqaror bo‗lmagan diqqat ayniqsa jamlangan va barqaror bo‗lib 
boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xotiralari ko‗proq ko‗rgazmali-
obrazli xarakterga ega bo‗ladi, beixtiyoriy eslab qolish ahamiyatli rol o‗ynashda 
davom etadi.
O‗qituvchida alohida ahamiyatli elementlarni e‘tiborni kuchaytirish, 
ma‘lumotni ekranda ahamiyatli joylashtirish hisobiga obrazni shakllantirishda 
urg‗uni ko‗chirib borish, dinamik imkoniyatlardan foydalanish (miltillash, 
multiplikatsiya), alohida elementlarni rang, hajm bilan ajratish, ovozdan 
foydalanish bilan yo‗naltirilgan idrokni shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi.
Ma‘lumotni displey ekranida yorqin dinamik grafik shaklda ifodalash va 
mazkur ma‘lumotni boshqarish, o‗yinli jihatlarni kiritish, jarayon va hodisalarni 
modellashtirish imkoniyati o‗zlashtirilayotgan materialning mazmunini yanada 
yorqin va ahamiyatli qiladi, bu esa barqaror diqqatni ta‘minlaydi, materialni eslab 
qolishni tezlashtiradi va uni yanada ongli va uzoq muddatli bo‗lishini ta‘minlaydi.
- Mazmunli abstraksiyani (mavhumlashtirishni) shakllantirish 
Kompyuterda ishlab bola uchun predmetlarning o‗zi bilan emas, balki 
ularning ekrandagi tasvirlari bilan va bevosita emas, balki maxsus kiritish 
qurilmalari yordamida (klaviatura, sichqoncha) ishlashga to‗g‗ri keladi. Bunda 
ekrandagi ob‘ektlar bilan ishlashdan avval bola talab etiladigan operatsiyani 
xayolida amalga oshirib ko‗radi. Turli ob‘ktlarning mutlaq tanib olinadigan, shu 
bilan birga me‘yorida mavhum belgilari bolani shartli belgilar darajasiga olib 
chiqadi, belgi va predmetni qiyoslashga undaydi hamda bu o‗z navbatida 
mazmunli abstraksiyaning shakllanishiga yordam beradi. 
- Xulqning beixtiyoriyligini pasaytirish
Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarning xulqlari ko‗p jihatdan bevosita 
istaklari bilan belgilanadi va bu masalan, darsdagi intizomni buzishda ifodalanadi. 
O‗rgatuvchi dasturlardan foydalanish bilan o‗tiladigan darsning farqli jihati 
ishbilarmonlik muhiti hisoblanadi. 
- O‗qish vaqtining qisqarishi. 


99 
Ko‗pgina holatlarda, kompyuter dasturi bilan ishlashda o‗quvchiga topshiriqni 
daftariga ko‗chirib yozishi kerak emas. Zarur belgini qo‗yishning o‗zi yetarlidir. 
Shu tariqa, o‗quvchi mashq qilish hijmining oshishi hisobiga qisqa vaqt davomida 
grammatik, hisoblash va boshqa ko‗nikmalarini avtomatlashtiradi. V.I. Shavrin, 
boshlang‗ich sinflar rus tili darslarida o‗qitish dasturlaridan foydalanish bo‗yicha 
o‗zining tajriba-sinov ma‘lumotlariga asoslanib, kompyutersiz darslarda tushirib 
qoldirilgan orfogrammalarni qo‗yish bo‗yicha mashqlarni bajarishda ko‗p vaqt 
so‗zlarni ko‗chirib yozishga ketishini ta‘kidlaydi. Bu vaqtda kompyuterda 
ishlashda (faqatgina kerakli harf bilan klavishaga bosish talab etilishida) 
o‗quvchilar o‗zlariing orfografik ziyrakliklarini ko‗p barobar takomillashtirishga 
ulguradilar. Kalligrafiya ustida ishlashni esa odatiy darslarda ham o‗tkazish 
mumkin. 
- Motorikani rivojlantirish. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida kaft va barmoq suyaklarining qotishi 
jarayoni to‗liq yakunlanmaydi, shuning uchun qo‗l kafti va barmoqlarining mayda 
va aniq harakatlari qiyin va charchatuvchidir. Kompyuterda ishlash (klavishalarni 
bosish, sichqonchani boshqarish) qo‗l va barmoqlar mayda muskullarining 
rivojlanishiga ko‗maklashishi, bunda tabiiy ravishda zaruriy ko‗rish-motor 
koordinatsiyasi qo‗shimcha mashg‗ulotlarsiz rivojlantiradi. 
- «O‗qituvchi-o‗quvchi» tizimidagi munosabatlarning o‗zgarishi. 
Vaqtning ko‗p qismi o‗qituvchining monologiga bag‗ishlangan an‘anaviy 
tashkil etilgan darslardan farqli ravishda, multimedia vositalardan foydalanish 
bilan o‗tiladigan darslar uchun o‗zaro aloqa va dialogik muloqot xosdir. O‗quvchi 
o‗qitishning ob‘ekti emas, balki sub‘ektiga aylanadi, unda o‗qish jarayonini o‗zi 
boshqarishi imkoniyati yuzaga keladi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang‗ich sinfda multimedia vositalarni 
qo‗llash bilan o‗quv jarayoni samaradorligini oshirishning tashkil etuvchilari uni 
optimallashtiradi, uni haqiqatda zamonaviy va qiziqarli qiladi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish