Savol va topshiriqlar
1. Oʻquvchilarning oʻquv-biluv motivlarini axborot-texnologiyalari asosida
shakllantirish qanday bosqichlar asosida amalga oshiriladi?
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari oʻquv jarayonida ta‘lim
sohasi uchun qanday imkoniyatlarni taqdim qiladi?
11 - §. BOSHLANG„ICH SINF OʻQUVCHILARINI NOMERLASHGA
OʻRGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Tayanch soʻz va iboralar:
oʻquvchi, matematika fani, nomanfiy butun
sonlarni nomеrlashga oʻrgatish, axborot texnologiyalari.
Nоmanfiy butun sоnlarni raqamlashda bоshlang‗ich sinf matеmatikasining
asоsiy оb‘еkti hisоblangan nоmanfiy butun sоnlar toʻplarnini qurishning:
toʻplamlar nazariyasi asоsida, aksiоmatika asоsida va miqdоrlarni oʻlchash asоsida
qurish oʻrgatiladi.
Boshlangi‘ch sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomеrlash mavzusi boʻyicha
bilim va koʻnikmalarga qoʻyiladigan talablar:
103
1) konsentrlar boʻyicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifalarini
bilishi:
2) oʻquvchilarni oʻzlashtirishni takomillashtiradigan mashqlar tizimini ishlash
jarayonini bilishi;
a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar boʻyicha oʻzaro uzviyligiga
bog‗liq metodlar:
b) natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari:
d) sonning oʻnli tarkibi toʻg‗risida:
e) konsetrlar boʻyicha sonlarning oʻqilishi va joylashuvi:
f) yangi sanoq birligining hosil qilinishi:
g) konsentrlar boʻyicha sonlarning joylashuv tarkibi:
h) xona birliklari boʻyicha munosabat:
i) sonlar tarkibining oʻqilishi va yozilishini bilishi kerak. Mavzuni oʻrganish
jarayonida koʻrgazmalilikdan foydalanish.
Oʻquvchilar bilan birga olib boriladigan nomanfiy butun sonlarni
nomеrlashga oid mashg‗ulotlar ularda shakllantiriladigan dastlabki tushunchalarni
oʻz ichiga oladi. Albutta bu jarayonda oʻquvchi tasavvurlari alohida oʻrin tutadi.
Son va predmetlarning sanog‗i oʻrtasidagi bog‗lanishni ochib berishda tasviriy
ma‘lumotlar
muhim.
Tasviriy
ma‘lumotlarni
taqdim
qilishda
axborot
texnologiyalaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, oʻquvchilarda
narsalarni sanash malakalarining shakllanishiga «shuncha», «koʻp», «kam»,
«teng», «baravar» kabi tushunchalarni oʻzlashtirishga qaratilgan mashqlar: ―Nima
qilsak,
toʻtburchaklar
nechta
boʻlsa,
uchburchaklar
shuncha
boʻladi?
(toʻrtburchaklar 5 ta, uchburchaklar esa kam.
104
Ular teng boʻlishi uchun еtishmayotgan uchburchakni qoʻshish kerak.)‖
Bunday mashqlarni bajarish bolalarni narsalarni qayta sanashdan ularni
qoʻshib sanashga oʻtishlariga, shuningdek, arifmetik masalalar еchishga
tayyorlaydi.
Bu davrda tartib raqamlash ham oʻrganiladi. Buning uchun birgina narsaning
oʻzi qanday sanash tartibi berilishiga, savol qanday qoʻyilganiga qarab har xil
tartib nomeri oladigan mashqlardan foydalaniladi:
Bolalarga sonning alohida birlardan ham hosil boʻlishini koʻrsatish zarur. Bu
holda (5 sonining hosil boʻlishi) misol uchun turli oʻyinchoqlardan foydalanish
mumkin
— Mashinalar nechta? Qoʻg‗irchoq nechta? Koptok nechta? Oʻyinchoq
nechta? Hamma oʻyinchoqlar nechta? (Bolalarning javoblaridan keyin oʻqituvchi
umumlashtiradi: «Toʻg‗ri, bolalar mashina bitta, qoʻg‗irchoq bitta, koptok bitta,
oʻyinchoq bitta, poezd bitta, hammasi boʻlib 5 ta oʻyinchoq, 5 — bu 1, 1, 1, 1 va
yana 1.)
Sonni undan oldin keladigan songa birni qoʻshish bilan hosil qilar ekan,
oʻqituvchi sonni undan keyin keladigan sondan birni ayirish bilan qanday hosil
105
qilish mumkinligini koʻrsatadi. Bizning holda oʻqituvchi 5 sonini 4 ga bitta narsani
(predmetni) qoʻshish orqali hosil qilgach, 5 ta doirachadan bittasini olib qoʻyib, 4
ta doiracha qanday hosil boʻlishini koʻrsatadi. Soʻngra yana bitta doiracha olib
qoʻyiladi va 3 ta doiracha qanday hosil boʻlishini koʻrsatadi va h. k.
Matematika fanidan raqamlashni oʻrgatishga doir multimediali dars ishlanma
namunalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |