Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi 
mahsulotbo‘yicha boshqaruv 
 
Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsulotni rejalashtirish, bozorga 
moslashish, xizmatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilashi mumkin. Dastur 
qanchalik turli-tuman bo‘lsa, korxona shunchalik kuchli diversifikat- 
siyalashgan va bozori jadallashgan, mahsulot bo‘yicha marketing xizmatini 
tashkil qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi. Bunday tuzilma divizionli, 
deb ataladi. Qoidaga ko‘ra u korxonani vazifalar bo‘yicha emas, balki 
obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi, buning ustiga obyektlar 
sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va h.k.lar harakat qilishlari mumkin. 
Bundan tashqari marketingni tashkil qilish mijozlar, grafik alomatlar 
bo‘yicha ham ko‘riladi. 
Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo‘ljalini tanlashga 
harakat qilib, marketing xizmatini segmentli mo‘ljallashga murojaat 
qiladilar. Marketing tuzilishining segmentli mo‘ljallanishi 
shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridor- larning 
belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik bozorda 
bo‘lishidan qat’iy nazar ishlash uchun javob beradi. Marketing xizmati 
tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi belgilangan 
talablarga javob berishi kerak: 
-alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari; 
-huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik, 
uyushqoqlik, muntazamlik, moslashuv hamda ularni firmaning uzoq muddatli 
strategiyasiga mosligi. 
-Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni 
sotish hajmiga mos kelishi. 
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun 
marketing keng ko‘lamda zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar hajmini 
hisobga olish ham juda muhim. 


85 
Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari 
bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Firma, korxona, 
assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida tuzilgan bo‘lishini, 
kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi 
berilgan alohida tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi kerakligini 
bildiradi. 
Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi
avvalo, tashkiliy tuzilmani bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash, 
iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan yondashishni qo‘llashi, 
ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi. 
Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada strategik 
boshqaruvning markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodim- larini strategik 
masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarininazarda tutadi. 
Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt 
chegarasida mablag‘lar bilan ta’minlanishi doirasida rentabellikni ta’minlash 
va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan iborat. 
Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha mar- 
ketingning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
-
sotish hajmi; 
-
o‘sish sur’ati; 
-
bozordagi ulush; 
-
rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga nisbati, 
butun sarmoyaga nisbatan foydaning me’yori, foydaning hissadorlik 
sarmoyaga munosabati va h.k. larda aks ettirilishi mumkin; 
-
sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni 
aktivlarning umumiy miqdoriga nisbati. 
Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini 
ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan aniqlanadigan talabning to‘lov 
qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini bashorat qilishga 
mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz tajribasi 
ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil tartibda amalga 
oshirilishi mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, bunday xizmat qoidaga 
ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli xil bo‘linmalariga tarqatib 
yuborilgan 
marketingning 
barcha 
asosiy 
vazifalari 
birlashtirib 
shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda korxonaning marketing xizmati 
birga emas, balki bir necha bo‘linmalar bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bunday 
holatda barcha marketing vazifalari- ni aniq muvofiqlashtirish kerak. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish