Optik to‘lqin multipleksorlari.
Optik
multipleksorlar bir necha
yorug‗lik oqimlarini to‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirish va qarama
qarshi tomonda qaytatdan ajratish (demultpleksorlash) ni amalga
oshiradilar.
PON tarmog‘ida axborot almashinishining tashkil qilinishi
Passiv optik tirmoq qurish texnologiyasi PON ning mazmuni
markaziy uzel OLT va undan ma'lum bir masofadagi abonent uzeli ONT
lar orasida daraxtsimon topologiyadagi to‗liq passiv optik tarmoqni
yaratishdan iborat. Oraliq uzellarda elektr ta'minoti
va xizmat
ko‗rsatishni talab qilmaydigan ixcham qurilma bo‗lgan passiv optik
tarmoqlagichlar (splitterlar) joylashadi. Bir OLT uzatib qabul qiluvchi
modul ko‗pgina abonent qurilmalari ONT larga
axborotlarni uzatishga
imkon beradi. OLT ga ulanadigan ONT lar soni uzatib qabul qiluvchi
apparaturaning maksimal tezligi va nurlanish quvvatining byudjeti
(qiymati)ga bog‗liq ravishda ko‗plab bo‗lishi mumkin. To‗g‗ri va teskari
yo‗nalishlarda axborot uzatishni tashkil qilish uchun o‗tkazish
polosasi
abonentlarga dinamik taqsimlangan bitta optik toladan yoki zaxiralash
maqsadida ikkita optik toladan foydalaniladi. Markaziy uzel OLT dan
abonentga yo‗nalgan to‗g‗ri (изходящий - downstream) oqim 1490nm
to‗lqin uzunligida yoki video axborotlar uzatishda 1550 nm to‗lqin
uzunligida amalga oshiriladi. Abonentdan markaziy uzelga yo‗galgan
teskari (vosxodyaщie - upstream) oqim esa 1310 nm to‗lqin
uzunligida
amalga oshiriladi.
4.19-rasm. PON tarmog‗idagi asosiy elementlar va ishlash prinsipi
4.20-rasm. PON tarmog‗ida to‗g‗ri va teskari oqimning yuzaga
kelishi.
PON tarmog‗ini qurish uchun ―nuqta – ko‗p nuqta‖
topologiyasidan foydalanilib, tamoqning o‗zi daraxtsimon strukturaga
ega. Xar bir optik tolali segment OLTdagi
uzatib-qabul qiluvchilardan
biriga (OLT ning segmentlar ulanadigan portlaridan biriga) ulanadi.
PON tarmog‗ining bir optik-tolali segmenti EPON va BPON standarlari
qo‗llanilganda 20 km radiusda 32 tagacha abonent uzellarini ulanishini
ta'minlaydi, GPON standarlari qo‗llanilganda esa 60 km radiusdagi 128
tagacha abonentlarni ulanishini ta'minlaydi. Xar bir abonent uzeli
terminal xisoblanadi va ularning bittasi yoki birnechtasining o‗chirilishi
yoki ishdag chiqishi qolganlarining ishlashiga ta'sir etmaydi.
Quyidagi
rasmlarda PON tarmog‗idagi asosiy elementlar va uning ishlash prinsipi
va bunday tarmoqda to‗g‗ri va teskari oqimning yuzaga kelishi
tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: