Xxi asr haqiqatdan ham axborotlashgan jamiyat asri deb tan



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/68
Sana28.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#713280
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
NGN kirish tarmoqlari

5.2.5.DWDM texnologiyasi 
Telekommunikatsiya‘ning odatdagi texnologiyasi, bitta optik tola 
bo‘yicha bitta signal uzatish imkonini beradi. Spektral yoki optik 
zichlashtirish usullarining ma‘nosi shundan iboratki, bunda bitta tola 
bo‘ylab SDH ning juda ko‘p alohida signallarini uzatishni amalga 
oshirish 
mumkin 
va 
shunga 
mos 
holda 
aloqa 
liniyasining 
o‘tkazuvchanlik qobiliyati ham oshadi. Bunday texnologiya, spektrlarni 
yuqori zichlashtiruvchi texnologiyalar tarkibiga kiradi va bu AT&T 
kompaniyasi tomonidan yaratilgan.
DWDM (Dense Wavelenght Division Multiplexing) – transport 
texnologiyasi bitta optik tola orqali katta sondagi alohida optik kanallar 
tashkil qilishga yordam beradi. Shu sababli DWDM texnologiyasi 
bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmoqlarining 
transport uchastkalarida faol qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday yuqori 
tezlikga, to‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlash zich holatda amalga 
oshirish orqali erishiladi. Ya‘ni har bir optik tola bo‘ylab bir-biridan 
ma‘lum filtrlash polosasiga farq qiluvchi bir necha oqim uzatiladi va 
ularning har biri o‘zining alohida to‘lqin uzunligiga ega. Bunday 
qurilma 51 dan 102 tagacha kanallar hosil qilish mumkin (kanallar 
orasidagi) filtr polosaga bog‘liq ravishda. Bunda bir tola bo‘ylab 


uzatilishi mukin bo‘lgan oqimning umumiy tezligi bir necha Tbit/s 
gacha oshirilishi imkoni yuzaga keladi. 
DWDM asosan magistral optik transport tarmoqlarini qurishda 
qo‘llanilib, turli faqat optik darajada qo‘llaniluvchi qurilmalardan 
foydalanganligi sababli tarmoqda elektro-optik va opto-elektron 
o‘zgartirish jarayonlari kamayadi. Natijada tarmoqning ma‘lumot 
uzatish tezligi kamayishi oldi olinadi. 
Quyidagi 
DWDM 
texnologiyasining 
ishlash 
tamoyilini 
tushuntiruvchi sxema 5.7-rasmda tasvirlangan.
5.7-rasm. DWDM texnologiyasining ishlash tamoilini 
tushuntiruvchi sxemasi 
Optik signal optik tolali aloqa liniyasi bo‘ylab uzatilar ekan 
so‘nadi. Signallarni kuchaytirish maqsadida optik kuchaytirgichlar 
qo‘llaniladi. Nazariy jihatdan bu signallarni 4000 km ga hech qanday 
elektro-optik-elektro o‘zgartirishlarsiz uzatish imkonini beradi. Bu SDH 
(200km) ga nisbatan yetarlicha yuqori imkoniyat.
Bitta tola bo‘ylab umumiy ma‘lumot uzatish tezligini oshirish 
maqsadida bir necha alohida to‘lqin uzunliklarni zichlashtirish va ularni 
bitta tola bo‘ylab uzatishga erishish uchun 18 yil oldin harakat 
boshlangan. Dastlab 850 nm va 1310 nm to‘lqin uzunliklardan, 
keyinchalik 1310 nm va 1550 nm dagi to‘lqin uzunliklardan foydalanila 
boshlandi. Ammo lazer diodlarni ishlab chiqish texnologiyasining 
rivojlanishi 
va 
lazer 
diodlarning 
spektral 
harakteristikalari 
mukammallashgach 1550 nm diapazonida bitta tola bo‘ylab bir necha 
o‘nlab kanallarni zichlashtirish imkoni hosil bo‘ldi. Bunday texnologiya 
asosida ishlovchi turli hil ishlab chiqaruvchilar tomonida ishlab 
chiqilgan qurilmalarni o‘zaro hamkorlikda ishlay olishlarini ta‘minlash 


maqsadida bu texnologiyada optik tashuvchilarni standartlashtirish, 
kanal va chastota rejasii standartlashtirish masalasi yuzaga keldi.
Bu masalani Xalqaro elektr aloqa birlashmasi (ITU) hal etdi. 
DWDM twxnologiyasining kanallari va chastotalari rejasi ITU ning 
G.692 standartida tartibga solingan va belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra 
DWDM texnologiyasida 1528,77 nm dan 1569,69 nm gacha spektrdan
(umumiy 5,1 TGs li diapazon) foydalanish, kanallar orasidagi filtr 
polosasini 100 GGs erib tayinlash tavsiya etiladi. Bu diapazonda 
maksimal 51 ta optik kanal hosil qilish mumkin. Demak bu holatda 
kanallar orasidagi qadam 0,8 nm ni tashkil qiladi.
Ammo keyinchalik ma‘lum bo‘ldiki, juda ko‘plab ishlab 
shiqaruvchilari tomonida kanallar orasidagi filtr polosa farqi 50 GGs 
(0,4 nm) bo‘lgan qurilmalar ishlab chiqarilgan Bundan tashqari shunday 
holatlar bo‘ladiki bu darajadagi zichlashtirishga zarurat bo‘lmaydi va 
kanalla orasidagi filtr polosa farqini 200 GGs, hattoki 400 GGs gacha 
oshirish mumkin. Shunday qilib ITU G.692 standartining ohirgi 
versiyasi bunday texnologiyalarda kanalla orasidagi filtr polosasini 
50,100, 200, 400 GGs (0,4; 0,8; 1,6; 3,2 nm) ga teng qilib olish tavsiya 
etiladi. Kanallar orasidagi filtr polosa farqi 0,4 nm bo‘lganda 1529-1565 
nm diapazonda jami 102 ta optik kanal hosil qilsa bo‘ladi. Hizirgi 
kunda kelib ITU kanallar orasidagi filtr polosa kengligini 25, 12,5 GGs 
qilib belgilanishini tavsiya etmoqda. 
DWDM tarmoqlari quyidagicha asosiy afzalliklarga ega: 

uzatish tezligining yuqoriligi;

xalqa tapologiyasi asosida 100 % li zaxirani ta‘minlash 
imkoniyati;

optik toladagi kanallarning shaffofligi tufayli kanal satxida 
har qanday texnologiya‘ni ko‘llash imkoni; 

optik magistraldagi kanallar sonini soddagina oshirish 
imkoni. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish