Parametrlari
1
Hosil qilinadigan kanallar soni – 32
2
Diskretizatsiya chastotasi – 8 kGs
3
Siklning qaytarilish davri – 125 mks
4
Kanal intervali davomiyligi – 125/32=3,92 mks
5
Guruhdagi kod elementlari soni - 8
6
Kvantlash sathlari soni – 2
n
=256
7
Bir bit uzatish vaqti – 3,92/8=0,49 mks
8
Birlamchi E1 oqim taktli chastota ( takt intervaliga teskari
kettalik) – 2048 kGs
9
ARK taktli chastotasi - 64 kGs;
1
0
Birlamchi E1 oqim tezligi – 2048 kbit/s;
1
1
ARK tezligi – 64 kbit/s.
Kirish oqimlari signallari tezliklarini moslash usuli tufayli bitlar
ketma-ketligiga asoslangan MUX chiqishida sinxron raqamli ketma-
ketlik xosil bo‗ladi. Qo‗shilgan/olib tashlangan moslashtiruvchi bitlar
joylashish o‗rni haqidagi ma'lumotlar qabul qilish tomoniga uzatiladi.
Qabul qilish tomonida demultipleksatsiya jarayonida ushbu bitlar olib
tashlanadi/qo‗shiladi.
Keyingi sathlar (uchinchi va to‗rtinchi) da bitlar ketma-ketligiga
asoslangan multipleksatsiyalash jarayoni qaytariladi. Bunda har bir
sathda moslashtiruvchi bitlar qo‗shiladi yoki olib tashlanadi. Qabul
qilish tomonida mos holda har bir sathda bitlar olib tashlanadi yoki
qo‗shiladi.
Raqamli signallar uzatishning bu usuli plezioxron yoki sinxronga
yaqin nomi bilan ataladi. Bunday iyerarxiyalr asosida hosil qilingan
RUT plezioxron RUT yoki PDH deyiladi.
PDH uzatish tizimlari qurilmalari ancha murakkab (bir necha
multipleksorlash va demultipleksorlash qurilmalari) tuzilishga ega.
Lekin mikroelektronika sohasidagi yangi tadqiqotlar qurilmalarni
arzonlashuviga olib keldi. Uzatish muhitida optik kabellar qo‗llanilishi
tufayli 100 km va undan ortiq bo‗lgan regeneratsiya qismlari hosil
qilindi. Bularning barchasi PDH tizimlarining magistral, hududiy,
mahalliy va ayniqsa shahar aloqa tarmooqlarida keng tarqalishiga omil
bo‗ldi. Ular 64 kbit/s tezlikli ko‗plab kanallar orqali yuqori sifatli telefon
aloqasi,
ma'lumotlar uzatish va hokazo uchun qo‗llanildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda PDH tizimlari yanada rivojlanadi,
degan fikrga kelingan edi. Lekin bu tizimlar moslashuvchan emasligi va
boshqa bir qator kamchiliklarga ega bo‗lgani tufayli rivojlanmay qoldi.
PDH tizimining asosiy kamchiligi shundaki, ularda bitlarni
moslashtirishning qo‗llanilishi 64 kbit/s tezlikli ARK yoki 2,048 Mbit/s
tezlikli birlamchi raqamli oqimni, masalan, 139, 264 Mbit/s tezlikli
oqimdan ajratib olish uchun bu oqim butunlay demultipleksatsiya qilish
va moslashtiruvchi bitlarni qo‗shish/olib tashlash kerak. Oraliq
punktlarning har birida bu operatsiyalar amalga oshirilishi kerak.
Bizga ma'lumki, oxirgi yillarda aloqa tarmoqlarida pleziaxron
raqamli iyerarxiya (PDH) tizimlaridan tashqari sinxron raqamli
iyerarxiya (SDH) tizimlari ham keng qo‗llanila boshladi. Bu asosan
ularning PDHga nisbatan juda ko‗p afzalliklari va xususiyatlari bilan
bog‗liq.
Sinxron
raqamli
iyerarxiya
(SDH),
tarmoqning
barcha
uchastkalarini o‗z ichiga oladigan, axborot uzatish kabi nazorat va
boshqarish funksiyalarini bajaradigan ko‗p kanalli umumiy tizimni hosil
qiladi. SDH ni qo‗llash orqali apparatura narxini, foydalanish
harajatlarini, sozlash va payvand qilish muddatini, qo‗llanadigan
apparaturalar sonini, hajmini kichraytirish mumkin. Bir vaqtning o‗zida
aloqa sifati sezilarli darajada oshadi.
U quyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Xususiyati, SDH tizimlarining uzatish tezligi, Yevropa va Amerika
PDH iyerarxiyasining birlashtirilgan standart qatoriga mos keluvchi 1.5;
2; 6; 8; 34; 45; 140 Mbit/sli tarmoqda kirish kanallarini qo‗llashga
mo‗ljallangan terminal multipleksor (TM)lar va kirish-chiqishli
multipleksor (KChM)lar orqali tashkil qilinadi. Uzatish tezligi
belgilangan qatorga mos keluvchi, imkoniyatli kanallarning raqamli
signaliga – PDH
triblari (trib - aloqachilar terminalogiyasida komponent
signallar), uzatish tezligi SDH tezligiga mos keluvchi standart qator
signallariga - SDH
triblari deyiladi.
2.
Xususiyati, SDH triblari o‗lchami PDH iyerarxiyasining triblari
satxi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart
konteynerlarda
joylashgan bo‗lishi zarur. Bunday konteynerlar – virtual konteynerlar
deyiladi. Virtual konteynerlar guruhda ikkita har hil usulda birlashishi
mumkin. Past satxdagi konteynerlarni yuqori satxli konteynerlarning
zarur yuklamasi sifatida qo‗llash va multipleksorlash mumkin. Bu o‗z
navbatida eng yuqori sathdagi (eng katta o‗lchamdagi) STM-1 freym
konteynerining zarur yuklamasi bo‗lib xizmat qiladi.
3.
Xususiyati, bunda virtual konteyner holatini qayta ishlashni
sinxronlashtirish dalillari orasidagi qarama-qarshilik va maydon ichidagi
kerakli yuklamaga ega bo‗lgan konteyner holatining mumkin bo‗lgan
o‗zgarishini, ko‗rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin, xattoki,
o‗lchamlari har xil bo‗lgan konteynerlar va yuqori sathli
konteynerlarning hajmi ancha yuqori bo‗lganda ham, u baribir yetarli
darajada bo‗lmasligi mumkin yoki yuklama ostida o‗lchami kichiq
bo‗lgan bir nechtasini ajratishi mumkin. Buning uchun SDH
texnologiyasida konteynerlarni tortishish imkoniyati qarab chiqilgan.
Hosil bo‗lgan konteynerlar asosiysidan, mos keluvchi indeksi bilan
farqlanadi (yuklamaning aralashishi nuqtai nazaridan), xuddi bitta katta
konteyner singari ko‗rsatilgan imkoniyat bir tomondan nomlanishga ega
bo‗lgan konteynerlarni qo‗llashni optimallashtiradi, boshqa tomondan
uni aniq bo‗lmagan qayta ishlash laxzasida yangi turdagi yuklamani
texnologiya bilan oson moslashtirish imkonini beradi.
4.
Xususiyati, bitta satxdagi bir necha konteynerlar, shu joyning
o‗zida ulanishi mumkin va nosandart zarur yuklamani joylashtirish
uchun qo‗llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi.
5.
Xususiyati, bunda 9•9=81 bayt o‗lchamli alohida sarlavxa
maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash
me'yori). U zarur bo‗lgan boshqarishni va nazorat axborotini
joylashtirish va zarur bo‗lgan ichki ma'lumotlarni uzatish kanallarini
tashkil qilish uchun baytning bir qismini olib borish uchun etarli
darajada katta. Freym tuzilishida uzatiladigan har bir bayt, tezligi 64
kbit/s ga teng bo‗lgan oqimga ekvivalent ekanligini hisobga olgan holda
berilgan sarlovxani uzatish 5184 Mbit/s ekvivalent xizmat axborotlari
oqimini hosil qilishga mos keladi.
PDH
tarmoqlarining
kamchiliklari
hozirgi
damda
iste'molchilarning yangidan – yangi talablarini qondirishga qodir emas.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida butun dunyo izlanuvchi –
olimlari yangi yo‗llarni qidira boshlashdi. Bu yangi yo‗nalish orqali
quyidagi muammolarni yechish kerak edi:
1.
Turli xil iyerarxiyalar uzatish tezliklarini stndartlashtirish va PDH
tarmoqlari iyerarxiyalaridan tashqaridagi holatlar uchun yangi uzatish
tezliklari iyerarxiyalarini davom ettirish;
2.
Oqimlarni marshrutizatsiyalash va ixtiyoriy murakkab tarmoqlarda
raqamli oqimlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lish uchun yetarli
miqdorda xizmat signallari (signalizatsiya)ga ega bo‗lgan raqamli
guruhli signallar sikllarining yangi strukturasini ishlab chiqish;
3.
Aloqa punktlarida oqimlarni ajratish/qo‗shish jarayonini bu
oqimlarni
murakkab
multipleksatsiya/demultipleksatsiya
qilish
jarayonisiz amalga oshirish;
4.
Xar xil firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan turli xil
qurilmalarni o‗zaro oson ulanishini ta'minlovchi standart interfeyslar
ishlab chiqarish.
Bu muammolarni yechish jarayonida quyidagi takliflar keltirildi:
1.
Bitlarni ketma-ket qo‗llash bilan uzatiladigan oqimlarni plezioxron
uzatish usulini emas, balki baytlarni ketma-ket qo‗llash orqali oqimlarni
multipleksatsiya qilish;
2.
Iyerarxiya‘ning birinchi sathi sifatida 50, 688 Mbit/s uzatish
tezligini qabul qilish – chunki bu tezlik 1, 554 – 6,321 – 44,736 Mbit/s
li AI iyerarxiyalar ketma-ketligini davom ettirish imkoniyatini beradi,
chunki bu ketma-ketlik oxirgi sathi 44,736 Mbit/s ga kerakli xizmat
signallari baytlarini qo‗shish bilan 50,688 Mbit/s (AI standartining
SONET sinxron raqamli iyerarxiya tizimi)ga yetkazish mumkin, ya'ni
ketma-ketlikning oxirgi sathi yangi iyerarxiya‘ning birinchi sathi sifatida
qo‗llanilishi mumkin.
3.
Yangi iyerarxiyalar ketma-ketligi yetarli darajada sathlarga ega
bo‗lishini va keyingi sathlar uzatish tezliklari sath nomeriga karrali
bo‗lishini ta'minlash. Masalan, uchinchi sath tezligi 3*50,688 = 152, 064
bo‗ladi.
4.
Virtual konteynerlar texnologiyasini qo‗llagan holda, bu paketlarga
raqamli signallarni ketma – ket joylashtirish va ularni jo‗natish; bu
texnologiya aloqa punktlarida turli xil tezlikdagi plezioxron raqamli
uzatish tizimlari signallarini joylashtirish va jo‗natish imkoniyatini
beradi;
5.
Yangi iyerarxiyadagi raqamli uzatish tizimlari liniya traktlarida
uzatish muhiti sifatida faqat optik kabellarni qo‗llash.
Sinxron tizimlarda uzatish va qabul qilish tomoni sinxronizatsiyasi
bir xil takt chastotasiga ega bo‗lgan tayanch generatorlari orqali amalga
oshiriladi. Shunday qilib, yangi raqamli iyerarxiya – sinxron raqamli
iyerarxiya – SDH tizimi paydo bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |