146
Iste’molchilarga sotish uchun mo’ljallangan muskat yong’og’i 3-5 donadan qilib (13-15
g) karton korobkalar yoki shisha probirkalarga qadoqlanadi. Ba’zan muskat yong’og’i
maydalangan holda iste’molchilarga taqdim etilishi mumkin.
Sifatli muskat yong’og’i sog’lom, hasharotlar bilan zararlanmagan, ko’kish-qo’ng’ir
rangli bo’lishi kerak. Tarkibida 5 % dan ortiq chirigan mag’izlari bo’lgan, begona hidlarga va
ta’mlarga ega bo’lgan, zararkunandalar bilan zararlangan muskat yong’oqlarini sotuvga
chiqishga ruxsat etilmasligi kerak.
Muskat yong’og’i oshpazlikda, oziq-ovqat sanoatida kolbasa, liker-aroq va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Bundan tashqari muskat yong’og’idan
tabobatda va parfyumeriya sanoatida qo’llaniladigan efir moyi ishlab chiqarishda ham keng
qo’llaniladi.
Qalampir. Qalampir eng ko’p tarqalgan ziravorlardan hisoblanadi. Qalampirning o’tkir
ta’mi va o’ziga xos xushbo’yligi mavjud bo’lganligi uchun go’sht, baliq, sabzavot, qandolat,
liker-aroq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Qalmpirning asosan to’rtta
turi mavjud: qora murch, oq murch, xushbo’y murch, qizil qalampir.
Qora murch – tropik o’simlikning quritilgan dumbul mevasidir. Qalampirning vatani
Hindiston hisoblanadi. Qora murchning tarkibida unga o’tkir achchiq ta’m beradigan 7 % ga
yaqin piperin (S
17
N
19
NO
3
) alkaloid va 2 % gacha o’ziga xos hid beradigan efir moyi bo’ladi.
Qora murch sotuvga donador va yanchilgan holda chiqariladi. Sifatli murchning donlari
sharsimon (diametri 3-5 mm), burishqoq, qora, yarqiramaydigan, jigar rang tusli bo’ladi. Yaxshi
navlarining 100 donasining massasi 4,8 g gacha bo’ladi. Sifatli donador qora murchda chirigan,
zararkunandalar bilan zararlangan donlar va begona hidlar bo’lmasligi kerak. Namligi 12 % dan
oshmasligi kerak. Umumiy kul miqdori esa 6 % gachani tashkil etadi.
Yanchilgan murch ham to’q kulrang, kukunsimon mahsulot bo’lib, uning sifat
ko’rsatkichlari aynan donador qora murchniki singari bo’ladi.
Oq murch – qora murch olinadigan daraxtning yaxshi pishib etilgan mevasini quritib
ishlov berish yo’li bilan olinadigan mahsulotdir. Oq murch qora murch singari o’tkir, achchiq
ta’mga ega emas.
Xushbo’y murch (qalampirmunchoq) – bu tropik daraxtning dumbul bo’lib etishgan
mevasini quritib olinadi. Xushbo’y murchning ham donlarining yuzasi burishqoq, to’q jigarrang.
Xushbo’y murchning hidi ham dolchin va muskat yong’og’ining hidi singari murakkab bo’lib,
ta’mi yoqimli achchiqroq bo’ladi.
Qizil qalampir – bu ituzumdoshlar oilasiga mansub o’simlikning butunligicha quritilgan
yoki quritib kukun holiga keltirilgan mevasidir. Qizil qalampir ta’mining o’tkir, achchiqligiga
qarab achchiq, o’rtacha achchiqlikdagi va shirin qalampir turlariga bo’linadi.
Qizil qalampir tarkibida 0,02 dan to 1 % gacha miqdorda kapsaistin (C
18
H
27
HO
3
)
alkaloidi bo’ladi, ana shu alkaloid qalampirga o’tkir, achitadigan ta’m beradi. Yanchilgan qizil
qalampir 25-30 g miqdorida paketchalarga qadoqlanib savdoga chiqariladi.
Mag’or bosgan, ho’l, shuningdek begona hidlarga ega bo’lgan qalampirlarni
iste’molchilarga sotish taqiqlanadi.
Zira. Bir yillik o’tsimon o’simlikning ikki urug’i mevasi. Sobiq Ittifoqning hamma
joylarida keng tarqalgan o’simlik hisoblanadi. Ziraning mevasi sal egik, qo’ng’irroq rangli
o’roqsimon urug’dan iborat. Zira tarkibida efir moyining miqdori 3 % dan 7 % gachani tashkil
etadi. Efir moyining 50 foizini karvon (C
10
H
14
O) moddasi va qariyib shuncha qismini limopen
(C
16
H
16
) moddasi tashkil etadi.
Sifatli zira urug’lari kuchli o’ziga xos yoqimli hidga va o’tkir ziravor ta’mli bo’ladi.
Quruq ziraning namligi 12 % dan, begona aralashmalar miqdori esa 3 % dan oshmasligi talab
etiladi. Zira karam tuzlashda, pishloq, qandolat mahsulotlari va non tayyorlashlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: