Subtropik mevalar
Suyutropik mevalarga stitruslar (apelsin, mandarin, limon, greyfurut), anor,, xurma, anjir
va boshqalar kiradi. Respublikamizda etishtiriladigan asosiy subtropik mevalar anor, xurma,
13
anjir va limon (issiqxonalarda etishtiriladi) hisoblanadi. Bu mevalar bir guruhga kiritilsada
kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyatlari va sifat tahlilini o’tkazish uslublari bo’yicha
ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi.
Anor.
Anorning mevasi yirik (diametri 12 sm gacha), sharsimon, po’sti oqish (oqpo’st)
yoki qizg’ish (qizil po’st) bo’ladi. Ichida meva xonalarga bo’lingan, xonalarda ta’mi nordon-
shirin, rangi qizil yoki pushti sersharbat etga o’ralgan urug’lar bor. Anor mevalari bir donasining
og’irligiga qarab katta (400 g dan ortiq), o’rtacha kattalikda (300-400 g) va kichik (300 g dan
kamroq) bo’ladi. Anorlar tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab shirin, nordon-shirin va nordon
guruhlariga bo’linadi. Shirin anorlar etida qand miqdori 15-19 foiz miqdorida bo’ladi. Anor
tarkibida vitaminlar va xilma-xil mineral elementlar mavjudligi uchun ham shifobaxshlik
xususiyatiga egadir.
Muallifning Surxondaryo viloyatining Dashnobod, Bandixon va Farg’ona vodiysi Quva
tumanining «Anor» xo’jaliklarida etishtirilgan anorlarning Qozoqi va Qizil anor navlari bo’yicha
o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, anor mevasi makro- va mikro
elementlarga boyligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Anor mevasi tarkibida kaliy, natriy,
kalstiy, magniy kabi makroelementlar va rux, temir, marganest, nikel kabi mikroelementlar
borligi aniqlangan. Anor sharbati tarkibida boshqa stitrus mevalaridagiga nisbatan S, V
1
va R
vitaminlarining miqdori kamroq bo’lsada, bu mevalar ham inson organizmi uchun fiziologik faol
moddalarning muhim manbai bo’lib xizmat qilishi tadqiqot natijalari asosida isbotlangan.
Anorning sifati GOST 27573-87 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu
standart talabi bo’yicha anor mevalari sifat darajasiga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga
bo’linadi.
Har ikkala navga kiritiladigan mevalar yangi, butun, etilib pishgan, sog’lom, toza,
ortiqcha namliklarsiz, ombor zararkunandlari bilan zararlanmagan, shakli va rangi bo’yicha
aynan shu pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar navida esa shakli va rangi
bo’yicha shu pomologik navga xos bo’lmagan mevalar ham bo’lishiga ruxsat etiladi. Mevalar
ta’mi va hidi bo’yicha esa o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak.
Anor mevalarining sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy ko’rsatkichlardan biri meva
ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich iste’molga mo’ljallangan
mevalarning birinchi navida 75,0 mm dan, ikkinchi navida esa 60,0 mm dan kam bo’lmasligi
standartlarda ko’rsatib qo’yilgan.
Anor mevasida uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri quyosh nuri ta’sirida anor
po’stlog’ida qora doqlarning paydo bo’lib qolishi hisoblanadi. Shu sababli mevalarda ma’lum
darajada bu nuqsonning bo’lishiga ruxsat etiladi. Anorning birinchi tovar navida anor yuzasining
1/8 qismidan katta bo’lmagan, ikkinchi navida esa 1/4 qismida katta bo’lmagan qora dog’ga ega
bo’lgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Anorning sifat tahlilini o’tkazishda aniqlanadigan
yana bir ko’rsatkich anor po’stlog’ining mexanik shikastlanganlik darajasi hisoblanadi. Birinchi
navli anor mevasida po’stlog’i urilib shikastlangan mevalar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida
esa yuzasi anor mevasi yuzasining 1/4 qismidan katta bo’lmagan jarohatli mevalar bo’lishiga
ruxsat etiladi. Shuningdek, anorning ikkala tovar navida ham mexanik jarohatlari bitgan mevalar
miqdori chegaralanmaydi. Lekin, standart talabi bo’yicha anorning har ikkala tovar navida ham
chirigan, ezilib qolgan, pishmagan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlangan mevalar
bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Xurmo.
Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po’sti zarg’aldoq-sariqdan to’q-qizil
ranggacha bo’ladi. Xurmoning sifati RSTUz 854-98 nomerli standart talabiga javob berishi
kerak. Bu standart talabi bo’yicha xurmo mevasi birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi.
Har ikkala tovar naviga kiritiladigan mevalar yangi, butun, toza, sog’lom, qishloq xo’jalik
zararkunandalari bilan zararlanmagan, mexanik jarohatlanmagan, shakli va rangi bo’yicha shu
pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ta’mi va hidi esa yoqimli, o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va
hidlarsiz bo’lishi kerak.
Xurmo mevalari uchun ham asosiy ko’rsatkichlardan biri meva ko’ndalang kesimining
diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi navga kiritiladigan mevalarda 60 mm dan kam
14
bo’lmasligi kerak. Ikkinchi navga kiritiladigan mevalar uchun esa bu ko’rsatkich
me’yorlashtirilmaydi.
Anor mevasidagi singari xurmo mevasida ham quyosh nuri ta’sirida qora dog’lar paydo
bo’lishi mumkin. Standart talabi bo’yicha birinchi navga kiritiladigan xurmo mevalarida qora
dog’lar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa xurmo yuzasining 1/8 qismidan katta
bo’lmagan qora dog’li mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Xurmo mevalari mexanik ta’sirga
chidamsiz, nozik meva bo’lganligi sababli har ikala tovar navida ham po’stlog’i shikastlanib
qolgan jarohatli mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Shuningdek, xurmoning ikkala tovar
navida ham chirigan, ezilgan va pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |