Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


  I bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#712596
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197
Bog'liq
2-1053

 


17 
I bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING 
VAZIFALARI 
 
1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi 
 
Hozirda 29 avgust 1997 yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni amalda. Ushbu 
qonunga asoslanib milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston 
Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai 
hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi. 
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil etuvchilarini 
ko‘rsatish mumkin: 
-
iqtisodiy xavfsizlik; 
-
ichki siyosiy xavfsizlik; 
-
ijtimoiy xavfsizlik; 
-
ma’naviy xavfsizlik; 
-
halqaro xavfsizlik; 
-
axborot xavfsizligi; 
-
xarbiy xavfsizlik; 
-
chegaraviy xavfsizlik; 
-
ekologik xavfsizlik. 
Iqtisodiy xavfsizlik
– shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy 
muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy 
xavfsizlikka binoan xalq o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini 
tashqaridan aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi. 
Ichki siyosiy xavfsizlik
– hokimiyat institutlarining barqarorligi va 
samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash 
qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy 
barqarorlikni ta’minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy 


18 
institutlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan 
siyosiy munosabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning ommaviy 
tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik bo‘lmaydi.Fuqarolarning 
siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy 
rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy xavfsizlik
– shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim 
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Ijtimoiy 
xavfsizlikning ob’ekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomonidan tartibga solinuvchi 
xalq turmushi sifati va darajasini ta’minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy 
elementlari. Ijtimoiy rivojlanish strategiyasi, ularning uzoqligiga, kambag‘allik 
darajasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va sog‘liqni 
saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning umumiy darajasiga va, 
nihoyat, demografik muammolariga ta’siri ma’lum. 
Ma’naviy xavfsizlik
– bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi 
yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot 
olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin 
zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. 
Ayniqsa, ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, 
individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan 
boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini, 
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan 
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.Hozirgi vaqtda 
ahlloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni 
mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi 
taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf 
solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan 
bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. 
Xalqaro xavfsizlik
– xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik 
deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar 
holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar 


19 
sub’ektlariga urush xavfi yoki suveren xayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan 
boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan, hozirda halqaro 
tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan. 
Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash xuquqiga ega. 
Axborot xavfsizligi
– mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik sub’ektlari va 
fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus 
ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati. 
Xarbiy xavfsizlik
– xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy 
doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina – 
O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy, xarbiy-
strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui. 
Xarbiy doktrinaning xuquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
qonunlar hamda xarbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi O‘zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalari 
tashkil 
etadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining xarbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlarning 
Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Chegaraviy xavfsizlik
– O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va 
chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, 
jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri 
hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan 
uzviy bog‘langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi va 
chegara oldi xududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan. 
Ekologik xavfsizlik.
Sivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida 
uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa 
ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli 
chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish