Безымянный


analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/283
Sana28.06.2022
Hajmi7,03 Mb.
#712414
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi-объединены

analitik
bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich.
Analitik bosqich 
savod o 'rg atish davriga to 'g 'ri keladi, bunda so'zni b o 'g 'in -h a rf to ­
m onidan tahlil qilish va b o 'g 'in la b o 'q ish malakasi shakllantiriladi. 
Sintetik bosqich 
uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakterlidir; bunda 
so'zni k o 'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so 'z m a ’nosini 
anglash bilan asosan mos keladi. O 'qish so 'z m a’nosini idrok qilish 
bilan am alga oshadi. O 'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. 
B undan keyingi yillarda o'q ish
avtomatlasha 
boradi.
O 'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, 
asar m azm unini tahlil qilish o'q ish m alakalarini takom illashtirishga 
yo'naltirilgan bo'lsin.
To‘g‘ri o‘qish. 
T o 'g 'ri o'qish deganda xato qilm asdan, yanglishm as- 
dan o'qish tushuniladi, y a’ni to 'g 'ri o'qish so'zning tov u sh -h arf 
tarkibini, gram m atik shakllarini buzm asdan, so'zdagi tovush yoki 
b o 'g 'in n i tushirib qoldirm ay, boshqa tovushni q o'shm ay, harflar o 'r ­
nini alm ashtirm ay, aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to 'g 'ri qo'yib 
o'q ish hisoblanadi. M .O dilova va T.A shrapovalar „Adabiy talaffuz


m e’yorlariga qo'yilgan barcha tala b la r to 'g 'ri o'q ish ko'nikm asiga ham
taallu q lid ir", — deb ta ’kidlaydilar. Rus m etodisti Y akovleva to 'g 'ri 
o'qishga quyidagicha ta ’rif bergan: „ T o 'g 'ri o 'q ish — bu m aterialning 
tovush to m o n id an xatosiz va bir tekisda ravon nusxa k o 'ch irish d ir". 
Dem ak, to 'g 'ri o'qish so 'znin g tovush tarkibini, gram m atik shaklini 
buzm asdan adabiy-orfoepik m e ’yorlar asosida o'qishdir.
B oshlang'ich sin f o'quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va m atn 
m azm unini tushunish o 'rtasida pu x ta sintez y o 'q bo'lgani u ch u n ular 
o'qishda xatoga y o'l qo'yadilar. Bu esa m atn m azm unini tushunishni 
qiyinlashtiradi.
T o 'g 'ri o 'q ish so'zning uzun-qisqaligiga, 
o 'q u v ch in in g so 'z 
boyligiga, ya’ni so'zning leksik m a ’nosini qanchalik bilishiga ham da 
so'zning b o 'g 'in va m orfemik tarkibiga bog'liq. O 'q uv chilar k o 'p in ch a
quyidagi sabablarga ko 'ra xatoga yo'l qo'yadilar:
1. S o'zn i talaffuz qilish bilan uning m a ’nosini tushu nish o 'r ta ­
sida puxta sintez bo'lm agani u ch u n bola so'zning oldin tovush to - 
m onini k o 'rad i, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So'zning m a’nosini esa 
e ’tibordan ch etd a qoldiradi.
2. S o 'z k o 'p b o 'g 'in li b o 'lib , bola uni oldin eshitm agan bo'lsa, 
xatoga y o'l qo'yadi.
3. So'zning m a ’nosini bilm aslik tufayli xatoga yo'l q o 'y ad i.
4. Tez o'qiym an deb xatoga y o 'l qo'yadi.
5. T o 'g 'ri o 'q ish yorug'likka va yorug'likning tushishiga ham
bog'liq.
6. U ndosh tovush so'zning o 'rta sid a va oxirida kelgan yopiq 
b o 'g 'in li so'zlarn i o 'qish da qiynaladilar.
Xato o 'q ish n in g oldini olish u c h u n quyidagilar e ’tiborga olinadi:
1. M atnni o 'q itish d an oldin undagi o'qilishi qiyin s o 'z , birikm a 
va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. 
Tuzilishi m urakkab so'zlarni b o 'g 'in la b o'qilishini m ashq qildirish.
2. M atnni o 'q ish d an oldin un ing m azm unini tu sh u n ish n i qi- 
yinlashtiradigan so 'zlam in g lug'aviy m a’nosini tu shuntirish . S o'z 
m a ’nosini izohlash usullarini aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tush u n arli qilib berish.
4. M atnni diqqat-e’tibor bilan o'qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o'qitish, so'ng ovoz chiqarib o'qitish.
6. O 'qitishda o'q uvch ilam in g individual xususiyatlarini hisobga 
olish, ya’ni m atn n i oson, o 'rta c h a qiyinlikda va qiyin o'q ilad ig an


o ‘rinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan o ‘quvchilarga oldindan 
taqsim lab berish.
7. 0 ‘quvchilarning o ‘qishini m untazam tekshirib turish.
8. X atoning xarakteriga qarab, u n i m etodik to m ondan to ‘g ‘ri 
tuzatish yo'lini aniqlash.
9. O 'quvchilarni xato qilish m um kin bo'lgan o 'rin d an ogohlantirib 
turish.
10. X atcho 'pdan foydalanish.
11. Xato o'q ish o ‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog‘liq b o 'l- 
sa, bu jih atn i ham hisobga olish.
O 'qituvchining tuzilishi m urakkab so'zlarni oldindan xattaxtaga 
yoki kartonga b o'g'inlarga bo'lib yozib qo'yib, o'quvchilarga ovoz 
chiqarib birgalikda o'qitishi yaxshi natija beradi.
O 'quvchilar yo'l qo'ygan xato ikki xil y o 'l bilan tuzatiladi:
1. O 'quvchi so 'z oxiridagi q o 'sh im ch an i n o to 'g 'ri o'qisa, uni 
o'qishd an to 'xtatm asd an xatoni to 'g 'rila sh m um kin.
2. Xato o'qish bilan gaplarning m azm uni buzilsa, qayta o'qitish 
usulidan foydalaniladi. Bunda o'quvchiga o'qigan m atni yuzasidan 
savol berilsa, o'quvchi e ’tiborli b o 'lib qayta o'qiydi.
Tez o‘qish. 
Tez o'qish m e’yoriy tezlikda o'qish bo'lib, bunda o'qish 
sur’ati m atnning m azm unini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. 
O 'qish tezligi m atnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o'sib 
borishi lozim. O 'qilayotgan asar m azm unini o'zlashtirishni, m atn m az­
m unini ongli idrok etishni ta ’minlaydigan o'qish 
tez o‘qish 
deyiladi.
O 'qish sifatlarini yaxshi o'zlashtirgan holda o'quvchilam ing o'q ish
su r’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastu r talablarini bajarm adi, degan 
gap emas. Og'zaki nutq tem piga to 'g 'ri keladigan o'q ish su r’ati normal 
tezlik hisoblanadi. C hunki o 'ta tez h am , o 'ta sekin o'q ish ham m atn 
m azm unini o'zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O 'qish tezligi bir daqiqada o'qiladigan so 'zlar soni bilan belgilanadi. 
2005-yilda e’lon qilingan o 'q ish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida 
o'qish su r’ati 20—25 so 'z (notanish m atn ni o'qish tezligi ham 20—25 
so'z); o'quv yili oxirida 25—30 so'z; 2-sinfning 1-yarim yilligida m at­
nni o'q ish tezligi 30—35 so'z; 2-yarim yilligida 40—50 so'z; 3-sinfning
1-yarim yilligida 60—70 so'z; 2-yarim yilligida 70—80 so'z; 4-sinfning
1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so 'z , ovozli o'qishda 90—100 
so 'z deb belgilangan.
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so'zli m atnni 
o'qisa, undagi 200 ta so'zn i eslab qo lar ekan. Agar harflab, b o'g 'in lab


o ‘qisa, uning diqqat m arkazida s o 'z em as, b o 'g 'in b o'lad i. N atijad a 
u so'zlarni eslab qola olm aydi9. Bu 4 -sin f o'quvchilarinin g o 'q ish
tezligiga tatbiq etilsa, 125 so 'z d a n 100 so 'zn i eslab qoladi. Bu esa 
yuqori ko'rsatkichlarga erishish im konini beradi. 4-sinfda bir daqiqada 
170—180 ta so 'z o'qiydigan o'q u v ch ilar ham bor.
O 'q ish tezligi to 'rt yil davom ida to 'g 'ri va ongli o 'q ish bilan bog'liq 
holda asta ortib boradi. O 'qish tezligini tekshirganda o 'qitu vch i o 'q i- 
ladigan m aterialning xarakterini, ya’ni g'oyaviy-m avzuviy m urakkab- 
ligini, so 'z va gaplam ing tuzilishini, ularning bolalar nutq ida qay d a ra ­
jada ishlatilishini, o'q ishning to 'g 'ri va ongli bo'lishini hisobga oladi. 
O 'qu vch ilam in g o 'q ish tezligi h ar xil b o 'lad i, albatta. O 'qituv chin ing
vazifasi barcha o 'q uv chilam in g o 'q ish tezligini, iloji boricha bir xil- 
likka keltirishdan iborat. O 'qish su r’atini oshirishda tez aytishlarni, 
m aqollarni yod oldirish va m atnni ovoz chiqarib o'qishni m ashq qilish 
kabilar sam arali usullardan hisoblanadi.
Ongli o ‘qish. Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. 
Ongli o'q ish o'qilgan m atnning aniq m azm unini, asarning g'oyaviy 
yo'nalish in i, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o 'qish , 
shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o 'z m unosabatini 
ifodalay olishdir. Ongli o'q ish o 'z navbatida, o 'q u vch ilam ing zarur 
hayotiy tajribasiga, so'zning leksik m a ’nosini, gapda so'zlam in g
bog'lanishini tushunishga va bir q ato r m etodik shartlarga bog'liq. 
H ozirda ongli o 'q ish atam asi adabiyotlarda va m aktab tajribasida ikki 
m a’noda: birinchidan, o'qish jarayonini egallashga nisbatan o'qish 
texnikasi m a’nosida, ikkinchidan, keng m a’nodagi o'qishga nisbatan 
o'qish sifatlaridan biri m a’nosida qo'llanadi.
M atnni ongli o'q ish u ch u n o 'q u v ch ilar to 'g 'ri, m e’yorida o 'qishn i 
egallagan bo'lishlari va o 'q ish jarayo n ida qiynalmasligi talab etiladi. 
O 'q uv chilar m atnni ongli o'qishlari uchu n m atn m azm uni va badiiy 
vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o 'qishning m uhim sharti asar qurilishi va m azm unini tu sh u ­
nish hisoblanadi. O 'qituvchi ongli o 'q ish n i m atnni ifodali o'qishga 
(agar ovoz chiqarib o'qilsa) va asar m azm uni yuzasidan berilgan 
savollarga javobning to'g'riligiga, asar voqealari va qahram o nlam in g
xatti-harakatiga bildirgan m unosabatiga qarab baholaydi. Ongli o'q ish
va ifodali o'qish bir-birini taq o zo qiladi, am m o bir-biriga aynan 
o'xsham aydigan o 'q ish sifatlaridir.
4
Y o 'ld o s h e v J . G ‘. 1992-yil „ O ' q i t u v c h i l a r u y i“ dagi ijodkor o ' q i t u v ­
c h ila r n in g 1 -a n ju m a n id a g i n u tq d a n .


Ifodali o ‘qish. Ifodali o'q ish intonatsiya — ohang yordam ida 
asarning g ‘oyasi va jozibasini to ‘g ‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos 
ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali o'q ish adabiyotni aniq va k o 'rg az­
mali o'qitishning dastlabki va asosiy shaklidir", deb t a ’kidlaydi 
m etodist olim a M .A .R ibnikova10. D em ak, „Ifodali o'qishn ing asosiy 
vazifasi asarning m azm unini va em otsionalligini intonatsiya orqali 
o'quvchilarga ko'rgazm ali qilib ko'rsatishdir. Ifodali o'qishn ing aso­
siy tam oyili o'qiladigan asar g'oyasi va badiiy qim m atini ch uq u r 
tu sh u n tirish d ir"".
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda 
harakat qiluvchi elem entlari: urg 'u , nutq tem pi va ritm i, pauza, 
ovozning past-balandligining yig'indisidir. Bu elem entlar bir-biriga 
ta’sir etadi va ham m asi birgalikda asarning m azm unini, g'oyasini, 
q ahram onlam ing turli kayfiyatini, ichki kechinm alarini ifodalaydi.
O 'quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun mvihim 
shartlar quyidagilardan iborat:
1. N u tq jarayonida nafasni to 'g 'ri olish va to 'g 'ri taqsim lay bilish.
2. H ar bir tovushning to 'g 'ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro 
gapirish) m alakasini egallash.
3. Adabiy talaffuz m e ’yorlarini egallash12.
Bu shartlar faqat ifodali o'qishgagina em as, balki ifodali nutq- 
qa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O 'quvchining har qanday 
og'zaki hikoyasi ifodali bo'lishi zarur.
Ifodali o'qish nin g asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas 
bilan uzviy bog'lanadi. Shuning uch u n o 'qitu v chi bolalam ing ifodali 
nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o 'z nafasini boshqara olish 
va ovozdan to 'g 'ri foydalanishga o'rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi 
baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (tem p), yoqim li-yoqim sizlik 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O 'quvchilar m atn m azm uniga qarab, 
baland yoki past ovozda o'qish (gapirish)ga, nutqda tez, o 'rta c h a yoki 
sekin tem pni tanlashga, biror tuyg'uni ifodalashga o'rganadilar. Tfo- 
dali o'qishga o'rgatishda o'qu v chilar pauza va logik urg'u bilan ham
tanishtiriladi.
10 Р ы б н и к о в а M . A . О ч е р к и п о м е т о д и к е л и т е р а т у р н о г о ч т е н и . — 
„ У ч п е д г и з " , 1945. — стр. 125.
11 J o 'ra y e v К. Ifodali o ‘qish va hikoya qilish. - Т . : „ 0 ‘q itu v c h i" , 1968. 
7 —9-betl ar.
12 O 's h a asar, 11-bet.


Ifodali o ‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga 
bo'linadi:
1. Asarning aniq m azm unini tushunish, un d a qatnashgan shaxs­
larning x atti-harakatini tahlil qilish, asarning g'oyasini belgilash, y a ’ni 
asarning g ‘oyaviy-m avzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari 
bilan yaxlit holda tushunish.
2. M atnning qaysi joyida to ‘xtam (pauza) qilishni, m antiqiy u r- 
g‘uning o ‘rnini, o'q ish tem pini belgilab olish.
3. 0 ‘qishni m ashq qilish, m uallif fikrini, uning tasvirlangan voqea- 
hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga m unosabatini ovoz bilan 
ifodalay olish u c h u n m atnni qayta o'qish.
Asarning m azm uni va g'oyaviy yo'nalishini tahlil qilish ifodali 
o 'qishga o'rg atish bilan bog'lab olib boriladi. Ifodali o'qishga o 'rg atishd a 
m atn m azm unini tushunish, m uallif hikoya qilgan voqealarga o 'z
m unosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O 'quvchilarda ifodali 
o 'q ish m alakasini shakllantirish uchun asarni o 'qituvchining ifodali 
o 'qishi m uhim aham iyatga ega.

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish