K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

2 Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Prezident Islom Karimovning 2 0 10-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
moMjallangan eng muhim ustuvor y o ‘nalashlarga bag*ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.// Xalq
so'zi, 2011- yil 22- yanvar.


foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010- yilda bu ko‘rsatkich 74,3 foizga yetdi 
yoki 2000- yilga nisbatan 24,6 foizga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat 
tomonidan katta e ’tibor berilishi hamda qo ‘llab-quwatlanishi natijasida 
uning m amlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib 
bormoqda. Xususan, 2000- yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi 
iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g ‘ri 
kelgan bo‘lsa, 2008- yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009- yilda 50,1 
foizni, 2010- yilda esa 52,5 foizni tashkil etdi yoki 2000- yilga nisbatan
21.5 foizga o ‘sdi.
Kichik 
biznes 
va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 
kengayishi 
iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi 
salmog‘ining oshishi orqali ham namoyon bo‘ldi. Xususan, mazkur 
sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2005- yildagi 
10,0 foizdan 2010- yilda 19,6 foizga, qishloq xojaligida tegishli ravishda
95,7 foizdan 97,9 foizga, savdoda 43,7 foizdan 50,5 foizga, yuk tashishida
24.6 foizdan 40 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 24 foizdan 
30 foizga, eksport hajmida esa 6 foizdan 13,6 foizga qadar oshdi.
M amlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar 
jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq 
imtiyozlari yetarli darajadagi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotganligi 
hisoblanadi. Xususan, 2010- yilda kichik biznes subyektlari uchun 
belgilangan yagona soliq to‘lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo‘lsa, 
2011 -yilda esa bu ko‘rsatkichni 6 foizga tushirish moMjallangan. 1996- 
2011 -yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq 
stavkalari 38 foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqardi.
M ustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy 
jihatdan q o ilab -quw atlash tadbirlari ham kuchaytirildi. Xususan, 2009- 
yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1851,7 
mlrd.so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, 2010- yilda esa bu ko‘rsatkich 2690,2 
mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo‘naltirilgan kreditlar 
miqdori 2001 -2010-yillar mobaynida deyarli 20 martaga o ‘sgan.
2011-yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar hajmini 
kamida 1,3 barobarga ko‘paytirish belgilandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy 
investitsiyalar keng jalb etilmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki, 
Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki, Xitoy Xalq


Respublikasi Hukumati va boshqa xorijiy investorlar tomonidan kreditlar 
ajratildi. 2010-yilda xalqaro moliya institutlari tomonidan kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 146 mln. dollar hajmda kreditlar 
jalb etildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi 
o‘mi ham asta- sekin kengayib bormoqda. Uning eksport xajmidagi ulushi 
2010-yilda 13,6 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2000-yilga nisbatan 3,4 
foizga oshgan.
2010-yilda kichik biznesning eksport hajmi 1723,6 million AQSH 
dollariga etdi. Ulaming asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xo‘jaligi, 
to‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, 
xalq amaliy san’ati buyumlari tashkil etadi.
Lekin shu bilan birga, bu borada ayrim muammolarga ham duch 
kelinmoqdaki, buning asosiy sababi kichik biznes va tadbirkorlik 
faoliyatini boshlayotgan shaxslaming ishni nimadan boshlamoq kerakligi, 
uni qanday tashkil etish zarurligi va boshqarish sirlari haqida to‘la 
tasavvurga ega emasligidadir. Shu jihatdan qaralganda, mazkur darslik 
yuqoridagi muammolami samarali bartaraf etishga muhim hissa qo‘shadi.
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fani bo‘yicha respublikamiz 
va MDH mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko‘plab darslik va 
o ‘quv qo'llanmalar chop etilgan. Jumladan, Abdullaev A., Sotvoldiev A. 
va boshqa mualliflar tomonidan 2004- yilda «Kichik va o‘rta biznes: 
tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish» nomli o ‘quv qo‘llanmasi nashr 
etilgan. Unda kichik va o‘rta biznesni tashkil etish, rejalashtirish va 
boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan. Bundan tashqari, qoMlanmada 
bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qilib 
qo‘ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish bilan bog'liq atamalar izohi 
berilgan.
Yuldashev Sh.A. tomonidan 2003-yilda chop etilgan «Малый 
бизнес 
и 
предпринимательство» 
nomli 
o ‘quv 
qo‘llanmada 
0 ‘zbekistonda kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, uning 
tashkiliy-huquqiy shakllar, kichik biznes infratuzilmasi, biznes-reja ishlab 
chiqish masalalari va kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish 
usullari ko‘rsatib berilgan.
Lapusta M.G. tahriri ostida 2003-yilda chop etilgan «Pred- 
prinimatelbstvo» nomli o‘quv qo‘llanmada tadbirkorlikning umumiy 
tavsifi va tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
biznes-reja tuzish, moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va 
tadbirkorlik psixologiyasi masalalari keng yoritilgan.


Gorfinkel V.Ya., Polyak G.B. va Shvandar V.A.lar tomonidan 2002- 
yilda tayyorlangan «Predprinimatelbstvo» nomli o‘quv qo‘llanmada 
Rossiyada tadbirkorlikning shakllanishi va o ‘ziga xos xususiyatiari, uning 
zamonaviy shakllari, faoliyat turiari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, 
tahlil qilish va soliqqa tortish masalalari keng yoritilgan.
Siropolis 
Nikolas 
N. 
tomonidan 
2001-yilda 
chop 
etilgan 
«Управление малым бизнесом» nomli o ‘quv qo‘llanmada kichik 
biznesning iqtisodiyotda tutgan o^mi, kichik biznesni tashkil etish va 
boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya. va Shvandar V.A. tomonidan 2004-yilda nashr 
etilgan «Малый бизнес: организация, экономика, управление» nomli 
o'quv qo'llanm ada Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznesning 
rivojlanishi, uning iqtisodiyotda tutgan o'm i, kichik biznes faoliyatini 
tashkil etish, boshqarish va tahlil qilish masalalari keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan o'quv qo'llanmalardan farqli o'laroq, mazkur 
o'quv qo'llanm a O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani 
o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
Unda kichik biznes va tadbirkorlik bo'yicha xorij iqtisodchi-olimlari 
tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va 
taraqqiy topishi, kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning 
iqtisodiyotda tutgan o'rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni 
rivoj lantirishning 
o'ziga 
xos 
xususiyatiari, 
kichik 
biznes 
va 
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari va ulami davlat tomonidan 
qo'llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu o'quv 
qo'llanmada kichik bizjieb va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan ta ’minlash 
shakllari, bank, soliq, moliya muassasalari va audit tizimi bilan aloqalari, 
ulaming soliqqa tortish mexanizmlari va imtiyozlari, tadbirkorlik etikasi 
va madaniyati, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport 
salohiyatini baholash usullari, shuningdek, O'zbekistonda kichik biznes va 
tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari batafsil bayon etilgan.
Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik 
biznes 
subyektlarining 
innovatsion 
faoliyatini 
rivojlantirish, 
respublikamizda kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyati 
boshqaruv mexanizmini takomillashtirish va uning samaradorligini 
oshirish masalalari ham o'rin olgan.
Darslik mualliflari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug'ullanuvchi xodimlar, ishbilarmonlar va oliy o'quv yurtlari


talabalarining darslikning mazmuni, tuzilishi yuzasidan bildirgan taklif, 
mulohaza va maslahatlarini bajonidil qabul qiladilar.



Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish