98
“Klaster” fransuzcha so‘z bo‘lib, “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish”, degan maʼnolarni
anglatadi. “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning
raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. O‘zbekiston respublikasida klasterlar
tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-
maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ
QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik
klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster”
MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi
yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi
kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat
olib bormoqda.
Klaster va klasterlash jarayonida hozirgi sharoitimizda muammolar ko’p,
chunki
O’zbekiston uchun bu yangi tizim hisoblanadi shuning uchun, ko’pchilik fermer va
dehqonlarimiz bu tizimdan foydalanishdan bosh tortishlariga sabab bo’lmoqda. Ammo biz
oldimizga yangi va farovon, barqaror va mustaqil, o’z xalqini bemalol oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlay oladigan va boshqa chet el davlatlariga ham bemalol eksport qila oladigan
iqtisodiy jihatdan yetuk davlatni qurmoqchi ekanmiz, bu ishda avvalo yangiliklarni,
innovatsiyalarni va ilm-fan yutuqlarini qabul qilishimiz va jamiyatimizga tatbiq
etishimiz kerak
Qayd etilishicha, mamlakatda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshrilmoqda.
Xususan, klaster usuli yo’lga qo’yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib o’zgartirildi.
Natijada, hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda. Respublikada yetishtirilayotgan 80 turdan
ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlari 66ta mamlakatga eksport qilinmoqda.
Davlat rahbarining 2019-yil 23-oktyabrdagi farmoni bilani O’zbekiston Respublikasi
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasi qabul qilindi.
Unga muvofiq, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlarishlab
chiqarish maqsadida meva-
sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019-yil 11-dekabrda bu borada president qarori qabul
qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. O’tgan qisqa vaqtda hokimliklar
tomonidan 86ta shynday klaster tashkil etish bo’yicha takliflar shakllantirildi.
“Davlat rahbari bu haqda joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi. «Paxta va
g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari
asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va
dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat
ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Paxta yetishtirishni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlar bilan ishlashga
moslashmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois klasterlar va fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar
berildi
Paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish, ekinlarni majburiy joylashtirish
tartibidan 2023 yilgacha bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha joriy va kelgusi yilda amalga
oshiriladigan tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.”
So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar tufayli klaster
usulida mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilar manfaatlarining mushtarakligi
ta’minlanyapti. Klaster ishtirokchilari qishloq joylarga sanoatni olib kirish evaziga sohada
yig‘ilib qolgan muammolarni hal etishda tashabbuskor bo‘lyapti. Eng asosiysi, klasterlarda
odamlarning bandligi ta’minlanib, ular qishin-yozin mehnat qilyapti, oylik maosh olyapti.
Boshqacha aytganda, bu tizim dehqonlarimiz, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy
uslubda ishlashni o‘rgatdi. Hosildorlik, daromadni oshirdi. Tan olishimiz kerakki,
har bir
insonni, avvalo, manfaat boshqaradi. Har bir inson yaxshi yashashni, farovon turmush
kechirishni istaydi. Buning uchun, albatta, o‘zi va yurti manfaati yo‘lida tinmay mehnat qiladi.
Klaster bizga mana shu manfaatni ko‘rsatdi.
99
E’tibor bering, 2020 yilda 97 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan jami 2 mln 794
ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgan bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik 30,1 s/ga ni tashkil
etgan. Qolaversa, 78 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan shartnomada belgilangan hosil
to‘liq yetishtirilib, shundan 11 tasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan yoki o‘rtacha 3-8 s/ga
qo‘shimcha hosil olingan.
Shu jihatdan, bugun qishloq xo‘jaligida ish yuritishning yangicha shakli — klaster usuli
tobora ommalashmoqda. Negaki, bunday mexanizm har qanday
sharoitga moslasha oladi, ham
iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi. Chunki klaster usuli
to‘qimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega va bu usulni hayotga tatbiq etish uchun
yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.
Mubolag‘asiz aytamanki, klaster tushunchasi, bugun hamma uchun bo‘lmasa-da, shu
tizimda ishlayotgan fermerlarga yaxshi tanish bo‘lib qoldi. Paxta ekishdan to tayyor
mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni yagona texnologik tizimga birlashtirgan ishlab chiqarishning
yangi majmuasi ilm-fan yutuqlarini, yangi innovasion texnologiyalarni
amaliyotga jadal joriy
etishga ham keng yo‘l ochib berdi.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston sharoitida klasterlarni rivojlantirish eng oqilona qarordir.
Boisi qishloq xo‘jaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari
hisobidan umumiy ish o‘rni va ish haqi saqlab qolinadi. Asosiysi, klasterlar hududlarning
iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol o‘ynab, ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan
ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi.
Xulosa o’rnida shuni ayta olamanki, klasterlar iqtisodiyotimiz uchun naqadar kerakli va
foydali bo’lsa, jamiyatimizning rivojlanishi uchun shunchalik muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: