Maktabgacha ta’lim klasterlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining
2022yil aprel oyida malaka oshirish bo’yicha
Qo’shtepa tumani
35-DMTT tarbiyachisi
Ahmadaliyeva Matlubaxon Sulaymonovnaning
“Ilk qadam”davlat dasturi asosida
“Qo’shni mamlakatlar”mavzusida tayyorlagan
BITIRUV VA LOYIHAVIY ISHI
Qo’qon 2022
Kirish.
“Qo’shni mamlakatlar” mavzusining haqida ma’lumot berish.
“Qo’shni mamlakatlar” faoliyat ishlanmasi.
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat Mirziyoyev
“Qo’shni mamlakatlar”mavzuviy rejalashtirishni o’rganish va tahlil qilish. Til va nutq markazi uchun nutqni rivojlantirishga oidmavzularni tanlash. Variativ haftalik reja tuzish.
Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston kabi qo’shni mamlakatlar bilan tanishtirish. Turli markazlarda o’yinli ta’lim faoliyatini tashkil etish. Davlat bayrog’i, ramzi, milliy urf-odatlari, kuy va qo’shiqlari, an’analari bilan tanishtiruvchi mavzular tanlash. Faoliyat ishlanmasini, jihozlarini tayyorlash, slaydalar tayyorlash, videoroliklar, rivojlantiruvchi dasturlardan foydalanish. Markazlar faoliyatini o’tkazishga tayyotlanish va taqdimot qilish. Guruh bilan birgalikda mavzu bo’yicha o’yinli ta’lim faoliyatini tahlil qilish.
Mavzular: “Do’stlik ko’prigini quramiz”, “Mehmon keldi”, “Shaharning diqqatga sazovor joylarini rasmga qarab so’zlab berish”, “Bayroq”ni chizish, “Matryoshka”lar rasmini chizish, “Ko’ylak”ni bezash.
“Qo’shni mamlakatlar” mavzusining haqida ma’lumot berish.
O`zbekiston va unga qo`shni bo`lgan Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari Markaziy Osiyo hududidagi mamlakatlardir. Qozog`izton Markaziy Osiyo davlati deb tan olinmasa ham, hududining asosiy qismi ushbu regionda joylashganligini hisobga olgan holda, uni Markaziy Osiyo davlatlari qatoriga kiritish mumkin. Markaziy Osiyo davlatlari jahon siyosiy xaritasida 1991-yil kuzida, sobiq Ittifoqning barham topishi bilan paydo bo`ldi.
Markaziy Osiyo sobiq Ittifoq davrida bir tomonlama, asosan, xomashyo va yarimxomashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Bu hudud sobiq Ittifoq paxtasining 93% i (jahon paxtasining 12% i)ni, ko`plab mis, qo`rg`oshin, rux, oltin, uran kabi rangli metallarni yetkazib bergan.
Geografik o`rnining eng muhim xususiyatlaridan biri uning ulkan Yevrosiyo materigining deyarli qoq o`rtasida, Dunyo okeanlaridan uzoqda joylashganligidir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mintaqa davlatlari jahon bozorlariga olib chiqadigan yangi transport yo`llarini tashkil qilishga kirishdilar. Natijada ilgari Rossiya orqali dengizlargacha olib boruvchi yagona transport yo`lagiga qo`shimcha Eron orqali Fors qo`ltig`iga, Kavkaz orqali Yevropaga, Xitoy orqali Tonch okeani bo`ylariga yetkazuvchi temiryo`l va avtomobil yo`llari barpo etildi, quvurlar yotqizildi.
Hududi, chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Markaziy Osiyoning maydoni 4 mln km.kv (jahon quruqlik maydonining 3,0% i), aholisi 70,0 mln. kishini (jahon aholisining salkam 1,0% i) tashkil qiladi. Uning hududi g`arbdan sharqqa 3 ming km, shimoldan janubga 2,5 ming km masofaga cho`zilgan bo`lib, iqlimi, asosan, quruq, keskin kontinental.
Tabiiy namlik asosida bahorikor dehqonchilik Markaziy Osiyoning Shimoliy Qozog`iston va baland tog`oldi adirlari va tog` yonbag`irllarida olib boriladi. Mintaqaning oqar suv manbalariga ega bo`lgan vodiy va vohalarida har jihatdan iqtisodiy rivojlangan hududlar joylashgan.
Markaziy osiyo mineral resurslar bilan ancha yaxshi ta`minlangan. U neft va tabiiy gaz zaxiralariga ko`ra Osiyoda Fors qo`ltiqbo`yi va G`arbiy Sibir hududlaridan keyin uchinchi mintaqadir. Qozo`iston, Turkmaniston va O`zbekiston Respublikalari bu xildagi tabiiy boyliklarga bor. Bu respublikalarning Kaspiybo`yi pasttekisliklari, janubig`arbiy cho`l hududlarida xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan yirik neft va gaz konlari joylashgan. Markaziy Osiyo toshko`mir (Qozog`iston) va qo`ng`ir ko`mir (Qozog`iston, O`zbekiston) ga ham ancha boy. Shuningdek, bu o`lka xilma-xil qora va rangli metall rudalari (temir, marganes, xrom rudalari, mis, polimetall, oltin, uran, simob kabilar) bilan ancha yaxshi ta`minlangan. Bunday tabiiy resurslar zaxiralariga ko`raQozog`iston va O`zbekistonning imkoniyatlari juda katta. Subregion respublikalaridan Turkmaniston, Qozog`iston va O`zbekiston turli kimyoviy mineral resurslar (tuzlar, fosforit, oltingugurt) bilan ham yaxshi ta`minlangan. To`g`li Tojikiston va Qirg`iziston respublikalari esa relyefi tufayli gidroenergetika resurslariga ancha boy.
Aholisi. Markaziy Osiyo aholisi so`nggi oltmish yil ichida, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi katta yo`qitishlarga qaramay, salkam 3 baravar ko`paydi hamda 2013-yilning iyul oyiga nisbatan 70,0 mln. kishiga yaqinlashdi. Bu jahon aholisining o`rtacha o`sish sur`atlaridan birmuncha yuqoridir. Mintaqa aholisining son jihatdan o`sishida tabiiy ko`payish jarayoni asosiy omildir. Unda migratsion harakatlar ham muhim rol o`ynaydi. Mintaqa respublikalarida demografik holat bir xil emas. Aholisining tarkibida ruslar va boshqa yevropalik millatlar hissasi katta bo`lgan Qozog`iston va Qirg`izistonda tug`ilish ko`rsatkichlari ancha past. Aholisi tub milatlardan tarkib topgan Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston respublikalarida aholining tabiiy o`sish ko`rsatkichlari ancha yuqoridir. Bu holat mazkur respublikalar aholisining dinamikasiga katta ta`sir ko`rsatmoqda.
Mintaqa davlatlarida aholining o`rtacha zichlik ko`rsatkichlari ham turlichadir. Aholining bu ko`rsatkichlari har 1 km.kv maydonga O`zbekistonda 67 kishini, Tojikistonda 54 kishini tashkil qilgani holda, Qozog`iston (7 kishi) va Turkmaniston (12 kishi) ancha past ko`rsatkichga ega. Shu bilan birga aholisi eng zich (Farg`ona vodiysida 650 kishi) va eng siyrak (Markaziy Qozog`istonda 1-2 kishi) hududlar orasida ham katta tavofutlar bor.
Markaziy osiyo mintaqasida urbanizatsiya darajasi ham yuqori emas. Shahar aholisining salmog`i Qozog`istonda 58,8% dan, Tojikistonda 26,4% gacha farqlanadi. Unda aholisi milliondan ortiq shaharlar faqat Toshkent (2,3 mln.) va Almati (1,3 mln.) dir. Urbanizatsiya darajasining pastligi (mintaqa bo`yicha o`rtacha 49,3%) respublikalarda industrial rivojlanish holati va iqtisodiyotda agrar tarmoqlar ahamiyatining qay daradaligi bilan bog`liqdir.
Xo`jaligi. Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyoning barcha respublikalarida iqtisodiyot uchun eng zarur bo`lgan xomashyo va yarimxomashyo mahsulotlar ishlab beruvchi tarmoqlarni rivojlantirishga erishildi. Ular, eng avvalo, tog`-kon sanoat tarmoqlari, qishloq xo`jalik (avvalo, paxta, g`alla) mahsulotlari yetishtirish va ularni dastlabki qayta ishlash sohalari edi. Markaziy Osiyo ishlab chiqarish hajmiga ko`ra sobiq Ittifoqning paxta, pilla, qorako`l terilari, sholi, quritilgan mevalar, mis, volfram, xrom, simob, uran, oltin, qo`rg`oshin kabi sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi birinchi rayoni bo`lib keldi. Neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi, paxtachilik majmuasida xizmat qilishga mo`ljallangan mashina va uskunalar yetkazib berishda ham regionning salomog`i ancha edi.
Sanoati. Barcha mamlakatlar sanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bu tarmoqlar guruhiga kiruvchi yoqilg`i-energetika, metallurgiya va kimyo sanoati salmog`i, ayniqsa, Qozog`iston, o`zbekiston, Turkmaniston respublikalarida ancha katta.
Yoqilg`i tarmoqlari orasida neft sanoatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Neftni qazib chiqarishda Qozog`iston (80 mln.t), O`zbekiston (5 mln t.) va Turkmaniston (6 mln.t) ajralib turadi. Tabiiy gaz qazib chiqarishda bu respublikalarning imkoniyati yanada kattadir. Bu borada, ayniqsa, Turkmaniston alohida ajralib turadi. Gaz zahiralari hajmiga ko`ra u sobiq Ittifoq respublikalari ichida Rossiyadan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Gazni qazib chiqarishda mintaqada Turkmaniston (80 mlrd km.kub) va O`zbekiston yetakchilik qiladi. Bu boyliklarni keng doirada o`zlashtirish va ularni jahon bozorlariga olib chiqish endigina amalga oshmoqda.
Mintaqa respublikalari (Turkmanistondan tashqari) ko`mirga ham ancha boy.
Elektroenergetika sanoati mintaqaning barcha respublikalarida nisbatan yaxshi rivojlangan. Qozog`istonda salkam 90 kVt/soat, O`zbekistonda esa 48-50 mlrd. kVt/soat elektroenergiya ishlab chiqariladi.
Metallurgiya sanoati Markaziy Osiyo respublikalarida bir tekis rivojlanmagan. Qozog`iston bu o`rinda keskin ajralib turadi (2,0 mln. tonna po`lat, qo`rg`oshin, rux, mis, xrom ishlab chiqaradi). O`zbekistonda 0,5 mln. tonna po`lat va ko`p miqdorda qo`g`oshin, rux, mis, oltin, kumush va boshqa nodir metallar ishlab chiqiladi.
Kimyo sanoatining mintaqa respublikalaridagi asosiy o`rni qishloq xo`jaligiga xizmat qilishdir. Shu sababdan, Qirg`izistonni hisoblamaganda, barcha respublikalarda mineral o`g`itlar ishlab chiqarish mazkur sanoat tarmog`ining bosh ixtisosi sifatida rivojlangan.
Mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy tayanch tarmog`i hisoblanadigan mashinasozlik sanoati esa mintaqa respublikalari orasida O`zbekiston va Qozog`istonda rivojlangan.
Mintaqaning barcha republikalarida yengil va zoiq-ovqat sanoatlari muhim o`rin tutadi.
Qishloq xo`jaligi Markaziy osiyo davlatlarining an`anaviy ishlab chiqarish sohasidir. Hudud dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo`jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Markaziy Osiyo dehqonchiligining tarkibi espublikalarda bir-biridan farq qiladi. Jumladan, Qozog`iston, Qirg`istonda donchilikning ahamiyati juda katta. Qozog`iston don yetishtirish va uni eksport qilishda jahondagi eng yirik davlatlardandir. Sug`orma dehqonchilikka asoslangan O`zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda esa donchilik bilan birga texnik ekinlar, eng avvalo, paxtachilikning ahamiyati kattadir.
Chorvachilikda mintaqaning deyarli barcha davlatlarida qo`ychilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Uning ahamiyati, ayniqsa, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston va Turkmanistonda katta. Qoramolchilik mintaqa respublikalarining, ayniqsa, aholi nisbatan zich yashaydigan vodiy va vohalarda, industrial markazlari atrofi hududlarida ko`proq rivojlangan. Mintaqada chorvachilikning tuyachilik (Qozog`iston va Turkmanistonning cho`l hududlarida), pillachilik, asalarichilik (O`zbekiston va Tojikistonning tog` va tog`oldi hududlarida), yilqichilik (Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston) kabi tarmoqlari ham muhimdir.
Transportida katta maydonli o`lka bo`lganligi sababli temiryo`l, avtomobil va quvur transporti eng ahamiyatlidir.
Markaziy Osiyo davlatlarini Xitoy orqali Tinch okeani, Eron orqali Fors qo`ltig`i, Kavkaz orqali Qora dengiz bilan bog`lovchi yangi yo`llar qurilmoqda.
Ilgarilari respublikalarning ichki aloqalarni tashkil qilishda xizmat qilib kelgan avtomobil transporti so`nggi vaqtlarda tobora ko`proq xalqaro iqtisodiy aloqalarda ham samarali xizmat qilmoqda.
Suv transporti tarmoqlari faoliyati mintaqada tubdan cheklangan. Quvur transporti esa tobora rivojlanmoqda. Havo transporti ham barcha respublikalar ijtimoiy hayotida muhim rol o`ynaydi.
“Qo’shni mamlakatlar” faoliyat ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |