93
qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo
turizm xizmat bozorida
alohida o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham,
shunga qaramay turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga
loyiq. Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi aholinig samimiyligi,
tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga
qaramay, xorijiy turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z
xalqining va davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish
joylarini tashkil etishlari, o‘z
yurtining turistlik resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta olib kirishlari va shu
daromadlaridan soliqlar to‘lab xazinani to‘ldirishlari tahsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist
bo‘lib turish, sanatoriy-kurort zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha
arzon. Hamma ham qimmatbaho turistik markazlarda dam ololmaydi, shu jihatdan qishloq
turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Qishloqda dam olish - bu tabiat qo‘ynida bo‘lish, yillar davomida shahar sharoitida yig‘ilib
qolgan
charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo‘lgan oziq-ovqatlar, iqlim
sharoitlarini o‘zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa tartib-qoida va yashash madaniyati,
qishloq xo‘jalik
ishlarida ishtirok etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, tabiat bergan in’omlarni
to‘plash va qolaversa, dam olishning arzonligidan iborat. Shulardan kelib chiqib, bu turizm turi
o‘z xarakteriga ko‘ra ekologik turizmning bir ko‘rinishiga kiradi.
Bugungi kunda qishloqda turizm juda tez rivojlanmoqda va ba'zi mamlakatlarda xorijiy
sayyohlarning katta qismi jalb etilmoqda. Bunga Italiya, Irlandiya, Fransiya,
Shvetsariya,
Skandinaviya mamlakatlari, Ispaniya misol bo'la oladi - bu mamlakatlar yuzlab millionlab foyda
keltiradigan Yevropada qishloq turizmida tan olingan yetakchi davlatlardir.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, sayyohlikning ushbu turiga yillik ehtiyoj 600 ming kishini
tashkil qiladi. Jahon amaliyotida qishloq joylarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish bilan bir
qatorda, qishloq xo'jaligidan tashqari bandlik, xususan qishloq turizmi qo'shimcha daromad
manbai bo'lib qolmoqda. 1972 yildan boshlab qishloq turizmi iqtisodiyotning alohida tarmog'i
sifatida ajralib chiqdi. G'arbiy Yevropada qishloq turizmi 1960 yillarning boshlaridan beri
barqaror rivojlanish bilan ajralib turadi
1
.
Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli kunlardagi
hordiq olishlarini
to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati mavjudligini e’tiborga olib, qishloq turizmini respublikamiz
hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi:
•
qishloq hayotining muntazamligi va sukunati;
•
sabzavotlar, rezavorlar, o'tlar to'g'ridan-to'g'ri bog'dan terish;
•
ochiq havoda sayr qilish;
•
tabiiy manbalardan suv ichish qobiliyati;
•
tabiiy suv
havzalarida suzish;
•
yerda ishlash;
•
hayvonlarga g'amxo'rlik qilish;
•
yangi sut va go'sht;
•
har bir mehmonga individual yondashuv;
•
uy hayvonlari bilan dam olish imkoniyati;
•
xalq sayllari va o'yin-kulgilarida ishtirok etish;
•
bevosita ovqat pishirish jarayonida ishtirok etish;
•
non yopish jarayoni;
•
sandalida oyoqlarni isitish;
•
uy muhiti va tabiatning hech qanday cheklovlarsiz beradigan boshqa ko'p narsalar.
Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga muvofiqdir, bu -
turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan yaqindan tanishtirishga, ularning urf-
odatlari va qishloq xo‘jalik ishlari bilan kuchi yetgan darajada ishlashga imkon beradi.
Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar yaratadi, lekin fermerlar uchun qo‘shimcha pul va
1 SHARPLEY R. and SHARPLEY J. (1997), Rural Tourism: An Introduction, Oxford: International Thomson Business Press
94
yangilik olib keladi. Bunda turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha
zaruriy narsalar yetkazib beriladi.
Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham daromad
ko‘radi. Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kam xarajat turizm turi deyish mumkin.
Qishloq turizmi tarkibidagi kichik va o'rta korxonalar ulushini oshirish va qishloq joylarini
kompleks rivojlantirish natijasida qishloqning turistik infratuzilmasini mustahkamlashga
investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ko'rish zarur. Qishloq joylarda
turizmni rivojlantirish uchun strategik rejalashtirish tizimini yaratish kerak. Gap nafaqat qishloq
turizmini rivojlantirish bo'yicha, balki uni diversifikatsiya qilish orqali maqsadli dasturni ishlab
chiqish, ya’ni barcha darajadagi qishloq aholi punktidan tuman va shahar tumanigacha ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak. Belgilangan amalga
oshirish mexanizmi bilan yurtimizda qishloq turizmini rivojlantirish bo'yicha kompleks
strategiyani yaratish uchun turistik bozorning ushbu segmentining
holati va rivojlanish
istiqbollarini ishonchli aniqlash kerak. Bundan tashqari molivaviy rag’batlantiruvchi dasturlarni
taklif qilish, bunda an’anaviy mulk egalari o’z yerlarini rekonstruksiya qilish va uni turizm
manzilgohlariga aylantirish maqsadida olgan kredit foizlarining bir qismi subsidiyalashtirish
maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi texnikani targ’ib qilish-qishloq joylarida
turizmni rivojlantirish va yangi texnologiyalrni joriy qilish orqali turizm sanoatini rivojlantirish
mumkin.
Demak, qishloq turizmi shunchaki shahar atrofidagi hududga sayohat emas, balki boshqa
mamlakatlarga borish, boshqa xalqlarning turmush tarzi va turmush tarzi bilan tanishish
imkoniyatidir. Bu dam olishning boshqa turlaridan shahar aholisi uchun imkoni bo'lmagan hayot
tarziga to'liq sho'ng'ish, o'zini qishloqning to'laqonli aholisidek his qilish imkoniyati bilan ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: