Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar


IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TURISTIK LOGISTIKA



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/179
Sana27.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#708222
TuriСборник
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
Bog'liq
Анжуман Клатер-2021

 
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TURISTIK LOGISTIKA 
Bababekova D. Sh. 
Toshkent Moliya instituti dotsenti 
Aminova N. B. 
Toshkent Moliya instituti magistri 
Turizm doimiy ravishda rivojlanib boruvchi tarmoq bo'lib, har bir turistik kompaniya o'z 
oldiga iqtisodiy foyda va raqobatbardosh ustunliklarga ega bo’lishni hamda turistik bozorda 
iste'molchilar talab qiladigan logistika xizmatlari sifatini muvofiqlashtirishga erishishni maqsad 
qilib qo'ygan. Shu sababli, hozirgi paytda ushbu sohada yuzaga keladigan muammolarni hal 
qilish va bozorda katta ulushni egallash orqali yuqori foydaga ega bo’lish uchun turli xil 
usullarini izlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi dunyo hamjamiyati hayotimizning barcha sohalariga axborot texnologiyalarining 
kirib borishi tufayli global o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, O’zbekistonning 
aksariyat korxonalari, xoh u ishlab chiqarish sohasi bo’lsin, xoh turizm sohasi, o'zlarining biznes 
jarayonlarini birinchi navbatda innovatsion logistika kontsepsiyalariga asoslanib qurishning 
yuqori samarali usullarini talab qilmoqda. Buning asosiy sababi logistik xarajatlar korxona 
xarajatlarini 70-80%ini tashkil etilishi bo’lib hisoblanadi. Innovatsion logistika faqatgina ijobiy 
sinergetik ta'sirni kafolatlabgina qolmay, balki bozor munosabatlari va mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishning qat'iy talablariga javob beradigan eng yangi raqamli texnologiyalardan 
foydalanishga harakat qilmoqda. 
Axborot texnologiyalari - bu kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari orqali ma'lumotlarni 
yig'ish, tartibga solish, qayta ishlash va ta'minlash usullari to'plamidir. Evolyutsion va 
innovatsion rivojlanishning ancha uzoq yo'lini bosib o'tgan zamonaviy axborot jamiyati uchun 
xarakterli jihati shundaki, jamiyatning har bir a'zosiga tarmoq va shaxsiy kompyuterlardan 
foydalanish orqali butun dunyo bo'ylab axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini 


91 
beruvchi global aloqa tizimlarini yaratilgan va bunday imkoniyat aksariyat dunyo aholisida 
mavjuddir. 
Hozirgi rivojlanish bosqichida har bir sayyohlik kompaniyasining faoliyatida axborot 
texnologiyalaridan foydalanmasdan va amalga oshirmasdan turistik biznesning faoliyati 
imkonsiz bo'lib qolgan. Axborot texnologiyalaridan foydalanish turizmni va xizmat ko’rsatish 
sohalar(mehmonxona, transport, axborot va boshqa kompaniyalar)ini yagona axborot makoniga 
qo'shishga va ushbu jarayonlarning barcha ishtirokchilarining birlashishini samarali tashkil 
etishga yordam beradi.
Turistik logistikada axborotga alohida ahamiyat beriladi, uning maqsadi "turistik agentlik - 
turoperator - moddiy-texnika bazasi - rekreatsion va turistik resurslar" logistika zanjiridagi 
turistik oqimlar(turistik logistikada asosiy turist bo'lgan va unga xizmat qiluvchi moddiy, 
moliyaviy, kadrlar oqimlari turistlar oqimi)ga samarali xizmat ko'rsatishni ta'minlash va 
ikkalasini ham hisobga olishdir. 
Xalqaro standartlar va rivojlanish darajalariga asoslanib, O’zbekistonning turistik 
salohiyati yetarlicha yuqori ekanligini ta'kidlash mumkin va turizm logistikasi sohasida 
innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ulardan oqilona foydalanish mamlakatning ushbu 
sohadagi salohiyatini yanada oshiradi . 
Ilmiy va iqtisodiy amaliyotda “raqamli iqtisodiyot” va “raqamlashtirish” atamalaridan 
foydalanish 20 yillarcha oldin global Internet paydo bo'lishi bilan boshlangan. Bu esa jamiyat 
hayotining yangi virtual jihatdan birlashgan dunyosining paydo bo'lishiga, bu esa o'z navbatida 
iqtisodiyot va butun jamiyatni rivojlantirishning yangi raqamli modelini shakllanishiga olib 
keldi. 
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning umumiy qabul qilingan yagona ta'rifi hali ham 
mavjud emas. Har bir mamlakatning qonunchilik doirasida va ilmiy adabiyotlarda mualliflar 
tomonidan ushbu konsepsiya va uning mohiyati har xil talqin etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ 4699-sonli “Raqamli 
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 
quyidagi ta'rif berilgan: “Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy faoliyatda raqamli ma'lumotlar ishlab 
chiqarishning asosiy omili bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish 
natijalaridan foydalanish an'anaviy boshqaruv shakllari bilan taqqoslaganda har xil turdagi ishlab 
chiqarish vositalari, texnologiyalar, uskunalar, tovar va xizmatlarni yetkazib berish, saqlash, 
sotish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin”. 
Boshqa bir ta'rifga ko'ra, raqamli iqtisodiyot - bu yalpi ichki mahsulot ulushidagi 
tranzaksion sektorning o'sishi hisobiga hayotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan 
faol foydalanishga qaratilgan odamlarning iqtisodiy faoliyati hisoblangan. Shuningdek, raqamli 
iqtisodiyot bu virtual va real dunyoda tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi va iste'mol 
qilinishini o'rganadigan fan deb ham ta’riflangan. 
Raqamli iqtisodiyot “iqtisodiy ishlab chiqarish va iste'molning barcha sohalarida raqamli 
kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan 
iqtisodiyot” deb hisoblanadi. 
Raqamli 
iqtisodiyot 

bu 
raqamli 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarning ma'lum tizimi. 
Umuman olganda, mualliflarning fikriga ko'ra, raqamli iqtisodiyot - bu raqamli texnologiyalar va 
raqamli shaklda katta hajmdagi ma'lumotlardan foydalanish sharoitida odamlarning iqtisodiy 
faoliyati.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot davlat rivojlanishining 
ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Sh.Sh. Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 28-aprelida “Raqamli 
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror 
ma'qullandi, unga muvofiq davlat-xususiy sheriklik asosida, IT-mahsulotlar, IOT, yuqori eksport 
salohiyatiga ega xizmatlar, Big Data kabi sohalarga investitsiyalarni ko'paytirish maqsadga 
muvofiqdir. Ushbu yo'nalishdagi faoliyatni faollashtirish raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi 
ichki mahsulotidagi ulushini 6 foizgacha yoki undan ko'proqgacha oshirish uchun sharoit va 


92 
imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, real qo'shilgan qiymat bo'lgan tarmoqlarning multiplikatsion 
rivojlanishini ta'minlaydi.
So'nggi paytlarda zamonaviy axborot texnologiyalarining zamonaviy jamiyatning barcha 
sohalariga, shu jumladan O’zbekistonda hozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli 
sohalardan biri bo'lgan turizmga tobora kirib kelayotganini kuzatish mumkin. Raqamli logistika 
xizmatlari va Internetning mavjudligi va ish onchliligi 
turistik 
xizmatlar 
samaradorligining 
oshishi bilan chambarchas bog'liq. Turizm sohasining bugungi kundagi eng dolzarb vazifasi 
avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish va keng qo'llashdir. 
Turizmdagi 
raqamlashtirish 
sayyohlik biznesini nafaqat 
moslashuvchan, balki 
rivojlanayotgan “raqamli dunyo”dagi zamon haqiqatlariga mos keladigan raqobatbardosh 
qilishga qaratilgan. 
Raqamli texnologiyalar juda katta imkoniyatlar yaratib, turli iqtisodiy sohalarda qat’iy 
joriy etilmoqda va qo’llanilayotgan tarmoqlar sezilarli darajada rivojlanmoqda. Zamonaviy 
jamiyat hozirda davom etayotgan global o'zgarishlar bosqichida. Kelajak dunyosining asosiy 
tendentsiyasi raqamli texnologiyalarni bizning hayotimizga yanada kirib borish va 
raqamlashtirish muqarrar va ob'ektiv jarayonga aylanishini bildirmoqda. 
Turistik logistikani raqamlashtirish tendentsiyasining yangiligiga qaramay, O’zbekistonda 
ham, xalqaro amaliyotda ham uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun ahamiyati tobora 
ortib bormoqda. Ushbu tendentsiyani raqamli texnologiyalar turistik korxonalarning biznes 
modellarini tubdan o'zgartirishi, vositachilar sonini kamaytirish va turistik xizmatlar ko'rsatishda 
logistika xizmatlarini optimallashtirish orqali ularning samaradorligini oshirishi bilan izohlash 
mumkin. 
Shuni ta'kidlash kerakki, turizm sohasi haqiqatan ham Internet texnologiyalaridan onlayn 
foydalanishga bo'lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, Internet tomonidan 
taqdim etiladigan vositalar bilan saytlarni bron qilishdan tortib, yo'nalishlarni tavsiflashga va 
foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentning amaliy tajribalariga qadar sayyohlikdagi 
sayohat tanlovlari endi taniqli brendlar yoki o'ziga xos yo'nalishlar bilan chegaralanmaydi. Bu 
esa sayohat qilishni yoqtiradiganlarga va hali o’z brendini yaratishga ulgurmagan, yangi xizmat 
ko’rsatuvchilarga yengillik yaratadi. 
Jahon miqyosida Internet-texnologiyalaridan foydalanishga bo'lgan sayyohlik ehtiyojlari 
oshganligini tasdiqlash uchun aksariyat mamlakatlarda sayyohlarning onlayn savdosi har yili 
barqaror o'sib borishini misol qilib keltirish mumkin. 
Shuningdek, statistik ma'lumotlarga ko'ra, foydalanuvchilar sayohatlarni rejalashtirish 
paytida Internetda 400 ga yaqin qidiruvlarni amalga oshirmoqdalar, mahalliy sayohatchilarning 
74% o'zlarining sayohatlarini onlayn tarzda rejalashtirishmoqda, bu esa turizm sohasidagi onlayn 
xizmatlar bozorining istiqbollarini belgilab beradi. Shu bilan birga, sayohat uchun so'rovlarning 
katta qismi mobil qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Uyali telefon yoki planshet yordamida 
qidiruv olib boradigan foydalanuvchilar band qilish ishlarini amalga oshiradilar va turli xil 
raqamli xizmatlardan foydalangan holda bitta qurilmadan xizmatlar uchun haq to'laydilar. 
Xulosa qilish mumkinki, Internet-resurs endi nafaqat sayyohlik xizmatlarini onlayn sotishning 
faol vositasi, balki iste'molchi uchun kurashda eng muhim raqobatdosh ustunliklardan biri 
hisoblanadi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish