01 умичт ўқув қул


Ichki strukturasi buzilish darajasining ta’siri



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/122
Sana26.06.2022
Hajmi4,51 Mb.
#707506
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122
Bog'liq
moyli urug`larni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Ichki strukturasi buzilish darajasining ta’siri.
Ekstraktsiya qilinayotgan 
mahsulot ichki strukturasining qanchalik t
о
’liq 
о
’zgarishiga yoki buzilganligi 
olinayotgan moyning miqdoriga va jarayonning t
о
’liqligiga katta ta’sir etadi.
Ekstraktsiya jarayoni ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda moddaning 
qattiq zarrachalari ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziyalanishi jarayon 
samaradorligini aniqlaydi.
Shu sababli ekstraktsiyalanadigan materialni optimal ichki va tashqi 
strukturasini vujudga keltirilib unda kerakli mexanik-strukturaviy xossalari hosil 
qilinadi. 
Materialni tashqi strukturasi zarrachalarning o’lchami va shaklini xarakterlaydi. 
Ekstraktsiya jarayoni to’liq va yaxshi borishi uchun zarrachalarning tashqi strukturasi 
bir qator talablarga javob berishi kerak. 
Zarrachalarning o’lchamlari 0,5 mm dan kichik bo’lsa, xom ashyo qavatining 
o’tkazuvchanligi va zarrachada erituvchining yutilishi kamayadi, shrotning qoldiq 
moyliligi esa oshadi. Mayda zarrachalar erituvchi oqimi bilan harakatlanib mistsella 
tarkibida loyqa miqdori oshadi, filtrlash jarayoni qiyinlashadi.
Ekstraktsiya jarayoni normal borishi uchun zarrachalar o’lchamlari 0,5 mm dan 
8...10 mm cha bo’lishi kerak. 
Ekstraktsiyalanadigan xom ashyo zarrachalarning ichki strukturasi ham ba’zi 
talablarga javob berishi kerak. Erituvchi zarracha ichiga tez o’tishi uchun uning ichki 
g’ovakligi katta bo’lishi kerak. Xom ashyo tuqimalari maydalangan bo’lib 
buzilmagan hujayralari qolmasligi kerak. 
Demak, materialning ichki strukturasi ekstraktsiyalanadigan xom ashyo 
zarrachalarning o’lchamlariga va ichki holatiga ham bog’liq. 


130 
9.3.Ekstraktsiyalash qurilmalari 
Moyli xom ashyolardan ekstraktsiya usulida moy olishda asosiy texnologik 
qurilma ekstraktorlar hisoblanadi, ular turli belgilariga ko’ra guruhlanadi.
Ekstraktsiyalanadigan xom ashyo bilan erituvchini ta’sir etishi va 
ekstraktsiyalash usuliga ko’ra ekstraktsiyalash qurilmalari quyidagi uchta turga 
bo’linadi: 
- ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo erituvchiga botib turadigan hamda erituvchi 
va xom ashyo bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan ekstraktorlar; 
-ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni erituvchi bilan ko’p bosqichli qarama-
qarshi sug’orish usulida ishlaydigan ekstraktorlar; 
-aralash usulida, ekstraktsiyalashning birinchi bosqichida xom ashyo 
kontsentrlangan mistsellaga botiriladi va ikkinchi bosqichda ko’p bosqichli sug’orish 
usulida mistsella va toza erituvchi bilan moysizlantirish usulida ishlaydigan 
ekstraktorlar. 
Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo va erituvchi bir xil yo’nalishda yoki qarama-
qarshi yo’nalishda harakatlanadi. 
Ishlash rejimiga ko’ra ekstraktorlar:
-uzluksiz ishlaydigan;
-yarim uzluksiz ishlaydigan; 
-uzlukli ishlaydigan. 
Ekstraktsiyalash jarayonini gidrodinamik xarakteriga asosan: 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo qo’zg’almasdan turadigan; 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo harakatlanadigan; 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo mavhum qaynash qatlamida turadigan 
qurilmalar. 
Qurilmadagi bosimning holatiga asosan: 
-atmosfera bosimida; 
-vakuumda; 
-atmosfera bosimidan katta bosimda ishlaydigan qurilmalar. 


131 
Korpusining tuzilishiga asosan: kolonna tipidagi va kamera tipidagi 
ekstraktorlar. 
Transport elementiga asosan: 
-shnekli; 
-kurakli; 
-zanjirli; 
-korzinali; 
-cho’michli; 
-tasmali (lentali); 
-rotorli qurilmalar. 
Qurilma korpusining joylashishiga asosan: gorizontal va vertikal ekstraktorlar 
bo’ladi. 

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish